2.2. Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlari
Iqtisodiy xavfsizlikni tahminlashda hech bir iqtisodiyot va jamiyat subhekti davlatchilikdek katta rol o’ynay olmaydi. Davlatning eng muhim vazifasi – jamiyat barqarorligi va rivojlanishini tahminlash, mamlakat xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etishdan iborat.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini tahminlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun uning indikatorlar monitoringini tashkil etish zarur. Bunday jarayonda iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlarini aniqlash, tahlil qilish va ularning o’zgarish tendentsiyalari istiqboli aniqlanadi.
Iqtisodiy xavfsizlikning umumiy ko’rsatkichlari (indikatorlari) quyidagilardan iborat:
YaIMning urtacha o’sish surhati;
turmush darajasi va sifati;
inflyatsiya surhati;
iqtisodiy o’sish;
byudjet defitsiti;
davlat qarzi;
jahon iqtisodiyotiga kirib borganlik;
“xufyona iqtisodiyot” faoliyati;
mulk tarkibi;
soliq tizimi;
bozor infratuzilmalarining rivojlanishi.
2.1-rasm. Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichining mamlakat YaIM misolida
Hududiy darajada umumiy ko’rsatkichlardan tashqari yana quyidagi ko’rsatkichlar iqtisodiy xavfsizlikni ifodalaydi:
aholi daromadlari;
chakana narxlar darajasi;
uy-joy bilan tahminlanganlik;
qochoqlar, yemigrantlar soni;
hududning mamlakat YaIMdagi ulushi;
hududning to’lov balansi;
eksport-import saldosi.
2.3. Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlarining tahlikali chegaralari.
Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlari miqdorining tahlikali quyi chegarasini ko’rsatish va aniq belgilash lozim bo’ladi. Bu ko’rsatkich miqdori belgilangan quyi chegaradan pastga tushganda iqtisodiy tahdid vujudga keladi. Ushbu tahlikali quyi chegara – iqtisodiy manfaatlar nuqtai nazaridan xo’jalik faoliyati proportsiyalarining eng quyi maqbul nisbatlarini ifodalovchi miqdoriy indikatorlar bo’lib, ularga rioya qilmaslik takror ishlab chiqarish turli elementlarining iqtisodiy rivojlanishiga to’sqinlik qiladi va mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga tahdid soladi.
Tahlikali quyi chegaraning miqdoriy o’lchamlarini aniqlash uchun quyidagilarga asoslanish lozim bo’ladi:
milliy iqtisodiyot holati va undagi mutanosibliklar hamda takror ishlab chiqarish elementlari va omillari holatining birlamchi, muhim xususiyatlarini tavsiflash;
iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlarni to’liq va keng qamrovli ifodalash;
iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlarga xavf soluvchi tahdidlarni to’liq va har tomonlama hisobga olish;
iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegarasini ifodalovchi indikatorlardan hokimiyat organlari mamlakat iqtisodiyoti holatini aniq baholashda va boshqa mamlakatlar bilan qiyoslashda foydalanish imkoniyatining mavjudligi;
Ushbu indikatorlarning mamlakat hisob, statistika va prognozlashtirish tizimi bilan muvofiq kelishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |