Darsning yakunlovchi qismida o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlarning vazifasi yaxshi dam olish va kayfiyat uchun muskullarga zo‘r berishni kamaytirish, nafas olish organlari va qon aylanishini bir muncha tinchlantirishdan iboratdir. «O‘ylab top», «Mann qilgan harakat» singari o‘yinlar, diqqatni sinash uchun o‘tkaziladigan mashqlar darsning yakunlovchi qismida vazifalarni amalga oshirishda yordam beradi. Ma’lumki, yosh bolalarni sport bilan muntazam shug‘ullantirishga jalb qilish tanlov asosida olib boriladi. Tanlov dasturining talablari bolani bo‘yi, og‘irligi, gavdasini tuzilishi - qomati kabi belgilarni aniqlash va ularga baho berishdan iborat. Bundan tashqari, tanlov, psixologik va jismoniy qobiliyatlarni baholovchi sinov vositalari yordamida qilinadi. Mazkur sinov natijalari u yoki bu sport turiga mos kelsa, bola shu sport turiga shu sport bilan shug‘ullanishga qabul qilinishi maqsadga muvofiq deb topiladi. Bu masalaga to‘g‘ri yondoshish demakdir. I-IV sinf o‘quvchilariga mos harakatli o‘yinlar - O‘qituvchi xar bir dars uchun bolalar organizmiga har taraflama ijobiy ta’sir etuvchi turli harakatli o‘yinlarni tanlashi va ularni o‘tkazishda har hil usullardan foydalanib borishi lozim. Darsda, shuningdek turli o‘yinlarni o‘tkazish jarayonida o‘rganiladigan materiallarning metodik jihatdan izchilligiga alohida e’tibor berish muhim ahamiyatga ega. Chunki bu izchillik birinchidan, darsning ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarini to‘g‘ri hal qilish, ikkinchidan, dars materiallarini to‘liq o‘tishga erishish, uchinchidan, butun dars davomida har bir mashqni muayyan meyorda amalga oshirish imkonini beradi.
O‘qituvchi xar bir dars uchun bolalar organizmiga har taraflama ijobiy ta’sir etuvchi turli harakatli o‘yinlarni tanlashi va ularni o‘tkazishda har hil usullardan foydalanib borishi lozim. Darsda, shuningdek turli o‘yinlarni o‘tkazish jarayonida o‘rganiladigan materiallarning metodik jihatdan izchilligiga alohida e’tibor berish muhim ahamiyatga ega. Chunki bu izchillik birinchidan, darsning ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarini to‘g‘ri hal qilish, ikkinchidan, dars materiallarini to‘liq o‘tishga erishish, uchinchidan, butun dars davomida har bir mashqni muayyan meyorda amalga oshirish imkonini beradi.
Darsning boshida yoki o‘rtasida zo‘r e’tibor berishni va o‘zaro muvofiq murakkab harakatlar qilishni taqozo etadigan o‘yin hamda mashqlar o‘tkazilsa, dars ohirida o‘quvchilarning charchagan tana a’zolarini birmuncha tinch holatga keltiradigan o‘yin va mashqlarni o‘tkazish kerak. Masalan, dars boshida bolalarning diqqatini jalb qilish uchun ―O‘ylab top, Xamma o‘z joyiga, ―Man qilingan harakat singari o‘yinlar o‘tkazilsa, darsning asosiy qismida Quvnoq bolalar, ―Qoch bolam, kalhat keldi kabi serharakat o‘yinlarni o‘tkazish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |