Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin. 1.Tizimli dasturiy ta’minot. 2.Amaliy dasturiy ta’minot. 3.Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. 1. Tizimli dasturiy ta’minot – komp’yuter va komp’yuter tarmoqlarini ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. 2. Amaliy dasturiy ta’minot – bu, aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma’lum masalalarni echishga mo’ljallangan dasturlar majmuasidir. 3. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari - yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |