miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
“Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi”
(Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 26 mayda 3016-son bilan ro‘yxatdan
o‘tkazilgan) nizomning 2 bandida xarid qilish tartib-taomillarini
amalga oshirish
turlari belgilangan, ushbu platformalarda elektron do‘kondan tashqari boshlang‘ich
narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion, eng yaxshi takliflarni tanlash,
tender, yagona yetkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridlari
platformalarda reja-jadvali qilinishi kerak.
Ushbu nizomning 3 va 4
bandida esa, xaridlarga tayyorgarlik o‘z
ichiga
quyidagilarni olishi belgilab qo‘yilgan, bular;
portalda xaridlarning yillik va choraklik reja-jadvallarini joylashtirish;
portalda xaridlar o‘tkazilishi haqidagi e’lonlarni joylashtirish;
buyurtmachilar va xarid jarayonlari ishtirokchilari (bundan buyon matnda
ishtirokchi deb yuritiladi) tomonidan xaridlarda ularning ishtirokini ta’minlovchi
avans to‘lovlarini kiritish.
Portalda joylashtiriladigan reja-jadval quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga
olishi kerak:
xarid predmeti;
xarid o‘tkaziladigan oy;
buyurtmachining nomi va manzili;
xarid predmetini moliyalashtirish manbalari;
tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish joyi
(manzili), muddatlari va shartlari.
O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 22 apreldagi “Davlat xaridlari
to‘g‘risida”gi №-684 Qonunning 8-moddasiga muvofiq, moliyaviy mablag‘lardan
foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi prinsipiga asosan, davlat
xaridlari:
davlat buyurtmachisining davlat xaridlarini o‘tkazish
xarajatlarini va
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymatini hisobga olishi;
davlat xaridlari uchun ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishi, shu
jumladan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) olishdan ko‘rilgan naf, ularning sifati va
qiymati o‘rtasidagi maqbul nisbatni (foydalanish davri xarajatlarini hisobga olgan
holda) ta’minlashi hamda davlat xaridlarini maqbul muddatlarda o‘tkazish imkonini
beradigan oqilona va tejamkor usulda amalga oshirilishi kerak.
Davlat xaridlarini rejalashtirish
va amalga oshirishni, davlat xaridlari
to‘g‘risidagi shartnomalarni (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) tuzish
va ijro etishni, monitoringni
va nazoratni amalga oshirishni, nizolar hamda
kelishmovchiliklar ustidan shikoyat qilish va ularni ko‘rib chiqishni, davlat xaridlari
sub’ektlarining kasbiy mahorati darajasini va mas’uliyatini oshirishni tashkil etish
imkonini beradigan yagona infratuzilmaning mavjudligi bilan ta’minlanadi.
Tashkilot reja-jadvalini ishlab chiqishidan oldin tashkilot xarajatlarini
ma’lumotlariga ega bo‘lishi kerak so‘ngra, olinadigan tovarlarning (ishlarning,
xizmatlarning)
davlat xaridi tavsifi xolis, funksional va umumiy xususiyatga ega
bo‘ladi. Tavsifda tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridining tegishli texnik, sifat
xususiyatlari ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: