2-MAVZU: Ijtimоiy fаlsаfа tаriхi. Qadimgi va O`rta asrlarda Sharqda ijtimоiy-fаlsаfiy bilimlar rivoji.
(Mavzu yuzasidan berilgan topshiriqlarga javoblar)
1. Ijtimoiy falsafiy bilimlar qaysi davrdan shakllana boshlagan?
- Ijtimoiy falsafiy bilimlarning shakllanishi va taraqqiyoti antic davrlardan tortib to XIX asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
2. Ijtimoiy falsafaning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini sanang va izohlang.
- Taraqqiyot bosqichlari 3 ta
1) Ijtimoiy –falsafiy fikrlarning shakllanishi va taraqqiyoti. Bu eng qadimgi davrlardan XIX asrgacha bo’lgan davr.
2) XIII-XIX asr Ijtimoiy falsafasining alohida fan bo’lib ajralib chiqishi.
3) XX-asr va hozirgi davrda ijtimoiy falsafaning bilimlar taraqqiyoti.
3. Ijtimoiy falsafaning alohida fan sifatida shakllanishida nemis olimi Gegelning o‘rni?
- Gegel muayyan falsafa yagona jahon falsafasining tarixiy bosqichlari uni shakllanish onlari va bir butun rivojlanishning mohiyati deb hisoblagan.
4. Eng qadimgi ijtimoiy-falsafiy qarashlar deganda qaysi davr nazarda tutiladi?
- Eng qadimgi davrlar bu qadimgi sharq mamlakatlari Bobil, Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy osiyodagi davrlardir
5. Qadimiy Misrda shakllangan ijtimoiy-falsafiy qarashlar.
- Qadimgi Misirda hamma narsa suvdan paydo bo’lgan, hamma narsada havo bor deyilgan. Suvni misirliklar ulug’ ne’mat deb hisoblashgan
6. Qadimiy Bobilda shakllangan ijtimoiy-falsafiy qarashlar.
- Qadimgi Bobilda shakllangan falsafaning asosiy hususiyati shundaki, ular bir tomondan hudolarga ishonch, ilohiy kuchlarni tabiat va jamiatga ko’rsatadigan ta’sirini muvofiqlashtirishgan.
7. Qadimiy Hindiston yozma yodgorliklarida aks etgan ijtimoiy-falsafiy qarashlar.
- Hind falsafasi asoslari “Upanishadalar” nomi bilan mashxur bo’lgan manbalarda ham o’z aksini topgan, asosiy mavzu insonni o’rab turgan borliq, uning hayotdagi o’rni vazifasini bilish imkoniyatini chegarasi, ahloq me’yorladir.
8. Buddaviylik g’oyalarida inson, jamiyat muammosining qo'yilishi.
- Buddaviylik dini talimotiga ko’ra, inson doimo azob-uqubatlarga mahkum va bunga o’zi sababchi. Zero u garchi befoyda bo’lsa ham o’z hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi.
9. Konfusiylik ta’limotining mazmuni.
- Konfusiylik ta’limotida - Jamiyat va inson munosabatlariga alohida e’tibor qaratilgan qonunlqr inson manfaatlariga xizmat qilishi lozim, bu talimotning asosiy g’oyasi.
10. Qadimda Markaziy Osiyoda shakllangan ijtimoiy-falsafiy qarashlari.
- Markaziy Osiyodadagi qarashlar xalq og’zaki ijodida aks etgan. Ularda doimo ezgulik, yovuzlik ustidan g’alaba qozongan. “Avesto”da o’tmish ajdodlarimizning diniy falsafiy tassavurlari ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |