2-Mavzu: Eksperimental tadqiqotlar bosqichlari


Nazariy-metodologik bo’lim



Download 168,29 Kb.
bet3/9
Sana18.07.2022
Hajmi168,29 Kb.
#821599
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-Mavzu

Nazariy-metodologik bo’lim;

  • Amaliy-metodologik (protsedura-ish tartibi) bo’lim;

  • Xulosa bo’lim qismidan iborat.

    Dastavval bu bo’limlarning har biri haqida qisqacha to’xtalamiz:



    Endi ana shu uchala bo’limlarning har biri haqida kengroq to’xtalamiz.


    I. Nazariy-metodollogik bo’lim:
    Izlanishlarda muammoni qo’shish. Muammo - bu ilmiy-amaliy echimni talab etuvchi, mavhumlikni ifodalovchi so’rov so’zlar shakli. Uni qo’yilishi ijtimoiy - psixologik tadqiqotlarning asosiy bo’g’ini bo’lib, echimga muhtoj ijtimoiy vazifadir. O’z o’rnida muammoni qo’shish uni echimga bo’ysundirish demakdir.
    Muammoning klassifikatsiyasi:

    • gnoseologik (anglanishi kerak bo’lgan muammolarni etishmasligi);

    • predmetli (aniq ijtimoiy-psixologik ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar);

    • tegishlilik (stratifikatsion, demografik, oilaviy va xokazolar);

    • masshtabli - (global, hududiy);

    • davriy (qisqa, o’rta, uzoq muddatli);

    • ahamiyati jihatidan (birinchi darajali, majmuali, tuzilmaviy).

    Muammo ijtimoiy - psixologik jihatdan rivojlanayotgan bilim asosida echiladi va ijtimoiy - psixologik tadqiqotda aniq savollar orqali echimga yo’naltiriladi. Muammoni qo’yish jarayonida ikki asosiy ketma-ketlikni ajratish mumkin:
    a) muammoli vaziyatni anglash;
    b) muammoni echimini shakillantirish.
    Muammoli vaziyat - bu ijtimoiy voqeylikda qarama-qarshilikning mavjudligidir. Psixolog ma’nolardagi ahamyatli va ahamyatsiz qarama-qarshiliklar nazariy asosga to’g’ri kelmasligini qayd qilib boradi. SHu asnoda muammoli vaziyatni echishda va bizga noma’lum natijani izlashda yangi bilimga bo’lgan ob’ektiv ehtiyoj shakllanadi.

    1. Muammoni qo’yish, ishlab chiqish: korxona yoki muassasa psixologlar oldiga muayyan bir masalani qo’yadi. Bilimga byurtma beradi. byurtmachining o’zi ilmiy muammoni qo’ya olmaydi, chunki buning uchun proffesional bilimlar zarur bo’ladi. Muammoni ilmiy ifodalash psixologning vazifasi. Bunada quyidagi talab lar qo’yiladi: a) ilmiy manfaatlar, buyurtmachi manfaati, tadqiqot va ular natijalarini o’rganiluvchi jarayonaga ta’siri bo’lishi kerak. b) ilmiy bilimlarni noilmiy bilimlardan aniq ajratish kerak. v) umumiy tushuncha va abstrakt kotegoriyalardan emas, balki aniqlikdan iborat bo’lishi lozim. Muammoni empirik o’rganib, ochiq qo’ymaslik kerak, chunki foydaliyliklik, barqarorlik, kollektivdagi keskinlik va nizomlarni-kamaytirish, boshqarish va tashkil qilish munosabatlarini tajriba yo’li bilan tekshirib bo’lmaydi.

    Ilmiy ishda ijtimoiy tuzulmadagi qarama-qarshiliklar, ijtimoiy muammolar real ifoda etilishi lozim. Ilmiy muammoning qo’yilishi ayni shu soha uchun kerakli bo’lgan bilimlar doirasidan chetga chiqish, bu bilimlar chegarasini kengaytirish demakdir. Ba’zan muayyan va hozirgacha ma’lum bilimlar doirasida hamisha ham ijtimoiy muammo vaziyatlari hal etilayvermaydi. SHu sababdan ham ko’pincha bilimlarga bo’lgan ehtiyojlar ham o’sa boradi. Ko’pincha ijtimoiy psixologik tadqiqotlar faqat nazariy umumlashmalar ishlab chiqibgina qolmasdan, balki ijtimoiy muammo vaziyatini hal etishning konkret amaliy tavsiyalarini ham ishlab chiqadi. Masalan, madaniy-marifiy muassasalar kadrlarning ko’nimsizligi masalasini o’rganishga bag’ishlangan ijtimoiy psixologik tadqiqotni nazariy umumlashmalar asosida hal etish mumkin. Bir jihatdan, bu ijtimoiy muammo vaziyatini keltirib chiqargan shart-sharoitlar atroflicha tahlil etilib, nazariy xulosalar ilgari surilsa, ikkinchi jihatdan bu vaziyatni bartaraf etishning dolzarb yo’l-yo’riqlari tavsiya etiladi. YUzaga kelgan ijtimoiy muammo ma’lum bo’lgan amaliy vositalar bilan hal etilmasa, ilimga, tadqiqot o’tkazilishiga murojaat qilinadi. Bu murojaat ilmda ijtimoiy byurtma deb ataladi. SHunday qilib, ijtimoiy psixologik tadqiqotlar ikki yo’nalishda:
    a) ijtimoiy byurtma;
    b)shaxsan psixologning tashabbusi asosida amalga oshirilishi mumkin.
    Ammo psixologning shaxsiy tashabbusi ham real hayot muammolari asosiga qurilishi shart. Shaxsiy tashabbus ko’rsatish, hayotiy ziddiyatlarni ilmiy tafakkur va keng tadqiqot asosida hal etilishi uchun psixolog keng dunyo qarashga ega bo’lishi zarurdir.
    Ba’zan ilmiy muammo dasturda atroflicha to’la - to’kis bayon etib bermasligi ham mumkin. Bunday paytda tadqiqotchi ilmiy muammoni umumiy tarzda izohlash va uning ayrim jihatlari xususida atroflicha tushuncha berib o’tishi mumkin. Tadqiqot davomida ilmiy muammo haqidagi fikr kengayadi va bu narsa dasturga kiritilib boriladi.


    1. Download 168,29 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish