2-Mavzu: Dars o'quv faoliyatini tashkil etish shakli sifatida



Download 11,58 Kb.
Sana13.04.2022
Hajmi11,58 Kb.
#548648
Bog'liq
Psixologiyani o`qitish metodikasi 2-Amaliy mashg`ulot


2-Mavzu: Dars o'quv faoliyatini tashkil etish shakli sifatida
1. Dars o'quv faoliyatini tashkil etish shakli sifatida.
2. Ma'ruza mashg'uloti va uning mazmuni.
3. Psixologiya fanlaridan seminar va labaratoriya mashg'ulotlari
1. Ta’limni tashkil etishning asosiy shakli maktabda dars va oliy maktabdagi ma’ruza hisoblanadi. Biror birta’limni tashkil etish shakli o‘quv ishlari masalasi va usullariga qarab tuzilishini va modefikatsiyasinio‘zgartirishi mumkin. Misol uchun, dars - o‘yin, dars – konferensiya, dialog, amaliyot va muammolima’ruza, binar, ma’ruza – telekonferensiya va boshqalar. Maktabda darslar bilan birga boshqa tashkiliyshakllar ham qo‘llaniladi (laboratoriya praktikum, mustaqil uy ishi, fakultativ, to‘garak). Ma’lum nazoratshakllari ham mavjud bo‘lib ular: og‘zaki va yozma imtihonlar, nazorat va mustaqil ishlar, nazorat, testtopshirish, suhbat o‘tkazish shular jumlasidandir. Oliy maktabda ma’ruzadan tashqari o‘qitishningboshqa tashkiliy shakllaridan ham foydalaniladi – seminar, laboratoriya ishi, amaliy mashg‘ulottalabalarning mustaqil ishi, ishlab chiqarish amaliyoti, boshqa o‘quv yurtida yoki chet el o‘quv yurtidastajirovkada bo‘lish va shu kabilar. Ta’limning natijalarini baholash va nazorat qilish shakli sifatidaimtihonlar, nazoratlar, baholash reyting tizimidan, referat, kurs ishlari va diplom ishidan foydalaniladi.Dars tiplari quyidagilardan iborat:1. Aralash dars. Uning tuzilishi: tashkiliy qismi, uy ishini tekshirish, yangi materialni o‘rgatish, yangisiniilgari o‘rganilgan material bilan solishtirish va mustahkamlash, amaliy topshiriqlarni bajarilishi, darsgayakun yasash va uyga topshiriqlar berish.2. Yangi materiallarni o‘rganish darsi odatda katta sinf o‘quvchilarini o‘qitishda qo‘llaniladi. Ushbuturdagi dars doirasida quyidagi darslar olib boriladi – ma’ruza, muammoli dars, dars – konferensiya, kinodars, dars – tadqiqot.3. Bilimlarni mustahkamlash, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish darsi seminar, amaliy,ekskursiya, mustaqil ishlar hamda laboratoriya amaliyoti ko‘rinishida olib boriladi.4. Umumlashtirish va tizimlashtirish darsi fanni to‘liq o‘zlashtirish uchun muhim ahamiyatga egabo‘lgan dasturning asosiy masalalari bo‘yicha o‘quv materialining katta qismlarini tizimli takrorlashgaqaratilgan. Bunday darsni o‘tishda o‘qituvchi o‘quvchilar oldiga muammoni qo‘yadi, qo‘shimchama’lumotlar olish manbalarini ko‘rsatadi, hamda o‘xshash masala va amaliy mashqlar beradi,topshiriqlar va ijodiy xarakterdagi ishlarni topshiradi. Bunday dars paytida o‘quvchilarning uzoqvaqt davomida – chorak, yarim yillik, o‘quv yili davomida bir necha mavzular bo‘yicha bilim, mahorat vako‘nikmalari tekshiriladi, baholanadi.5. Bilim, mahorat va ko‘nikmalarni nazorat qilish hamda tuzatish darsi o‘qitish natijalarini baholashuchun, o‘quvchilarning bilim darajasini diagnostika qilish, o‘quvchilarning o‘z bilimlarini qo‘llashgatayyorliklari, o‘qitishning turli vaziyatlarida mahoratlari va ko‘nikmalarini tekshirish uchun mo‘ljallangan.Bunday darslarning ko‘rinishlari og‘zaki yoki yozma so‘rov, diktant, masala va misollarni ifoda etish yokimustaqil yechish, amaliy ishlarni bajarish, imtihon, mustaqil yoki nazorat ishi, test olish bo‘lishi mumkin.Yakuniy dars natijalariga qarab keyingi mashg‘ulot odatiy xatolarni, bilimdagi kamchiliklarni tahlilqilishga, qo‘shimcha topshiriqlarni belgilashga bag‘ishlanadi.Maktab amaliyotida darsning boshqa turlaridan- dars musobaqa, maslahat, bir-birini to‘ldirishma’ruzasi, fanlararo dars, o‘yin kabilardan foydalaniladi.Har qanday ma’ruzaning umumiy tuzilishini asosi – bu mavzuni bayon etish, rejani va mustaqil ishlashuchun tavsiya etiladigan adabiyotlarni ko‘rsatish, keyin esa – ko‘rsatilgan ishning rejasiga qat’iy amalqilishdir. Ma’ruza o‘qishga qo‘yiladigan asosiy talablar sifatida quyidagilar shart deb hisoblanadi.· Ifoda etilayotgan ma’lumotlarning yuksak ilmiy darajadaliligi, odatdagidek dunyoqarash ahamiyatigaegaligi;· Zamonaviy ilmiy ma’lumotlarning aniq tizimlashtirilgan va metodik qayta ishlab chiqilgan hajmlari;· Bildirayotgan fikr-mulohazalarining isbotlanganligi va asoslanganligi;· Keltiriladigan ishonchli isbotlar, misollar, tekstlar va hujjatlarning yetarlicha bo‘lishi;· Fikrlari aniq, tushunarli bayon etilishi va eshituvchilar fikrlashlarini faollashtirish, muhokamaetilayotgan muammolar bo‘yicha mustaqil ishlar uchun savollarning qo‘yilishi;· Qo‘yilgan muammoni hal etish uchun turli nuqtai nazarlarni keltirib chiqarish, xulosalarni ifoda etish;· Kiritilayotgan termin va nomlarni tushuntirish: fikr-mulohazalarni talabalarga eshitishga, fikrlash vama’lumotlarni qisqacha yozib olishga imkon berish.· Auditoriya bilan pedagogik aloqa o‘rnatish mahorati.· Tekst, konspekt, bloksxemalar, chizmalar, jadvallar, grafiklar, asosiy materiallarini qo‘llash.Yuqoridagi fikrlarga asoslanib ma’ruza qo‘yidagi turlarga ajratiladi;
2.Kirish ma’ruzasi o‘quv fani haqida birinchi yaxlit tasavvurni beradi va talabalarni ushbu kurs bo‘yichaishlash tizimiga yo‘naltiradi. Ma’ruzachi talabalarni kursning vazifasi va masalalari bilan tanishtiradi.O‘quv fanlari va mutaxassislar tayyorlash tizimidagi uning roli va o‘rni bilan tanishtiradi. Kursning vafanning rivojlanish davri, amaliyoti, bu sohadagi yutuqlar, mashhur olimlar nomlari bo‘yicha qisqachama’lumotlar beradi, tadqiqotlar istiqbolli yo‘nalishlarini ifoda etib beradi. Bu ma’ruzada kurs doirasidagiishlar metodik va tashkiliy xususiyatlari ko‘rsatib beriladi hamda talabalarga tavsiya etiladigan o‘quvmetodik adabiyotlar tahlili beriladi, shuningdek, hisobot shakli va muddati belgilanadi.2. Axborot-ma’ruza tushunib olish esda qolishi kerak bo‘lgan bilimlar zaxirasini talabalarga ilmiyma’lumotlarni bayon etish va tushuntirishga qaratilgan. Bu oliy maktab tajribasida eng odatiy bo‘lganturdir.3. Obzorli ma’ruza – bu aniqlashtirish va detallashtirishsiz fan ichidagi va fanlararo aloqalarni ochibberishdagi bayon etiladigan ma’lumotlarni anglab yetish jarayonida ko‘p sonli assotsiativ bog‘liqliklargaasoslanishi mumkin. Yuqori darajada hisoblangan ilmiy bilimlarni tizimlashtirishdir. Odatda bayonetiladigan nazariy qoidalar asosini butun kursning yoki uning katta bo‘limining ilmiy-tushunchali vakonseptual asosi tashkil etadi.4. Muammoli ma’ruza. Bu ma’ruzada bilimlar masalaning, savol yoki vaziyatning muammoliligi orqaliberiladi, shu bilan birga idrok etish jarayoni o‘qituvchi bilan hamkorlik suhbatlari bilan tadqiqotchilikfaoliyatiga yaqinlashadi. Muammoning mazmuni uning yechimini izlashni tashkil etish yo‘li bilan yokian’anaviy va zamonaviy nuqtai nazarlarni qo‘shish va tahlil qilish yo‘li bilan ochib beriladi.5. Ma’ruza-vizual-aloqa. Ma’ruza materiallarini O‘TV vositalari yoki audio-video texnikalari yordamidako‘rsatib yetkazib berishdan iborat bo‘ladi. Bunday ma’ruzani o‘qish ko‘rilayotgan materiallarni keng vaqisqacha izohlab berishdan iborat bo‘ladi.6. Binar ma’ruza – bu ma’ruzani ikki o‘qituvchi suhbati shaklida o‘qish turi hisoblanadi, ya’ni ikki ilmiymaktab vakillari sifatida, yoki olim va amaliyotchi, o‘qituvchi va talaba o‘rtasida va boshqalar.7. Oldindan xatolar ko‘zda tutilgan ma’ruza talabalarni berilayotgan ma’lumotlarni doimiy kuzatibborishga rag‘batlantirishga mo‘ljallangan (mazmunida xatoni izlash: metodologik, metodik, orfografik).Ma’ruza yakunida tinglovchilarni diagnostika qilish va yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qilish amalgaoshiriladi.8. Ma’ruza-konferensiya - oldindan qo‘yilgan muammo 5-10 minut davom etadigan axborotlar tizimibilan ilmiy-amaliy mashg‘ulot sifatida o‘tkaziladi. Har bir chiqishi o‘qituvchi taklif etgan dastur doirasidatayyorlangan mantiqiy yakunlangan matndan iborat bo‘ladi. Beriladigan matnlar birgalikda muammonihar tomonlama yoritib beradi. Ma’ruza yakunida o‘qituvchi talabalarning mustaqil ishlari va chiqishlarinito‘ldirib yoki taklif etilgan ma’lumotlarga aniqlik kiritib yakun yasaydi va asosiy xulosalarni shakllantiradi.9. Ma’ruza-konsultatsiya turlicha ssenariyda o‘tkazilishi mumkin. Birinchi varianti «savol-javoblar»usulida amalga oshiriladi. Ma’ruzachi butun ma’ruza vaqti davomida bir bo‘lim yoki bir kurs bo‘yichatalabalarning savollariga javob qaytaradi. Bunday ma’ruzalarning ikkinchi varianti «bahs-munozara» usulida o‘tkazilib bu uch xilda olib boriladi:ma’ruzachi yangi o‘quv ma’lumotlarini bayon etadi, savol qo‘yiladi, qo‘yilgan savolga javob izlashdatortishuvlar, muhokama tashkil etiladi. Maktabda o‘quv jarayonini tashkil etish turlarining juda ko‘pligi va turli tumanligiga qaramayularning har bir turi va ko‘rinishi ma’lum didaktik masalalar to‘plamini hal etadi va o‘z vazifasini bajaradi.Ularning turli-tumanligi amalda maktab va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining ijodi va mahorati haqidaxabar beradi, o‘z ishlari samaradorligidan mafaatdorliklarini bildiradi. Shunga ko‘ra o‘quv ma’ruzasiuning tuzilish komponentlari haqida ma’lumot berishi lozim.Jumladan, o‘quv ma’ruzasi tuzilishi (V.Ya.Lyaudis bo‘yicha)1. Ma’ruza mavzusi, mavzusini tanlashni asoslash.2. Mavzuning butun kurs tizimidagi o‘rni va ahamiyatini aniqlash (konspekt).3. Mavzu bo‘yicha adabiyotlarni tanlab olish (o‘qituvchi uchun adabiyotlar, talabalarga tavsiyaetiladigan adabiyotlar). II. Ma’ruzani tashkil etish shakllari1. Auditoriya (tinglovchilar tayyorgarligi xususiyatlari va darajasi).2. Ma’ruzaning maqsadlari (butun fan mazmunini birlashtiruvchi) ma’ruzaning mazmuni, asosiyg‘oyalari.3. Asosiy mazmunini amalga oshiruvchi ma’ruzaning vazifalari: a) vazifaning tarkibi va ketma-ketlliktartibi. b) vazifalarning xususiyatlari: informatsion-analitik, tizimlashtiruvchi, muammoli; v) ko‘rsatilganvazifalarni hal etish uchun talabalarga zarur bo‘lgan vositalar; g) qo‘yilgan masalalarni hal etishdatinglovchilarda o‘qituvchi yuzaga keltiradigan emotsional holatlari va munosabatlari.4. Ma’ruzani tashkil etish shakli: a) fikrni monologik bayon etish; b) evristik suhbat elementlari bilanmonolog; v) evristik suhbat; g) audio-video namoyish etish vositalariga tayanilgan monolog; d) dialogtortishuv (muhokama etilayotgan muammo bo‘yicha ikki qarama-qarshi nuqtai nazarni ifoda etuvchi ikkio‘qituvchining tortishuvi). III. Ma’ruza mazmuni:1. Ma’ruza mazmuni rejasi va konspekti.2. Yaxlitligi, tizimliligi, ketma-ketligi, tushunarliligi, yaqqolliligi, isbotliligini ta’minlovchi o‘quv vositalariva didaktik uslublari (konspekt chetida ajratib ko‘rsatiladi). IV. Ma’ruza davomida o‘qituvchining yaxlitlik obrazi.1. Ma’ruza mazmunining har bir bo‘limi bo‘yicha masalalarni yechish jarayonida o‘qituvchiningtalabalar bilan hamkorlik qilish usullari (birgalikda masalalarni yechish, namunaga taqlid qilish, sheriklik).2. Bayon etishning tipik shakli (leksika, grammatika, stilistika).3. O‘qituvchining auditoriya bilan emotsional munosabati, noverbal munosabat vositalari (imo-ishora,mimika, patomimika, vokal mimika, intonatsiya, ovozi balandligi, sur’ati, tezligi, pauzasi).Seminar mashg‘ulotlari tuzilishi.I. Mashg‘ulot mavzusi.1. Mavzu tanlashni asoslab berish.2. Kurs dasturidagi o‘rnini aniqlash.3. Mashg‘ulot maqsadi, vazifalari: ta’limiy, tarbiyaviy, metodik.4. Adabiyotlarni o‘qib chiqish, hajmi, matnning murakkabligini hisobga olib adabiyotlarni tanlashniasoslab berish.
3. Seminarni tashkil etish shakli.1. Auditoriya tayyorgarligi xarakteri bilan bog‘liq seminar o‘tkazish shaklini tanlashni asoslab berish:A) savol-javobli;B) reja asosida keng suhbat;V) o‘zaro tanqidiy baholab axborot berish;G) yozma referatlarni munozara elementi bilan muhokama qilish.D) guruhli muhokama: yo‘naltirilgan, erkin o‘quv-rolli o‘yin.2. Talabalarni adabiyotdagi mavzu, masalalar, ob’ektlar, mashg‘ulot xususiyati, muhokamaishtirokchilari rollarini taqsimlash, referatlar, hisobotlar, talabalar, mavzuni muhokama qilish shakli vaxususiyatiga dastlab yo‘naltirish dasturi.III. Mashg‘ulot borishini rejalashtirish va konspektlar tayyorlash.1. Mashg‘ulot mazmuni dasturi: mavzuning asosiy bo‘limlari, uning vazifalari, ko‘rilayotgan muammonihal etilishi davomida asosiy qarama-qarshiliklarni qayd etish.2. Dastur bo‘limlari mazmunini konspektlashtirish. Ko‘rilayotgan nuqtai nazarlarni asosliligi vaisbotlanganligi, qarama-qarshiliklarni aniqlashni ta’minlovchi didaktik uslublarni ko‘rsatish. Guruhlimuhokama shaklini ko‘zda tutuvchi qoidalar va vazifalarni ko‘rsatish. Mashg‘ulotning turli bosqichlaridaguruxlar aloqalari uslublari.3. Seminar mashg‘ulotida muhokama etilgan mavzu bo‘yicha xulosalar,4. Seminar mashg‘ulotini o‘tkazgandan keyin uning borishini o‘rganib chiqish.Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar psixologiya kursini o‘qitishning ajralmas qismi hisoblanadi. Ulardama’ruzalarda olingan nazariy bilimlarini faollashtiradi, mustahkamlaydi va aniqlashtiradiLaboratoriya mashg‘ulotlarida talabalar psixologik tadqiqotlarning oddiy usullari va ko‘nikmalarinio‘zlashtiradilar, ulardan keyinchalik maktabda kundalik ishlarida foydalanishlari mumkin bo‘ladi.Bu yerda ular o‘tkaziladigan tajribalarda tekshirilayotganlar sifatida ishtirok etadilar va ularni mustaqilo‘tkazishga o‘rganadilar. Tajribalarda ishtirok etish va turli test topshiriqlarini yechish talabalarda alohidaqiziqish uyg‘otadi, chunki bu ularga o‘zlarini anglab yetishga, mavjud psixologik sifatlarini o‘rganishga,o‘zining rivojlanganlik darajasini aniqlashga imkon beradi.Turli psixologik masalalarni yechishda ham talabalar o‘z bilimlarini amalda ko‘rsatishlari mumkin.Shunga o‘xshash masalalarni hal etib, talabalar yana bir bor bo‘lajak amaliy ishlari uchun psixologikbilimlarning zarurligiga ishonch hosil qiladilar. Amaliy mashg‘ulotlarda masalalardan foydalanisho‘qituvchiga ham o‘quv materialini o‘zlashtirib borishi va shu bilan bu jarayonni nazorat qilishnikuchaytirishga yordam beradi.Amaliy mashg‘ulotlarda kompyuter texnikasidan foydalanish talabaning butun intellektualimkoniyatlarini maksimal darajada jamlaydi, faqatgina nazorat qilish va amalga oshirishni ta’minlaydi, butalabani o‘ziga baho berishini shakllanishiga va uning shaxsini tarkib topishiga yordam beradi.Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ishlarning turli xillarimavjud. Ularning har biri aniq mashg‘ulotni tanlab olish, mashg‘ulot mavzusini va o‘qituvchining realimkoniyatiga, shu jumladan texnik imkoniyatlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Umumiy talablar esao‘qituvchining talabalarni tayyorlash xamda har bir mashg‘ulot oldidan tekshirish kiradi.Tajriba ishlarini bajarish uchun talabalar ikkita daftarga ega bo‘lishlari kerak: ish davomida yozuvlarniqayd etib borish uchun va ishlari natijalarini yaxshilab ishlab chiqib, tartibga solib hisobot berish uchunkerak bo‘ladi. Hisobot daftarida bayonnoma rasmiylashtiriladi. U yoki bu usul bilan maktabda olinganma’lumotlar asosida mashg‘ulotlarni maktab materiallarida o‘tkazsa yaxshi bo‘ladi. Bu psixologiyabo‘yicha o‘quvchi bilimlarini chuqurlashtiradi va aniqlashtirish imkonini beradi, yosh psixologiyasimasalalariga qiziqishini oshiradi.
Download 11,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish