I.5-rasm. NGC 4755 “Olmos qutisi” tarqoq to’dalsi.
"Olmos qutisi" deb ataluvchi mashhur bo'lgan NGC4755 yulduzlarning tarqoq to’dasini Janubiy Afrikada astronomik kuzatuvlar bilan shug'ullangan frantsuz astronomi Nikolas Lui de Lakail 1751-1752 yillarda kashf etgan. Sharqdagi burjlar tungi osmonda porlab turadigan, har xil rangdagi yulduzlarning kichik guruhi bo'lgan ushbu to’da bilan chegaradosh. "Olmos qutisidagi" barcha yulduzlarning yorqinligi 5,2 yulduz kattalikni tashkil etadi. "Olmos qutisi" Yer sayyorasidan 7500 yorug'lik yilidan uzoqroq masofada joylashgan.
2007 yil 11 iyulda Richard Ellis (Kaliforniya Texnologiya Instituti) 10 metrli Keck II teleskopi bilan 13,2 milliard yil oldin hosil bo'lgan 6 ta yulduz to’dasini topdi. Shunday qilib, bu to’dalar Koinot atigi 500 million yil yoshda bo'lganida paydo bo'lganligini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |