kontekstga
|
tanish va notanish
|
|
tayangan holda
|
doirada oʻrganilgan
|
|
oʻxshash soʽzlarni,
|
leksika asosida
|
|
nutq namunalarini
|
tuzilgan nutq
|
|
namunalarini bilish
|
|
differensiallash
|
|
koʻnikmasi
|
|
koʻnikmasi
|
|
|
|
Hozirgi
zamon
metodikasi
nutq vaziyatiga
|
yangi leksik ma’no
|
|
bilan toʻldirilgan
|
|
tayanib kontekstdagi
|
|
nutq namunalarini
|
|
kam uchraydigan
|
|
bilish va tushunish
|
|
notanish soʻzlarni
|
|
tushunish koʻnikmasi
|
koʻnikmasini
|
|
Hozirgi zamon metodikasi ana shu guruhga quyidagilarni kiritadi: 1) tanish va notanish doirada oʻrganilgan leksika asosida tuzilgan nutq namunalarini bilish koʻnikmasini; 2) yangi leksik ma’no bilan toʻldirilgan nutq namunalarini bilish va tushunish koʻnikmasini; 3) kontekstga tayangan holda oʻxshash soʽzlarni, nutq
namunalarini differensiallash koʻnikmasini; 4) nutq vaziyatiga tayanib kontekstdagi kam uchraydigan notanish soʻzlarni tushunish koʻnikmasini.
Eng avvalo shuni aytish kerakki, dialog jarayonidagi idrok etish gapirish bilan uzviy bogʻlangan holda ishlab chiqiladi. Biroq shunga ham oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan mashqlarni ajratish mumkin.
Eng avvalo dialog olib borish uchun luqmaga tez javob qaytarish lozim. Dialoglarni toʻldirish mashqlari ham juda qimmatli omil hisoblanadi. Bunda bir suhbatdoshning jumlalari olinib oʻquvchilarga ularni boshqa jumlalar bilan toʻldirish tavsiya etiladi.
Tinglab tushunish mashqlari dialog protsessida gapirishni ham shakllantirishi tufayli ikki xil vazifani bajaradi. Zotan, dialogda tinglab tushunish va gapirish bir-biriga uzviy bogʻliqdir. Monologik nutqni tinglab tushunishga doir nutq mashqlari eng avvalo, matnni tushunish bilan bajariladigan didaktik vazifaga koʻra belgilanadi. Agar eshitilgan matn ichidan eng muhimini ajratib olish vazifasi qoʻyilsa, quyidagi vazifalar berilishi mumkin: ona tili yoki chet tilidagi matn mazmunini oʻz soʻzlari bilan qisqacha gapirib berish, reja tuzish, matn yuzasidan berilgan savollarga javob qaytarish, audiotekst qismlariga sarlavhalar qoʻyish va hokazo. Agar tinglab tushunish vaqtida oʻquvchilar diqqatini detallarga jalb etish vazifasi qoʻyilsa, unda matnga yaqin mazmunda soʻzlab berish, ayrim gaplarga savollar qoʻyish, gaplar tanlab olish, qahramonni, voqealar boʻlgan joyni ifodalovchi gaplarni ajratib olish foydalidir. Ammo shu faktorni hisobga olishning oʻzi yetarli emas. Didaktik vazifaning xarakteri yuqoridagilardan tashqari, oʻqitishning bosqichi va oʻquvchilarning tayyorgarlik darajasiga qarab ham belgilanadi. Monologik nutqni tinglab tushunish mashqlari gapirishga dialoglardagidek yaqin boʻlmasada, yetarli darajada bogʻliqdir.
Muloqotning tashqi va ichki shakllari mavjud.
Tashkilotdagi xodimlar tashkilotdan tashqaridagi shaxslar bilan muloqotlari tashqi muloqot deb ataladi. Bu shaxslar mijozlar yoki xaridorlar, dilerlar yoki distribyutorlar, axborot vositalari xodimlari, hukumat, omma va shu kabilar tashqi muloqot namunalaridir. Tashqi muloqotga tashkilot tashqarisida boshqa
kompaniyalar, hukumat bilan, umumiy omma va hokazolar bilan sodir boʻladigan nutqiy faoliyat kiritiladi.
Insonlar tashkilot ichida bir-birlari bilan muloqot qilishlari ichki muloqot hisoblanadi. Bu bir jamoada ishlash va umumiy maqsadlarni anglab yetish uchun qilinadi. Muloqot rasmiy yoki norasmiy boʻlishi mumkin. Ichki muloqot yuzma-yuz va yozma muloqotni oʻz ichiga oladi. Xabar, hisobot, ofis buyruqlari, aylanma farmoyish, faks, videokonferensiya, yigʻilish va shu kabilar ichki muloqot namunalaridir. Ichki muloqot deganda, kompaniya ichida sodir boʻluvchi nutqiy faoliyat tushuniladi. Ichki muloqotning oʻzi 2 qismga boʻlinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |