2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi


Hayot – borliqning namoyon bo‘lish shakli



Download 52,26 Kb.
bet7/7
Sana23.04.2022
Hajmi52,26 Kb.
#577118
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5278607689746749922

Hayot – borliqning namoyon bo‘lish shakli. Tabiat va jamiyat haqidagi konkret fanlar borliqning muayyan xususiyatlarinigina o‘rganadi. Borliqning umumiy xossalari haqida esa, falsafa fani tadqiqot olib boradi. Bu jihatdan falsafada hayot muammosiga nisbatan muayyan yondashuv shakllanganini alohida qayd etish lozim. Xo‘sh, hayot nima? Borliqning eng murakkab shakllaridan biri hayot va uning mohiyati haqida to‘xtalaylik. Biz hayot ekanmiz, olamni bilamiz. Hayotning xilma-xil turlari, shakllari borki, ular borliqning moddiy shaklini harakatga keltirishda, boshqarishda asosiy o‘rin tutadi. Hayotning eng murakkab shakli inson hayotidir. Bu inson ruhiyati, ongi, tafakkuri bilan chambarchas boqlangan. Har bir odamga bir marotabagina hayot kechirish imkoniyati berilgan. Insonning qadr-qimmati shu hayotni qanday o‘tkazganligi bilan o‘lchanadi.
Odamning tabiati va hayoti u yashayotgan jamiyatdagi ijtimoiy muhitga ham bog‘liq. Farovon jamiyatda insonlar ham farovon hayot kechirishadi. qashshoq jamiyatda esa qashshoqlik tomir otadi. Demak, jamiyatimizni qanchalik farovon qilsak, unda yashaydigan insonlarning, kelgusi avlodlarimizning hayoti ham shunchalik baxtli va farovon bo‘ladi.
Hayotning vujudga kelishi va mohiyati haqida hanuzgacha olimlar bir nuqtai nazarga kelishmagan. Har bir insonning hayoti takrorlanmas va o‘ziga xosdir. Balki stanokning bir detali o‘rniga boshqa detalni qo‘yish bilan natija o‘zgarmas yoki bir ishchining o‘rniga boshqa ishchini qo‘yish bilan stanok to‘xtab qolmas. Ammo bir otaning o‘rnini boshqa ota, bir do‘stning o‘rnini boshqa do‘st bola olarmikin? Shunday ekan, har bir odam takrorlanmas va o‘z o‘rnida qadrli. Insonni, uning hayotini qadrlash muhim ijtimoiy vazifadir.
Inson tabiiy muhitsiz, suv, havo, quyosh va tuproqsiz yashay olmaydi. Bu unsurlar uning tirikchiligini ta’minlaydi. Bunday qulay sharoit inson uchun faqat Yer sharida mavjuddir. Erning hayot tarqalgan qismi biosfera deb ataladi. Biosfera tirik organizmlarning hayot kechirish muhitidir. Agar Yer shari quyoshga yaqinroq joylashganida, yer yuzasidagi harorat ko‘tarilib ketgan bo‘lar edi va oqibatda yerdagi namlik, suv yo‘qolar edi. Agar u quyoshdan uzoqda joylashganida, yer yuzasidagi harorat pasayib, hamma joy mangu muzlik bilan qoplanar edi. Har ikkala holatda ham yer yuzasida hayotning paydo bo‘lishiga imkoniyat yo‘qolgan bo‘lardi. Yana boshqa holni olaylik: Quyosh sistemasi Galaktika markaziga yanada yaqinroq joylashganda edi, yer yuzasida kuchli gravitatsiya ta’sirida narsalarning vazni oqirlashib, insondek murakkab jonzodning, balki umuman hayotning paydo bo‘lishiga sharoit bo‘lmagan bo‘lar edi. Aksincha, Quyosh sistemasi Galaktikamiz markazidan hozirgiga nisbatan chetda joylashganda ham, gravitatsiya kuchining zaifligi ayrim ximiyaviy va biologik jarayonlarning ro‘y berishiga hal aqit bergan bo‘lar edi. Buning oqibatida yer yuzasida hayot paydo bo‘lmas edi.
Demak, inson olamning eng ajoyib mo‘’jizasi, Yaratgannning in’omi, o‘zi uchun eng qulay bo‘lgan joyda, Yer sayyorasida yashaydi va bunga shukur qilsa arziydi. Inson aql-idrokining olamga ta’sir ko‘rsatish chegarasi “Noosfera”deb ataladi. Qadimda insonning tabiiy muhitga ta’siri o‘ta kuchsiz bo‘lgan. Davrlar o‘tishi bilan inson qo‘lida qudratli kuch va quvvat manbalari to‘plangach, uning tabiatga ta’siri o‘zgardi, atrof-muhitni ifloslantirib, biosferadagi tabiiy muvozanatni izdan chiqara boshladi.
Bugungi inson o‘zligini anglamas ekan, uning sayyoramizga halokatli ta’siri kuchaygandan kuchayib, oxir-oqibatda uning o‘zini ham halokatga olib borishi mumkin, degan ilmiy bashoratlar bor. Haqiqatan ham inson faoliyati aql-idrok bilan oqilona boshqarilmas ekan, u Yer yuzining halokatini tezlashtirishi muqarrardir.
Hozirgi zamondagi ekologik muammolardan biri ham inson tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va bu halokatni to‘xtatib qolishdan iborat. Bu olamni qay darajada yaxshi bilib olishimiz va uning hayotiga nisbatan mas’uliyatni anglashimizga bog‘liqdir. Har bir inson jamiyatda va tabiatda tutgan o‘z o‘rnini, umrining ma’nosi va bu hayotdagi mas’uliyatini to‘g‘ri anglasa, atrof-muhitni avaylab-asrashi, Yer yuzini gullatib yashnatishga harakat qilishi shubhasiz.

1 Ушбу қисм ф.ф.д., проф. Б.Тураев асарлари асосида тайёрланди.

Download 52,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish