2-MAVZU. IQTISODIY XAVFSIZLIK SHAKLLARI VA ASOSIY KO’RSATKICHLAR.
Reja:
1.Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo’lish shakllari.
2.Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlari.
3.Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlarining tahlikali chegaralari.
2.1. Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo’lish shakllari
Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo’lish shakllarini uning subhektlari va ob’ektlari nuqtai nazaridan turkumlash mumkin. Iqtisodiy xavfsizlikning iqtisodiy subhektlari:
- shaxsning iqtisodiy xavfsizligi;
- korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligi;
- davlatning iqtisodiy xavfsizligi (2.1-rasm).
Iqtisodiy xavfsizlik
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi
SHaxsning iqtisodiy xavfsizligi
Xalqaro moliyaviy tashkilotlarda ishtirok etish bilan bog’liq xavfsizlik
Davlatning tashqi iqtisodiy xavfsizligi
Iste’molchi shaxs xavfsizligi
Ishlab chiqaruvchi shaxs xavfsizligi
Davlatning ichki iqtisodiy xavfsizligi
Davlatning iqtisodiy xavfsizligi
Ishlab chiqarish korxonasining xavfsizligi
Xizmat ko’rsatiш korxonalarining xavfsizligi
Notijorat, jamoatchilik tashkilotlarining xavfsizligi
Moliyaviy, savdo-tijorat korxonalarining xavfsizligi
2.1-chizma. Iqtisodiyot subhektlarining xavfsizligi1
Iqtisodiy adabiyotlarda xavfsizlik xo’jalik faoliyati sohalarida yuzaga kelishi nuqtai nazaridan asosan uch yo’nalish, yahni ishlab chiqarish-xo’jalik, xo’jalik-istehmol va moliyaviy sohalar bo’yicha turkumlanadi. Bizning nazarimizda ushbu uch yo’nalish barcha mamlakatlar uchun umumiy bo’lgani bilan, ayrimlari uchun qo’shimcha yo’nalishlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. SHunga ko’ra, bizning fikrimizcha, iqtisodiy xavfsizlikni ishlab chiqarish-xo’jalik, xo’jalik-istehmol, moliyaviy, transport kommunikatsiyalari va ijtimoiy sohalar bo’yicha turkumlash maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiy xavfsizlik turlarining mohiyati, vujudga kelish sabablarini o’rganish, milliy manfaatlarga tahdidlarni aniqlash ularning oldini olish va ulardan muhofazalanish chora-tadbirlari, mexanizmlarini ishlab chiqish hamda vujudga keltirishga imkon beradi. Buning uchun ushbu xavf-xatarlar va xavfsizlik darajasini aniqlash, ularning ko’rsatkich va mezonlarini o’rganish lozim bo’ladi.
Korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligini tahlil qilish jarayonida ularni islab chiqarish, xizmat ko’rsatish, moliyaviy, savdo-tijorat, notijorat va jamoatchilik tashkilotlari mavqeyida faoliyat yuritishlari nuqtayi nazaridan turkumlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Korxona (firma)ning ixtisosligiga ko’ra xavfsizligini tahminlashning xususiyatlari ham turlicha bo’ladi.
Xo’jalik faoliyati sohalarida yuzaga keladigan iqtisodiy xavfsizlik turlari:
Ishlab chiqarish-xo’jalik sohasidagi xavfsizlik:
energetik xavfsizlik;
texnologik xavfsizlik va h.k.
Xo’jalik-istehmol sohasidagi xavfsizlik:
oziq-ovqat xavfsizligi;
ekologik xavfsizlik va h.k.
Moliyaviy xavfsizlik:
qarzdorlik;
to’lovga noqobillik va h.k.
Iqtisodiy xavfsizlik turlarining mohiyati, vujudga kelish sabablarini o’rganish, milliy manfaatlarga tahdidlarni aniqlash, ularning oldini olish va uklardan muhofazalanish chora-tadbirlari, mexanizmlarini ishlab chiqish hamda vujudga keltirishga imkon beradi. Buning uchun ushbu xavf-xatarlar va xavfsizlik darajasini aniqlash, ularning ko’rsatkich va mezonlarini o’rganish lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |