Tarmoqqa ulangan komp’yuterlarni yakka-hol va birgalikda ishlashni ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat operatsion tizim – tarmoq operatsion tizimi deb ataladi. U operatsion tizim tarmoq ichra muloqatlarni ayraboshlash, saqlash, qayta ishlash, qabul qilish, uzatish kabi xizmatlarni ko’rsatadi. Utilitlar – bu, ma’lumotlarni qayta ishlashda qo’shmcha operatsiyalarni bajarishga yoki komp’yuterga xizmat ko’rsatishga (tashxiz, texnik va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) mo’ljallangan dasturlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |