1 - Xizmatning asl iste’molchisini aniqlash
2 - Mahsulotni tasvirlash emas, voqeani hikoya qilish
- Tovarda turli texnologik sifatlarning mavjudligi iste'molchilar uni sotib olishiga kafolat bermaydi. Buning uchun kompaniya iste'molchilar bilan storitelling (voqeani hikoya qilish) yordamida hissiy aloqa o‘rnatishi lozim.
3 - Auditoriyaga kompaniyaning mavjudligi ma'nosini tushuntirish
- Brend strategiyasini shakllantirish uchun «Nimaga?» savoliga javob usulini qo‘llash mumkin. U yozuvchi Saymon Sinek tomonidan qabul qilingan. U iste'molchilarga nima uchun mavjudligini so‘zlab beradigan kompaniyalar ularda yetakchilar sifatida «ishtiyoq» uyg‘otadi. Shuning uchun iste'molchilar aynan shunday brendlarni tanlaydi.
- Masalan, Apple raqobatchilari bilan bir xil mahsulot ishlab chiqaradi va targ‘ib etishning o‘xshash usullaridan foydalanadi. Sinekning so‘zlariga qaraganda, shunga qaramay, foydalanuvchilar brendni o‘zgalardan farq qiladi deb hisoblaydilar. Chunki Apple o‘z faoliyatini nima uchun olib borayotganini tushuntiradi: «o‘zgacha fikrlash va dunyoni o‘zgartirish» uchun.
4 - Auditoriyaning haqiqiy ehtiyojini bilish
- Xaridorlar mahsulot yordamida yechishni istayotgan muammolarini har doim ham aniq tasvirlamaydi. Iste'molchilar izlayotgan narsani topish uchun marketologlar matn ortida yotgan narsani ko‘ra olishga majbur.
- Ayol deydi: «Men haftada uch marta taom tayyorlashni istayman, biroq vaqtim yo‘q».
- Matn ortida yotgan narsani yaxshi anglamagan marketolog ayol band ekani, biroq to‘g‘ri ovqatlanishni istaydi, degan fikrga keladi. Shuning uchun tayyorlash oddiyligi va quvvatlilik darajasiga e'tibor qaratish lozim, degan xulosaga keladi.
- Chiqarilishi kerak bo‘lgan xulosa: ayol taom tayyorlashim kerak deb hisoblaydi, uning uchun bu ustuvor vazifa. U doimiy ravishda o‘zi bilan olib ketiladigan taomni sotib olayotganidan aybdorlik hissini tuymoqda. Kompaniya esa ayol buning uchun xafa bo‘lmasligi yo‘lini topishi kerak.
- Diqqatni kompaniyaga emas, iste'molchiga qaratish
- Brendning afzalligi emas, undan keladigan foyda xaridorlarni mahsulot yoki xizmatni sotib olish uchun rag‘batlantiradi.
- Strategiyani raqobatchilar bilan taqqoslash asosiga qurmaslik
- Agar brend strategiyasi – o‘zini bozorning boshqa ishtirokchilari bilan qiyoslash bo‘lsa, kompaniya obro‘si o‘sha boshqa kompaniyaga bog‘liq bo‘ladi. Bu esa mustaqil rivojlanishni cheklaydi.
- Masalan Pepsi imiji mavjudligining ilk yilidanoq Coca-Cola bilan bog‘liq. Dastlab brend nomining o‘zi Pepsi-Cola – raqobatchisidan nusxa oldi. O‘n yillar davomida kompaniyalar marketing urushlarini olib bormoqda, bir-biri bilan bog‘liq ravishda o‘ram va narxni o‘zgartiryapti. Bir necha reklama kampaniyalaridan keyin, masalan «Pepsi avlodi», bozordagi ulushini oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Shunga qaramay, Coca-Cola hali ham yetakchiligini saqlamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |