Operatsion sistema tushunchasi.
Kompyuterdan foydalanuvchilar o‘z masalalarini to‘liq hal qilishlari uchun kompyuterdan ko‘proq imkoniyat talab qiladilar va bu muammoni hal qilish uchun, odatda, turli dasturlar yoki ularning majmuasidan foydalanadilar. Har qanday kompyuter o‘zidan-o‘zi ishholatiga kelmaydi. Uni ish holatiga keltirish va qurilmalarni boshqarish uchun maxsus dasturiyta’minot yoki, boshqacha qilib ayitganda, operatsion sistema lozim. Demak, kompyuter ishga tushurilgach, uning qurilmalari bilan bir vaqtda maxsus dasturishga tushadi. Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter o‘rtasidagi muloqotni ta’minlaydi. Shuningdek, operatsion sistema kompyuterning barcha qurilmalarini boshqarish imkonini beradi. Shuni aytib o‘tish lozimki, kompyuterlarning texnik holatiga ko‘ra, ulardagi operatsion sistemalar turlicha bo‘ladi, ammo ularning asosiy vazifasi yagonadir. Bu - ichki va tashqi qurilmalarning birgalikda mutanosib ishlashini ta’minlashdan iborat. Kompyuterning “dasturli ta’minot”, “texnik ta’minot” va “operatsion sistema”lari orasida uzviy bog‘liqlik mavjud. Operatsion sistema bajaradigan vazifasidan qat’iy nazar ishonchlilik, himoyalash,samaradorlik va qulaylik kabi sifatlarga ega bo‘lshi zarurdir.
Amaliy dasturiy ta’minot.
Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchining aniq bir vazifalarini ishlab chiqish va bajarish uchun mo‘ljallangan. Amaliy dasturiy ta’minot tizimli DT, xususan, operatsion tizimlar boshqariluvi ostida ishlaydi.
Amaliy DT tarkibiga quyidagilar kiradi: - turli vazifalardagi amaliy dasturlar paketlari;- foydalanuvchi va AT umumiy ish dasturlari.
Amaliy dasturlar paketlari (ADP) - foydalanuvchi hal etayotgan vazifalarni avtomatlashtirishning kuchli qurolidir, u axborotnir ishlashbo‘yicha biror ishni qanday bajarayotganini bilish zaruriyatidan amaldato‘liq ozod etadi.
Hozirgi paytda o‘z funksional imkoniyatlari va amalga oshirish usullariga ko‘ra farqlanuvchi ADPning keng spektri mavjud. Amaliy dasturlar paketi (ADP) - bu muayyan sinf vazifalarini hal etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmuidir. ADPning quyidagi turlari farqlanadi:- umumiy vazifadagi (universal)- uslubiy yunaltirilgan;- global tarmoq;- xisoblash jarayoni tashkilotlari.
Umumiy vazifadagi amaliy dasturlar paketi (ADP) - foydalanuvchi va umuman axborot tizimi funksional vazifalarni ishlab chiqarish vafoydalanishni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Bu ADP sinfiga quyidagilar oiddir: 1) matnli va grafik muxarrirlar; 2) elektron jadvallar; 3) ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari
Do'stlaringiz bilan baham: |