2-mavzu: ikkinchi jahon urushi davridan keyingi davrdan bugungi kungacha dunyoning geopolitik manzarasi reja


XX asr 70-90 yillarida va globallashuv sharoitida xalqaro munosabatlar



Download 36,89 Kb.
bet2/2
Sana28.06.2022
Hajmi36,89 Kb.
#712053
1   2
Bog'liq
2-ma\'ruza

XX asr 70-90 yillarida va globallashuv sharoitida xalqaro munosabatlar.

60- yillarni oxiriga kelib Yevropagi xalqaro munosabatlar, turli davlvatlar tomonidan keskinlik holatini yumshatishga qaratilgan yo‘lni qidirish bilan harakterlanardi. Harbiy-strategik tenglik sharoitida kuch ishlatish siyosatining kelajagi yo‘qligini ko‘rsatdi. G‘arb dunyosida keli­shuv­lar yuritish g‘oyasi yuzaga kela boshladi.
Yevropada kollektiv xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha chora tadbirlarni muxokama etishga qaratilgan Yevropa mamlakatlari kengashini chaqirish tashabbusi Sovet Ittifoqiga va boshqa sotsialistik davlatlarga ta’luqliyedi. Ammo bunday takliflar ko‘proq propagandistik harakterga ega edi va sovet rahbariyatining umumiy keskinlashuvga qaratilgan siyosatini o‘zgartirmasedi. Bunday siyosat 1968 yil Chexoslovakiyaga Varshava shartnomasiga a’zo davlatlarning asossiz holda harbiy askar kiritlgani bo‘ldi. Bu voqea ma’lum vaqitgacha keskinlikni yumshatish jarayonini to‘xtatib qo‘ydi. Shunga qaramay tinchlikni va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan Yevropa mamlakatlarining hamqorlik tendensiyasi davom etdi.
1969 yil mart oyida Varshava Shartnomasi Tashkilotiga a’zo davlatlar umumyevropa kengashiga amaliy tayyorgarlik ko‘rish taklifi bilan barcha Yevropa mamlakatlariga murojat etdi. Bu murojatni G‘arbiy Yevropadagi betaraf davlatlar qo‘llab quvvatladi. Bu maslada Finlyadiya muhim rol uynadi. Finlyandiya hukumati 1969 yil may oyida Yevropa mamlakatlari, AQSH va Kanada oldida kengash o‘tkazilishini tashkillashtirishda o‘z xizmat­lari­ni taklif etdi. Davlatlararo boshlangan maslaxatlar xalqaro munosabat­lar­da yangi holatni – umumyevropa jarayonini ochib berdi.
SSSR va AQSH, hamda Sovet Ittifoqi va G‘arbiy Yevropa mamlakat­lari o‘rtasidagi munosabatlarda ijobiy harakatlar yuz berishi asosida maslaxat uchrashuvlari boshlanib ketdi. Buning natijasida, 1975 yil 30 iyulda Xelsinki shahrida davlat rahbarlari darajasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik Kengashi (EXHK) o‘z ishini boshladi. 1975 yil 1 avgustda 35 davlat rahbarlari tomonidan tantanali ravishda Kengashning YAkuniy akti imzolandi. Tarixda ushbu hujjat EXHTning Xelsinki Yakuniy akti nomini oldi.
70 – 80- yillar chegarasida SSSR va AQSH o‘rtasidagi munosabat­larda yangi keskinlashuv yuz berdi. Uning bir necha sababalari boredi.
Jumladan, 70- yillardagi energetik va xomashyo inqirozi “uchunchi dunyo” davlatlari bilan rivojlangan kapitalistik mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirib yubordi. Jahonda inqilobiy yangilanish jarayoni davom etmoqda edi. 1975 yil Partugaliyaning sobiq mustamlakalari Angola va Mozambikda revolyutsion-demokratik hukumatning yuzaga kelishi, 1974 yil Efiopiyadagi inqilob, 1978 yil Afg‘onistondagi inqilob, 1779 yil Nikaraguada Samosa rejimini ag‘darilishi, 1979 yil Ironda shoxga qarshi qaratilgan inqilob – bularning hammasi AQSHning xukmron doiralari tomonidan mag‘lubiyat tarzida qabul qilindi. Buning ustiga bunday holat o‘taketgan o‘ng kuchlar tomonidan AQSH hukumatining “zayifligi” va “layoqatsizligi”, xatto “Moskvani qo‘li” borligi sifatida jar solindi.
70 – 80- yillar chegarasida xalqaro munosabatlardagi keskinlashuv Savet Ittifoqining tashqi siyosatidagi harakatlari bilan ham bog‘liq bo‘ldi. Jumladan, Varshava Shartnomasi Tashkilotiga a’zo davlatlar hududida SSSRning o‘rta masofaga uchuvchi rakatelari joylashtirildi. 1979 yil dekabirda Afg‘onistonga sovet qo‘shinlarini kiritilishi va 1981 yil dekabirida Polshada harbiy holatning e’lon qilinishi, jahon hamjamiyatida nrozilikni kuchayishiga olib keldi. Sovetlarga qarshi qaratilgan yangi kompaniya boshlanib ketdi. Buning oqibatida qurollanish poygasining yangi bosqichi boshlandi. Natijada 80- yillar birinchi yarmida ikki buyuk davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashdi.
70- yilada Yevropa qittasidagi xalqaro munosabatlar bir muncha yaxshilangan bo‘lsada, ammo dunyoning boshqa hududlarida vaziyat keskinli­gi­cha sahlanib turdi. Buyuk davlatlarning siyosati natijasida dunyoning turli hududlarida to‘qnashuvlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, Yaqin Sharqdagi to‘qnashuvlarni oladigan bo‘lsak, 70-90- yillarda va xatto XXI asr boshida Falastin muammosining xal etilmaganligi va Isroilni qo‘shni arab mamlakatlari bilan to‘qnashuvlarining saqlanib turishi, bu hududda tinchlik va xavfsizlikga katta xavf solmoqda.
Xalqaro munosabatlarda qurollanish poygasiga chek qo‘yish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Ma’lumki Ikkinchi jahon urushidan so‘ng qurollanish poygasi ikki buyuk davlat o‘rtasida roy bera boshladi. Buning ustiga ommaviy qirg‘in qurolining yangi turlari ishlab chiqildi va butun insoniyatni jar yoqasiga olib keldi. 1986 y oktabrida SSSR 10 ming yadro raketaga, AQSH esa 14,8 ming yadro raketaga ega edi. Qurollanish poygasiga chek qo‘yish va ularning ma’lum turlarini qisqartirish masalalari bo‘yicha ikki buyuk davlat rahbarlari o‘rtasida bir necha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, 1987 yil noyabrda Vashingtonda KPSS MK Bosh kotibi M.S.Gorbachyov va AQSH prezidenti R.Reygan o‘rtasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra o‘rta va yaqin masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha SSSR va AQSH o‘rtasida shartnoma imzolandi.
80-90- yillar chegarasida SSSRda va sotsialistik tizim mamlakatlarida ro‘y bergan demokratik inqilobiy vaziyat xalqro munosabatlarida tub burilishning yasalishiga sabab bo‘ldi. 1991 yil oxiriga kelib “sotsialistik jamiyat”ni tashkil etuvchi barcha to‘zilmalari (O‘zaro iqtisodiy yordam Kengashi, Varshava Shartnoma Tashkiloti) o‘zil kesil tarqab ketdi. Albaniyada, Bolgariyada, Vengriyada, Polshada, Ruminiyada, Chexiyada va Slovakiyada liberal-demokratik rejimning o‘rnatilishi, hamda GDR bilan GFRlarning birlashishi Yevropadagi vaziyatni tubdan o‘zgartirib yubordi. Bunday o‘zgarishlar Yevropa mamlakatlarining tashqi siyosatida yangicha yo‘l tanlashga va xalqaro munosabatlarda o‘z o‘rniga ega bo‘lishga imkon yaratdi. Natijada, Sharqiy Yevropa mamlakatlari Yevropa Ittifoqiga va NATOga qo‘shilish istagini bildirdilar.

MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:

  1. “Sovuq urush” siyosati yuzaga kelishining sabablarini nimada ?

  2. Qurollanish poygasi deganida nimani tushinasiz ?

  3. Xalqaro munosabatlarda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashining roli nimadan iborat ?

  4. Sharqiy Yevropa mamlakatlaridaga demokratik inqilobiy vaziyatni yuzaga kelish sabablari ni bilan bog‘liq ?

  5. Globallashuv sharoitida xalqaro munosabatlarda qanday o‘zgarish­lar ro‘y berdi ?

Download 36,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish