2-Mavzu: Eksperimental tadqiqotlar bosqichlari


Tadqiqot maqsadi va vazifalarni belgilash



Download 168,29 Kb.
bet4/9
Sana18.07.2022
Hajmi168,29 Kb.
#821599
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-Mavzu

Tadqiqot maqsadi va vazifalarni belgilash: ijtimoiy psixologik tadqiqot buyurtmachi va bajaruvchilar o’rtasidagi munosabat o’zaro kelishib olinadi. Tadqiqot uchun sarf qilinadigan harajatlar: moliyaviy va mehnat resurslari hisoblab chiqiladi.

Bunda maqsad va vazifa aniqlab olinadi. Maqsad - bu ongda oldindan payqalgan tadqiqot natijasidir. Muammoni o’rganish darajasi, ijtimoiy buyurtma, tadqiqot manfaatlariga bog’liq bo’ladi. Empirik (eksperiment) tadqiqotning umumiy maqsadi: ob’ekt rivojlanish turlari, tuzilmasi, o’zgaruvchanligi va tendentsiyalaridir.
Bu faktlar turli maqsadlarga qo’llanishi mumkin:
a) nazariy hulosalar olishda;
b) o’rganish metodining effektivligi, bilish imkoniyati orqali hulosalar olishda;
v) amaliy maslahatlar olishda;
g) kam o’rganilgan soha bo’yicha informatsiya to’plaganda.
Ijtimoiy psixologik tadqiqot maqsadi turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, muayyan ishlab chiqarish korhonasida mehnat unumdorligini ko’tarish muammosini ijtimoiy psixologik tadqiqot qilish zarur bo’lsa, bunda asosiy maqsad mehnat unumdorligi pastliginig asosiy sabablarini aniqlash, mavjud yashirin iqtisodiy imkoniyatlarni qidirib topish va mavjud shart-sharoiti o’zgarishidan iborat bo’ladi. Tadqiqotning asosiy vazifasi esa belgilab olingan maqsadning mazmunan, uslubiy va tashkiliy jihatdan yanada oydinlashtirib olishdan iborat bo’ladi.
Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda maqsad-bu tadqiqotlarni nazariy yoki amaliy yo’nalishlarda bo’lishini ko’rsatuvchi mo’ljal vazifasini o’taydi. Ayni vaqtda dastur o’tkazilayotgan tadqiqot qanday muammoni hal etishi yoki qanday xarakterdagi natijalarga ega bo’lishi hususida konkret savollarga javob berishi lozim.
Maqsadni amalga oshirish jaryonida bir yo’la bir necha hil manzaralarga duch kelish mumkin. Zero, hamma narsa oldindan aniq belgilanishi qiyin. Hamma imkoniyat va yutug’larni to’la aniqlik bilan hisobga olishga urinish be’manilikdan va shallaqilikdan boshqa narsa emas. SHu bilan birga barcha tadqiqotchi kutilgan natijalardan tashqari yana qo’shimcha natijalar paydo bo’lishini nazardan qochirmaslik kerak. «Agar siz qandaydir yo’llanmagan, kutilmagan hayolingizga keltirmagan narsani topishni o’ylamaydigan bo’lsangiz, siz bu narsani hech qachon topa olmaysiz» degan edi. Maqsadni amalga oshirishda ba’zan faqatgina asosiy vazifa emas, ikkinchi darajali vazifalarni ham br yo’la bajarishga to’g’ri keladi. SHunig uchun ham ishda asosiy qo’shimcha u yoki masalalar bir yo’la hal etiladi yoki hal etishnig konkret yo’llari belgilab beriladi.
Maqsadni amalga oshirish jarayonida tadqiqotchi 3 an’anaviy vazifani bajarishni o’z oldiga qo’yadi:

  1. o’rganiluvchi mavzuni ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish;

  2. ilmiy-nazariy mavzuning boshqa ilm va hayot bilan bog’liqligi;

  3. krizis holatlardan chiqishning aniq-ravshan yo’llarini belgilab berish (dasturda metodologik tavsiyalarni yaratishni qayd etadi).

Ba’zan hal etilmagan noasosiy vazifalar alohida mustaqil tadqiq etilishi dasturda ko’rsatilishi lozim.
Demak, empirik ijtimoiy psixologik tadqiqot maqsadi nazariy, metodik, amaliy, informatsion bo’lishi mumkin. Maqsad tadqiqot jarayonini tashkil qiladi va e’tibor qaratishga yordam beradi.
Maqsad ma’lum bir vazifalarni echish natijasida amalga oshadi. Agar maqsad tadqiqot jarayonini tashkil qiladi va e’tibor qaratishga yordam beradi.
Maqsad ma’lum bir vazifalarni echish natijasida amalga oshadi. Agar maqsad tadqiqot nima uchun o’tkaziladi degan savolga javob bersa, vazifa tadqiqotni qanday o’tkazish, qo’yilgan maqsadni qanday nazariy, metodik masalalarni echish zarur degan savolga javob beradi. Maqsad bir necha vazifalarga bo’linadi:
a) shu haqda tushuncha berish.
b) nazariy tipologiyasini bayon etish va hokazo.
Asosiy va asosiy bo’lmagan vazifalarni ajratish kerak. Bu vaqtni to’g’ri taqsimlashga xizmat qiladi.

  1. Tadqiqot ob’ekti va predmetini aniqlash: Ko’pincha mehnat jamoalari ob’ekt bo’lib xizmat qiladi. Ob’ekt qanchalik aniq bo’lsa, metod shunchalik to’g’ri tanlangan bo’ladi. Empirik tadqiqot tipik ob’ektlari odamlar fikri, jamoadagi munosabatlar, siyosiy jarayonlar. Bu ob’ektga bir necha predmet to’g’ri kelishi muumkin. Predmet «ong tuzilmasi» va hokazo. Umuman ob’ekt (lat. predmet) - falsafada kishi ongidan tashqarida, unga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan har qanday hodisa. Keng ma’noda - kishi bilishga intilgan predmet, hodisa (masalan, o’rganish ob’ekti) va o’z faoliyatini shunga yo’naltirish (ko’rish ob’ekti).

Ob’ekt odatda mustaqil tushuncha sifatida tadqiqochi ixtiyoridan chetda turadi va maxsus o’rganiladi. Predmet esa tadqiqotchi tomonidan muayyan shaklga solinadi va mahsus tadqiqot qo’lami sifatida o’rganiladi. Ob’ekt predmetidan ma’no doirasi jihatidan ancha keng, predmet ob’ektning hosilidir. Birgina ob’ektning o’zida bir necha alohida tadqiqot predmetlarini ajratib olib o’rganishi mumkin. Ijtimoiy voqealikni ob’ekt sifatida qayd etishi va unda predmetni ajratib chiqarish, hamisha yuzaga kelgan ijtimoiy ziddiyatli muammo va bu muammoni hal etish holatlari bilan chambarchas bog’liq. Ba’zan tadqiqotchi oldin maxsus masala, ya’ni predmetni aniqlab oladi va shundan so’ng shu masala atrofidagi muhit, masalaga qon - qarindosh tomonlarini, ya’ni ob’ektni belgilaydi. Bu 2 yondashuv dialektik materializimning induktiv bilish usullariga muvofiq va har ikki yondashuv ham to’g’ri deb e’tirof etishi mumkin.
Ob’ekt - bu haqiqiy mavjud bo’lgan tuzilma bo’lib, predmet - abstrakt qo’yilgan tadqiqot muammosidir.
4. Muammoni nazariy tahlil qilish va asosiy tushunchalarni ishlab chiqish:
a) defetsiyalashni (ta’riflash), ya’ni ilm-fanda ishlab chiqilgan nazariy va metodologik nuqtai nazaridan muammoning asosiy tushunchalarini aniqlash, nazariy asoslar bo’lmaganda esa tadqiqotchi o’z kontseptsiyasini mustaqil yaratish kerak.
b) tadqiqot tushunchalariga bog’liq, ya’ni muammoning nazariy tahlili bevosita tushuncha bilan dialektik uzviylikda rivojlanadi. Bunda nazariy va empirrik ko’rsatkichlar o’zaro aloqada bo’ladi.
5. Tadqiqot ob’ektining tahminiy, sistemali tahlili:
O’rganilayotgan ob’ekt sistemali tahlil qilinadi. Bu ob’ektni, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy bog’liqlikda o’rganishdir. Sistemali tahlil natijasida faqat ob’ektdagi mavjudlik mexanizimiga emas, balki instituttsional, oilaviy-maishiy, shaxsiy tuzilmalar ham aniqlanadi. Ob’ektning sistemali tahlili asosida gipoteza shakllanadi.
6. Tushunchalarni nazariy va empirik interpritatsiyasi:
Dasturni tuzishdagi keyingi qadam, bu interpritatsiyadir. Intrepritatsiya - sharhlash, izohlash, tushuntirib berish, talqin qilish natijasida olingan tushunchalar elementidir. Dasturni tuzishda tushunchalar nazariy va empirik interpritatsiya talqin qilinadi:
a) nazariy interpritatsiya (izohlash) - bu tushunchalar mazmuni muammoning nazariy aspekti nuqtai-nazardan tushuntirishi («e’tiqod» va «qadriyat» tipi belgilanadi).
b) empirik (eksperiment) interpritatsiya tushunchalarni empirik faktlar bilan taqqoslash, o’rganilayotgan soxa bilan mosligini aniqlash, operatsional tushuncha to’plash.

Download 168,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish