Jadval 1.1. Muloqot maqsadlari
Boshqalar: samarali qaror qabul qilish ushbu shaxs talab etilgan va muvofiq ma’lumot bilan ta’minlanganda boʻlishi mumkin. Samarali muloqot qaror qabul qilish jarayoniga yordam beradi. Umuman olganda, vazifalar samarali va yaroqli bajarilishi uchun tashkilotdagi har bir shaxs zarur ma’lumot bilan ta’minlanishi shart.
Monolog, ya’ni kontekstli nutqni tinglab tushunish oʻziga xos qiyinchiliklarga ega. Eng avvalo shuni aytish kerakki, monologik muloqot suhbat
vaqtida dialogik muloqotga nisbatan tinglovchiga kamroq qaratilgan boʻladi. Ekstralingvistik faktorlar bevosita muloqotdagiga qaraganda kamroq ahamiyat kasb etadi. Monolog fikrning tuzilish kengligi, mantiqiyligi bilan ajralib turadi, dialogdan farqli ravishda aytib tugatilmagan oʻrinlar ekstralingvistik momentlar bilan toʻldirib ketiladi. Monologik muloqotning oqimi, odatda normal tempda boʻlishi sababli qayta soʻrab o‘tirishlarga imkon bermaydi, eshitib boʻlingan joyga qaytish uchun toʻxtalishga yoʻl qoʻymaydi. Monologik nutqni tinglab tushu-nish hamma vaqt ozmi-koʻpmi choʻziladigan vaqt bilan bogʻliq boʻladi, bu esa ayrim luqmalar emas. Shuning uchun tinglovchining eshitish xotirasi yetarli darajada rivojlangan boʻlishi talab qilinadi. Tinglab tushunishning eng murakkab turi radio yoki magnitofondan eshitiladigan monologik nutqni idrok etishdir. Bunda avvalo nutqning umuman hech kimga qaratilmaganligini aytish lozim. Tinglovchi soʻzlovchini koʻrmaydi, axborot bittagina tinglash kanali orqali keladi. Monologik nutq vaqtida tinglovchi har holda mimikani, masalan, lektor mimikasini kuzatib borishi mumkin. Yozilgan nutqni tinglab tushunishni juda ham murakkablashtiradigan ikkinchi faktor yozilgan nutqqa ta’sir koʻrsatuvchi nuqsonlar sababli paydo boʻladigan tovush kamchiliklaridir. Maxsus olib borilgan tadqiqotlarda tovush signallarini hatto eng yuqori darajada yozib olinganda ham axborotni qabul qilish va qayta ishlashga ta’sir koʻrsatuvchi kichik nuqsonlarni yo‘q qilib boʻlmasligi isbotlangan. Apparatlarning buzuqligi tufayli paydo boʻlgan nuqsonlar aytilayotgan fikrlar mazmunini tushunmaslikni tushinish mumkin. Dialogik nutqdan faqat spektakl va radiopostanovkani tinglashda foydalanish mumkin. Shubhasiz, monologik nutqni tinglab tushunish amaliy jihatdan muhimdir, chunki koʻpincha dialogik nutq ichiga monologik nutq elementlari kirib qoladi. Bundan tashqari, qisqa monologlarni idrok etishga doir nutq koʻnikmasining oʻzi keng tarqalgan. Tovush yozish texnikasi rivojlangan hozirgi sharoitda yozib olingan nutqni tinglab tushunishni talab sifatida qoʻyish lozim. Binobarin, yozib
olingan nutqni tinglab tushunish koʻnikmasi til ustida mustaqil ishlashning eng muhim vositasidir. Shu bilan birga chet tilini oʻrganishga ajratilgan soatlar miqdori cheklangan sharoitda til materialini muayyan doirada cheklamay, oʻquvchilarning hamma yoki koʻpchilik mavzularga doir ovozli nutqning har xil turlarini eshitib tushunishini talab qilib boʻlmasligi ayondir. Hozirgi vaqtda nutqni idrok etish qiyinligini va amaliyot hajmining kamligini hisobga olib, birmuncha kichikroq talablar qoʻyish maqsadga muvofiqdir: oʻquvchilar oʻrganilgan materiallar boʻyicha turmush mavzusidagi shaxsan oʻzlariga yoki bevosita muloqot jarayonida auditoriyaga qaratilgan ovozli (dialog) nutqni yoki normal temp va soʻzlovchining aniq diksiyasi bilan magnit plyonkasiga yozilgan (monolog) nutqni tushuna olishlari kerak. Tinglovchilar nutqni tinglab tushunishni amalga oshirish uchun oʻzlashtirishlari lozim boʻlgan konkret koʻnikmalarni belgilashga harakat qilamiz. Bunda koʻnikmalarning ikki guruhini: ogʻzaki tushunish bilan bogʻliq koʻnikmalar va predmet hamda mantiqiy tushunish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni koʻrsatish mumkin. Birinchi guruhni bilish protsessni, tovush kodini tovush motor kodiga aylantirishni va tasviriy tekstlarni ogʻzaki tushunishni ta’minlovchi koʻnikmalar tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |