Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 22 apreldagi 02/12-569-sonli xatiga asosan barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollarning zotlari bo‘yicha hisobga olish ishlari namuna sifatida Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidagi aholi xonadonlari va barcha toifadagi xo‘jaliklarida boshlandi. 2019 yilga ko`ra tumandagi 80 foiz qoramollarni zotdorligi aniqlab chiqildi hamda olingan ma’lumotlar tahlil qilinmoqda.
1. Chorvachilik tarmog‘ini tashkil etishning iqtisodiy asoslari
«O‘znaslchilik» korxonasi 2019-yilning yanvar-may oylarida rejadagi 1580 ming doza o‘rniga, 1589 ming doza naslli buqalar urug‘i ishlab chiqarildi. Naslliq buqalarni qo‘shimcha urug‘ini ishlab chiqarish maqsadida 2019-yilning 22-23 aprel kunlari «O‘znaslchilik» korxonasining Buxoro filialida, urug‘ olish, muzlatish va uzoq muddatga saqlash laboratoriyasini ishga tushirildi va u asosida respublika seminari o‘tkazildi.
1. Chorvachilik tarmog‘ini tashkil etishning iqtisodiy asoslari
2016 yil 1 yanvar holatiga Respublikamizda 440 ta naslchilik toifasidagi qoramolchilik xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, 2016 yilning yanvar-may oyi davomida 65 ta yangi naslchilik toifasidagi qoramolchilik xo‘jaliklari tashkil etildi. Jami naslchilik toifasidagi qoramolchilik xo‘jaliklari soni 505 taga yetkazildi
2018 yilda 2015 yilga nisbatan aholi jon boshiga ishlab chiqarish – go‘sht 16,1 % ga, sut 18,7 % ga, tuxum 37,1 % ga va jun 10,0% ga oshgan.
Qishloq xo‘jaligining asosiy ko‘rsatkichlari
Chorvachilik mahsuloti ming tona
2. Chorvachilik tarmog‘ini tashkil etish va rivojlanishining me’yoriy huquqiy asoslari
Qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritishning yangi tashkiliy-huquqiy shaklining tashkil topish davrida hukumat chorvachilikda fermerlik va dehqonchilik harakatini keng qo‘llab-quvvatladi.
Respublikamizda chorvachilik sohasining asosiy tarmog‘i qoramolchilik hisoblanadi. Respublika aholisi asosan sug‘oriladigan dehqonchilik bilan shug‘ullanganligi uchun chorvachilikni shirali va ko‘k ozuqalar bilan ta’minlash va qoramolchilikni rivojlantirish imkoniyati mavjudligi bunga imkon tug‘diradi. Bundan tashqari, qoramollarni yil davomida molxona va ochiq maydonchalarda saqlash mumkin bo‘lib, bu sharoitda ko‘p miqdorda mahsulot yetishtirish mumkin. Shuning uchun ham chorvachilik mahsulotlari tarkibidagi asosiy salmoqni qoramolchilik mahsulotlari egallaydi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, mustaqillik yillarida chorvachilik tarmog‘ini tubdan yangilangan va erkinlashgan faoliyat doirasiga o‘tkazish bo‘yicha hukumatimizning keng qamrovli ishlari amalga oshirildi.
1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichi.
Bu bosqichda respublikada iqtisodiyotni erkinlashtirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish hamda uy-joy, ish bilan ta’minlash maqsadida aholi tomorqa xo‘jaliklari rivojlantirildi hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun huquqiy-me’yoriy xujjatlar ishlab chiqildi.
2. Chorvachilik tarmog‘ida mulkiy munosabatlarini isloh qilish.
Ushbu bosqichda respublikada chorvachilik fermalari bepul paychilarga bo‘lib berish va «Kim oshdi» savdolarida sotish orqali davlat tasarrufidan chiqarildi, davlat buyurtmasi bekor qilindi, shartnomaviy va erkin narxlarga o‘tildi va boshqalar.
Bu bosqichda mamlakatimizda chorvachilik tarmog‘ida mulkchilikning turli shakllari faoliyatining huquqiy-me’yoriy asoslari yaratildi va takomillashtirildi.
4. Chorvachilik tarmog‘ida servis xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish bosqichi.
Yuqoridagi bosqichlarda respublikada qoramolchilik tarmog‘ida davlat mulki to‘liq xususiylashtirilib, mulkchilikning turli shakllari tashkil etildi. Bu bosqichga kelib xususiy dehqon va fermer xo‘jaliklariga servis xizmati ko‘rsatuvchi korxonalarni shakllantirish va rivojlantirish tadbirlari amalga oshirildi.
5. Chorvachilik tarmog‘i korxonalarini modernizatsiya qilish va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, sotish hamda marketing tizimini rivojlantirish bosqichi.
Bu bosqichda aholining chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘liq ta’minlash maqsadida yangi chorvalik komplekslari barpo etildi, chorvachilikda ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash va sotish tizimini rivojlantirish tadbirlari amalga oshirildi.
Amaliyotga savol
Chorvachilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli haqida ma`lumot to`plash?