2-mavzu. Innovatsion iqtisodiyotning ilmiy-uslubiy asoslari
Reja:
2.1. O‘zbekiston milliy innovatsion tizimi va uning ahamiyati.
2.2. Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi.
2.3. O‘zbekistonning jahon bozoridagi fan sig‘imi yuqori mahsulotlardagi roli va o‘rni.
2.4. O‘zbekiston Respublikasida texnologik va sotsiogenetik innovatsiyalar.
O‘zbekiston milliy innovatsion tizimi va uning ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek “O‘zbekiston innovatsion rivojlanish turining hozirgi zamon modeliga o‘tish uchun hamma zarur sharoitlarga ega. Bu model vujudga keltirilgan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanishga, fundamental va amaliy keng joriy etishga, yuqori malakali, iqtidorli ilmiy kadrlar sonini ko‘paytirishga asoslanadi”1.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham xaridorgir, ilm talab va yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarishning o‘rni katta. SHu bois butun dunyoda yangi va ilg‘or texnologiyalarning bozor qiymati oshmoqda. O‘zbekiston bu borada katta salohiyatga ega. Davlatimiz rahbarining ilm-fanni rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotgani tufayli ushbu salohiyat yuksalib bormoqda. Har yili istiqbolli ilmiy g‘oya va loyihalarni amalga oshirish uchun davlat grantlari ajratilmoqda. Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ro‘yobga chiqarilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlar jahon ilm-fani uchun ham katta ahamiyatga egadir. Olimlar o‘z ishlarini, birinchi navbatda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar oldida turgan aniq vazifalarni hal etishga yo‘naltirayotir.
2.2. Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi
Fanning zimmasiga jamiyatga yangi imkoniyatlar berish kabi asosiy vazifa yuklatilsa, yangilikni joriy etishning asosiy vazifasi insonlar yashash tarziga ta’sir qilishdan iborat bo‘ladi. Demak, yangilikni joriy etish birinchi bo‘lib mahsulot yoki xizmatni qo‘llash emas, balki yangi g‘oya va ilmiy natijalarni tijorat darajasida o‘zlashtirishdir.
Fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqadorlikni chizma ko‘rinishida quyidagicha tasvirlash mumkin (13-rasm).
Fundamental izlanishlar o‘zining harakat dinamikasiga ega. Ular amaliy ishlab chiqarish faoliyati talabiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq emas. Fundamental fanlar aksariyat hollarda tub o‘zgarishlarga olib keluvchi ixtirolar va yangiliklar yaratishi mumkin. YArim o‘tkazgichlar, lazer, gen muhandisligi, o‘ta o‘tkazuvchanlik va shu kabilar ishlab chiqarish va xizmatlar sohasida yangi yo‘nalishlar ochilishiga sabab bo‘ladi. SHunga qaramay, yangi ixtirolar innovatsion jarayonlarning bir bo‘lagi bo‘lishi uchun, bozor chig‘irig‘idan o‘tishi kerak. Fundamental fanning hamma natijalari ham ishlab chiqarishga zudlik bilan tatbiq etilavermaydi (innovatsion jarayonlar aynan ishlab chiqarish sohasida amalga oshiriladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |