Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalariga dasturlar yaratish vositalari va CASE texnologiyalari kiradi. Dasturlar yaratish vositalari dasturlar yaratishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlarni o’z ichiga oladi. Bunga quyidagilar kiradi: - kompilyator va interpretatorlar; - dasturlar kutubxonasi; - turli yordamchi dasturlar. Kompilyator - dasturlash tilidagi dasturni mashina tilidagi dasturga aylantirib beradi. Interpretatorlar yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan dasturning bevosita bajarilishini ta’minlaydi. Disurlar kutubxonasi – oldindan tayyorlangan dasturlar to’plamidan iborat. Dasturlar yaratish vositalariga: Makroassembler MASM, Visual Cutt disurlar kutibxonasi Professional Editor kompilyatori, Visual Basic disurlar kutibxonasi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |