2-mavzu. Axborot texnologiyalarining tashkil etuvchilari.
REJA:
Interfeys tushunchasi, fayl va katalog (papka) tushunchalari.
Axborot texnologiyalarining texnik ta’minoti
Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti
Kompyuter ishlashi uchun apparatli (Hardware) ta’minotdan tashqari dasturiy (Software) ta’minot ham muhim ahamiyatga egadir. Kompyuter tizimini tashkil etuvchi bu ikki vositaning o‘zaro aloqasi interfeys deyiladi.
Interfeys bir necha turga bo‘linadi, ya’ni:
apparatli interfeys;
dasturiy interfeys;
apparatli-dasturiy interfeys.
Apparatli interfeysni kompyuter qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar ta’minlaydi. Dasturiy ta’minot bilan apparatli ta’minot o‘rtasidagi mutanosiblikni operatsion sistema boshqaradi. Kompyuterli tizim samarali ishlashi uchun apparatli va dasturiy ta’minotdan tashqari foydalanuvchi qatnashadi. Foydalanuvchi kompyuterda ishlashi jarayonida uning apparatli ta’minoti bilan ham, dasturiy ta’minoti bilan ham aloqada bo‘ladi.
Insonning dastur bilan va dasturning inson bilan muloqotga kirishish usuli foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Dasturlar xilma-xil bo‘lgani uchun ularning interfeysi ham turlicha bo‘ladi. Foydalanuvchi interfeysini xususiyatlariga ko‘ra bir nechta turga ajratish mumkin.
Dasturning ishlash muhitiga qarab, dastur nografik yoki grafik interfeysga ega bo‘ladi.
Fayl tushunchasi.
Fayl — EHM (kompyuter)larda maʼlumot saqlanuvchi diskning nomlangan sohasi. Oʻz belgisi (nomi)ga ega boʻladi. Diskka maʼlumotlarni boshqa bir yoʻl bilan yozib boʻlmaydi: birgina harfni diskka yozish zarur boʻlsa ham, unga nom berib, fayl koʻrinishida xotirada saqlash kerak. Fayllarlar matnli, grafikli, tasvirli, ovozli va boshqa maʼlumotli boʻladi. Fayllar ish jarayonida, masalan, matn yoki elektron jadval bilan ishlashda, yoki, bevosita foydalanuvchi tomonidan tashkil etiladi. Demak, FAYL – (File- inglizcha ma’lumot) biror nomga ega bo’lgan va kompyuterning tashqi xotirasida joylashgan bir turdagi ma’lumotlar majmuidir. Faylning asosiy belgilari — nomi, oʻlchami (bayt hisobida), tashkil etilgan sanasi (kun, oy, yil), vaqti (soat va daqiqa).
Fayllarga Windows operatsion tizimida 255 tagacha (DOS tizimida ko‘pi bilan sakkizta belgi) belgidan foydalanib nom qo’yish mumkin. Fayllarda fayl nomidan tashqari uning kengaytmasi ham mavjud bo’ladi. Kengaytmalar 3 tagacha belgidan iborat bo’ladi. Kengaytma fayl nomi bilan nuqta (.) bilan ajratiladi. Faylning kengaytmasi bo’lishi majburiy emas. Lekin kengaytma fayl qaysi dasturda yozilganligini bildirib turganligi uchun, uni yozmasak yoki ishlatmasak fayllarni turlarga ajratishda qiyinchilikka uchrashimiz mumkin. Fayllar kengaytmalariga qarab 2 turga ajratiladi. Bular: bajarailadigan va bajarilmaydigan. Fayl nomi va kengaytmasi bir-biridan nuqta bilan ajratiladi. Ular lotin alifbosining katta yoki kichik harflari, sonlar va timsollardan iborat boʻlishi mumkin. Faylni nomlashda uning kengaytmasi berilishi shart emas, lekin fayl mazmuniga koʻra kengaytma berilsa, uni ishlatish osonlashadi. Masalan, exe,. com — bajariluvchi fayllar; bat — buyruqli fayl; bas — Beysik dasturi fayli; pas — Paskal dasturi fayli; txt, doc — matnli fayllar; xls — elektron jadvalli fayl.
Do'stlaringiz bilan baham: |