O‘yinlarda foydalanishda faqat ularning elementlari qanchalik tez bajarilganini emas, balki bajarilish sifatlarini ham alohida hisobga olish zarur.
O‘rta maktab yoshdagi o‘quvchilar uchun harakatli o‘yinlar
O‘rta maktab yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘tkazila-digan darslarda harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiyaning boshqa vositalariga o‘rin Bera boshlaydi. Ammo anna shu yoshdagi bolalarga mos har xil harakatli o‘yinlar ham uyushtirib turiladi.
O‘quvchi harakatli o‘yinlar o‘tkazishda V-VII sinf o‘quvchilarining yosh hususiyatlari ularning organizmi tezroq o‘sishi bilan ifodalanishi va shuning uchun darslarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar vaqtida uyushtiriladigan mashg‘ulotlarni o‘yinlarni asta-sekin murakkablashtirib, maqsadga muvofiqlashtirib berishi lozim.
O‘yin jarayonida mazkur yoshdagi o‘quvchilar xaddan tashqari og‘ir jismoniy harakat qilmasligi va o‘qituvchi ularning har biriga tegishlicha munosabatda bo‘lishi zarur.
V-VII sinflarda harakatli o‘yinlar darsning ikkinchi va uchinchi qismlarida o‘tkazish tavsiya o‘tkazish etiladi. Darsning asosiy qismida o‘quvchilarning bironta murakkab sport o‘yinlari o‘rgatishga tayyorlash uchun darsning tayyorgarlik qismiga baozi o‘yinlar kiritish mumkin. Harakatli o‘yinlar tayyorlashdir. Bunday o‘yinlar bironta sport o‘yinni texnikasi va taktikasining elementlari takomillashtiriladi.
Ishlab chiqilgan metodikaga asosan harakatli o‘yinlardan foydalaniladigan darslar chorak oxirida, kanikul oldidan tekshirish normativlariga baxo qo‘yilgandan keyin o‘tkaziladi. Darsning puxtaroq bo‘lishishiga erishish, shuningdek, orttirilgan ko‘nikmalarni mustahkamlash va o‘quvchilarga beriladigan nagruzkani oshirish maqsadida o‘yinlardan darsning asosiy qismi so‘ngida foydalanish mumkin.
Katta maktab yoshdagi o‘quvchilar uchun harakatli o‘yinlar.
O‘quv dasrliklarning talablari yuqori sinf o‘quvchilariga oldiga muayyan maqsad va vazifalarni qo‘yadi. VII-X va XI sinf o‘quvchilari ijtimoiy va ishlab chiqarish harakteridagi ishlar bo‘yicha shug‘ullanadi. Bu esa harakatli o‘yinlar uchun ajratilgan vaqtidan unumli foydalanish va uni tejashni talab qiladi.
Bunday sharoitda harakatli o‘yinlarning jismoniy tarbiya dasrlarida va jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘tkaziladigan boshqa mashg‘ulotlarda etakchi o‘rin olishi tabiiydir.
Kata maktab yoshidagi o‘quvchilar faoliyatida harakatli o‘yinlar salmoqli o‘rin tutmoqda. CHunki ular asosan sportning har xil turlari texnikasi va taktikasining asosiy elementlari bilan shug‘ullanadilar.
Garchi harakatli o‘yinlar mashg‘ulotlariga kiritilsa ham bunda sportning har xil turlari bo‘yicha ortirilgan harakat ko‘nikmalarni takomillashtirish va mustahkamlash nazarda tutiladi.
Demak, o‘qituvchi o‘yinni o‘tkazish jarayonida o‘yin harakatlarini bajarilishining alohida eotibor bilan kuzatishi lozim. Mazkur yoshdagi o‘quvchilar uchun tuzilgan maktab dasturida gimnastika va sportning boshqa turlariga kattagina o‘rin berilgan. O‘z-o‘zidan ayonki, darsga kiritiladigan o‘yinlar beriladigan mashqlardaniborat bo‘lishi kerak.
Agar darsning asosiy qismiga sport o‘yinlaridan birontasi kiritilgan bo‘lsa, uning kirish qismiga o‘zining ayrim harakatlari bilan manna shu o‘yinning taktikasiga mos keladigan harakatli o‘yinlardan bittasini o‘tkazish juda foydalidir.