2-mavzu: Auditning normativ-huquqiy asoslari. Reja: “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar sharhi



Download 324 Kb.
bet7/9
Sana14.02.2023
Hajmi324 Kb.
#911174
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 маруза

Toshkent sh.,
2018-yil 14-noyabr,
144-son
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 14-noyabrdagi 144-son buyrug‘iga
1-ILOVA
Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi PQ-3946-son “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq auditor malaka sertifikatini (bundan buyon matnda malaka sertifikati deb yuritiladi) berish, qayta rasmiylashtirish, bekor qilish, amal qilishini uzaytirish va tugatish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar ishlatiladi:
auditor ― malaka sertifikati ega bo‘lgan jismoniy shaxs;
talabgor ― malaka sertifikatini olishga talabgor bo‘lgan jismoniy shaxs;
malaka imtihoni ― auditorga quyilgan talablarga talabgorning mos kelishini tekshirishga yo‘naltirilgan, malaka imtihoni komissiyasi tomonidan o‘tkaziladigan imtihon;
malaka sertifikati ― auditorning malakasini tasdiqlovchi va auditorlik tashkiloti nomidan auditorlik xizmatlari ko‘rsatish huquqini beruvchi hujjat;
xalqaro buxgalter sertifikati ― “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)” yoki “Sertifikatlangan qasamyod qilgan buxgalter (ASSA)” yoxud “Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (SRA)” sertifikati.
2. Auditor malaka sertifikatini olgan yilning keyingi yilidan boshlab har yili 40 soatlik malaka oshirish dasturi bo‘yicha malaka oshirish kurslarini o‘tishi shart.
3. Talabgor (auditor) xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lganda malaka sertifikatini olish va amal qilish muddatini uzaytirish malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshiriladi.
2-bob. Talabgorga qo‘yiladigan malaka talablari
4. Malaka imtihonini topshirish uchun talabgor quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:
oliy ma’lumotga, oliy ta’lim muassasini bitirganidan so‘ng oxirgi o‘n yil ichida kamida uch yillik audit va buxgalteriya hisobi sohasida yoxud shu sohalarda oliy ta’lim muassasalarida dars berish bo‘yicha amaliy ish stajiga (shu jumladan, o‘rindoshlik asosida) ega bo‘lishi;
“buxgalteriya hisobi” va “audit” mutaxassisliklari bo‘yicha magistr diplomiga va auditorlik tashkilotida bir yildan kam bo‘lmagan amaliy ish stajiga (shu jumladan, o‘rindoshlik asosida) ega bo‘lishi;
fanning iqtisodiy tarmoqlari sohasida ilmiy darajaga ega bo‘lishi.
Bunda xorijiy davlatlarda olingan oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasidagi ma’lumotga ekvivalent deb topilgan taqdirda e’tiborga olinadi.
3-bob. Malaka imtihonini topshirish tartibi
5. Malaka imtihonini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tomonidan komissiya raisini hisobga olgan holda to‘rt kishidan kam bo‘lmagan tarkibda malaka imtihoni komissiyasi tashkil qilinadi.
Malaka imtihoni komissiyasi tarkibiga Vazirlik xodimlari va auditorlarning respublika jamoat birlashmasi vakillari kiritiladi.
6. Malaka imtihoni komissiyasi tarkibi har bir malaka imtihoni uchun alohida tuziladi va doimiy hisoblanmaydi.
7. Malaka imtihoni komissiyasi qarorlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi va malaka imtihon komissiyasi raisi hamda barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.
8. Talabgor malaka imtihonini topshirish uchun quyidagi hujjatlarni Vazirlikka taqdim etadi:
a) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish to‘g‘risidagi ariza;
b) pasport nusxasi (chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — yashash uchun guvohnomasining nusxasi);
v) oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning yoki ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjatning yoxud vakolatli davlat organining xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot yoki ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjatning nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) guvohnomasining nusxasi;
g) xalqaro buxgalter sertifikati mavjud bo‘lganda (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoxud ushbu hujjatni bergan muassasa tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
d) mehnat daftarchasining nusxasi (mehnat stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan ko‘chirma) (o‘rindoshlik bo‘yicha mehnat staji mavjud bo‘lgan taqdirda bu haqda mehnat daftarchasiga yozuv kiritilgan bo‘lishi lozim);
e) 3 x 4 hajmdagi 2 dona fotosurat;
j) malaka sertifikatini olish uchun eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati nusxasi.
Talabgordan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
9. Mazkur Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar talabgor tomonidan Vazirlikka shaxsan, pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali ularni olinganligini tasdiqlovchi xabarnoma bilan birga topshiriladi.
10. Vazirlik ariza tushgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida talabgorning malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.
11. Vazirlik quyidagi asoslarga ko‘ra malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etadi:
a) talabgor mazkur Nizomning 4-bandi talablariga javob bermaganda;
b) mazkur Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni to‘liq bo‘lmagan holda taqdim etganda.
Talabgorni boshqa asoslarga ko‘ra malaka imtihonini topshirishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
12. Talabgorning malaka imtihonini topshirishi rad etilgan taqdirda Vazirlik tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi va talabgorga rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda, qabul qilingan qaror haqida uch ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
13. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilgan talabgor rad etishga sababchi bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etgandan keyingina qayta ariza berishi mumkin.
14. Talabgorning malaka imtihonini topshirishiga ruxsat berish yuzasidan qaror qabul qilinganida u malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi va ro‘yxat malaka imtihoni boshlanishidan oldin imtihon komissiyasiga topshiriladi. Bunda malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga qarab, lekin har chorakda kamida bir marotaba o‘tkaziladi.
15. Malaka imtihonini o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumot, uni o‘tkazish haqidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki kundan kechiktirmay Vazirlikning va auditorlar respublika jamoat birlashmasining veb-saytlarida joylashtiriladi.
16. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlar uni o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi haqida malaka imtihoni o‘tkaziladigan kundan kamida o‘n kun oldin pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi.
17. Malaka imtihoni komissiyasining soni va shaxsiy tarkibi, shuningdek ish reglamenti Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
18. Malaka imtihonini topshirishda talabgorlar pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat, ma’lumoti haqidagi hujjat va mehnat daftarchasining asl nusxalarini taqdim etadi, bundan mehnat stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan ko‘chirma taqdim etilgan hollar mustasno.
19. Talabgor pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni, ma’lumoti haqidagi hujjat, mehnat daftarchasi (bundan mehnat stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan ko‘chirma taqdim etilgan hollar mustasno) asl nusxalarini taqdim qilmagan yoxud malaka imtihoniga kechikkan taqdirda malaka imtihoniga qo‘yilmaydi va malaka imtihoniga kelmagan hisoblanadi.
Bunda talabgor navbatdagi malaka imtihonidan o‘tadigan talabgorlar ro‘yxatiga kiritiladi.
20. Agarda talabgor Vazirlikka hujjatlarni topshirgan vaqtdan boshlab ikki marotaba malaka imtihoniga kelmasa, taqdim etilgan hujjatlar unga qaytariladi. Bunda malaka sertifikatini olish uchun to‘langan yig‘im qaytarib berilmaydi.
21. Talabgor tomonidan hujjatlarni qayta topshirish mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
22. Malaka imtihoni test sinovi usulida kompyuter texnikasidan foydalangan holda o‘tkaziladi.
Malaka imtihonining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida malaka imtihonini o‘tkazish jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushiriladi.
23. Test savollari Vazirlik tomonidan auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan birgalikda ishlab chiqiladi.
Test savollariga kiritilgan fanlar bo‘yicha mavzular Vazirlikning veb-saytiga joylashtiriladi.
Test savollari normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda yangilab boriladi.
24. Test sinovi quyidagi bo‘limlar bo‘yicha 80 ta savoldan iborat bo‘ladi:
moliyaviy hisob ― 26 ta;
boshqaruv hisobi va moliyaviy tahlil ― 14 ta;
audit ― 26 ta;
soliq solish va tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish ― 14 ta.
Talabgorga malaka imtihonini topshirish uchun to‘rt soat vaqt taqdim etiladi.
Talabgorning to‘g‘ri javoblar bo‘yicha yakuniy natijasi 75 foiz va undan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan bo‘lsa, u malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi.
25. Malaka imtihonidan o‘ta olmagan talabgorga besh ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlari buyurtma xati orqali qaytarib yuboriladi.
26. Malaka imtihoni o‘tkazilayotgan paytda qonun hujjatlari, yo‘riqnoma materiallari, axborotnomalar va maxsus adabiyotlardan, uyali telefondan (shu jumladan kalkulyator sifatida) foydalanish, boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish taqiqlanadi.
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar auditoriyadan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan o‘tmagan deb hisoblanadi.
O‘zi bilan birga ichimlik suvi, dori va malaka imtihonini topshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa vositalar (ko‘zoynak, linzalar) bo‘lishiga ruxsat etiladi. Talabgorning barcha shaxsiy buyumlari, shu jumladan uyali telefon (o‘chirilgan holatda) maxsus ajratilgan joyda saqlanadi.
27. Begona shaxslarni test sinovlari o‘tkazilayotgan xonaga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
28. Malaka imtihonidan o‘ta olmagan talabgor, malaka imtihonini topshirgan sanadan kamida bir oy o‘tgandan so‘ng malaka imtihonini qayta topshirish uchun ariza taqdim qilishi mumkin.
Malaka imtihonini topshira olmagan talabgorlarga yig‘im qaytarilmaydi.
29. Malaka imtihoni natijalari malaka imtihoni o‘tkazilgan kuni malaka imtihoni komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
30. Malaka imtihon natijalari Vazirlikning rasmiy veb-saytida malaka imtihoni o‘tkazilganidan so‘ng ikki kundan kechikmay e’lon qilinadi.
31. Malaka imtihoni komissiyasining bayonnomalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Vazirlikda saqlanadi.
4-bob. Malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish
32. Malaka sertifikati mutaxassisning fotosurati yopishtirilgan maxsus blankda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik kuchga ega bo‘ladi.
33. Malaka sertifikatining blankalari Vazirlik buyurtmanomasiga ko‘ra “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida bosma usulda tayyorlanadi.
34. Malaka sertifikati Vazirlik tomonidan malaka imtihoni komissiyasi bayonnomalari olingandan keyin 10 kun muddatda rasmiylashtiriladi va auditorga yoki ishonchnoma asosida uning vakiliga auditorlar reyestriga imzo qo‘yilgach beriladi.
35. Agar talabgor malaka sertifikatini rasmiylashtirilgan kunidan boshlab uch oy davomida uni olishga kelmasa yoki uni olishdan yozma ravishda ixtiyoriy tartibda bosh tortsa Vazirlik malaka sertifikatining amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Bunda talabgor tomonidan to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
36. Malaka sertifikati dastlab besh yillik muddatga, talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganda, shuningdek xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlarga malaka imtihonini topshirmasdan beriladi.
Dastlabki besh yillik muddat tugagandan so‘ng uning amal qilish muddatini navbatdagi o‘n yilga uzaytirish, auditor malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirganda yoki auditor xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lganda malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshiriladi.
Malaka sertifikatini keyingi muddatsiz davrga uzaytirish auditor malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirganda amalga oshiriladi.
Malaka sertifikatini keyingi muddatsiz davrga uzaytirish, shuningdek auditor xalqaro buxgalter sertifikatiga yoki o‘n yildan kam bo‘lmagan uzluksiz auditor ish staji mavjud bo‘lganda malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshiriladi.
5-bob. Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish va dublikat berish tartibi
37. Auditor, malaka sertifikatining amal qilish muddati tugashidan 3 oy oldin, biroq malaka sertifikatining amal qilish muddati tugashidan 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda Vazirlikka malaka sertifikatining muddatini uzaytirish to‘g‘risida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq ariza bilan murojaat qiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
a) malaka sertifikatining asl nusxasi;
b) malaka oshirish kurslarini tamomlaganligi haqidagi guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoxud ushbu hujjatni bergan muassasa tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
v) malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun eng kam ish haqining 50 foizi miqdoridagi yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati nusxasi;
g) xalqaro buxgalter sertifikati mavjud bo‘lganda (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoxud ushbu hujjatni bergan muassasa tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
d) mehnat daftarchasining nusxasi (mehnat stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan ko‘chirma).
38. Malaka sertifikati muddatini uzaytirish mazkur Nizomning 36 va 37-bandlarida belgilangan talablarga rioya etilganda amalga oshiriladi.
Malaka sertifikatining amal qilish muddati malaka sertifikatining blankasida ko‘rsatilgan amal qilish muddati tugagan paytdan boshlab uzaytiriladi.
39. Auditor malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun malaka imtihonidan o‘ta olmagan taqdirda, malaka sertifikatini qaytadan berish mazkur Nizom asosida amalga oshiriladi.
40. Malaka sertifikatining amal qilish muddatining uzaytirilishi belgilangan tartibda mazkur malaka sertifikatining blankasida maxsus belgini (yozuv) qayd etish orqali amalga oshiriladi.
Malaka sertifikati blankasida uning muddatini uzaytirishga taalluqli to‘ldirilmagan qatorlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, auditorga avvalgi ro‘yxatga olish raqami qo‘yilgan yangi malaka sertifikati beriladi. Ilgari berilgan malaka sertifikati blankasi Vazirlik tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
41. Auditorning familiyasi, ismi, sharifi o‘zgargan taqdirda, u tegishli o‘zgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlar berilgan sanadan so‘ng bir oy ichida Vazirlikka mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi.
Bunda arizaga qayta rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan malaka sertifikatining asl nusxasi bilan birga ikkita fotosurat (3 x 4 hajmdagi) va tegishli o‘zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun auditordan eng kam ish haqining 25 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
42. Malaka sertifikatining qayta rasmiylashtirilishi auditor tomonidan ariza berilgan paytdan boshlab besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi, bunda avvalgi raqam va ilgari belgilangan amal qilish muddati ko‘rsatilgan malaka sertifikatining yangi blankasi beriladi, ilgari berilgan malaka sertifikat blankasi Vazirlik tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
43. Yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan malaka sertifikatining o‘rniga auditorning mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda malaka sertifikatini dublikatini berish haqidagi arizasiga ko‘ra malaka sertifikatining dublikati beriladi.
44. Malaka sertifikatining dublikatida uning avvalgi qayd etilgan raqami va ilgari belgilangan amal qilish muddati yoziladi, yangi blankaning yuqoridagi burchagida “Dublikat” yozuvi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Yaroqsiz holga kelgan malaka sertifikati Vazirlikka qaytarilishi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilinishi lozim.
45. Dublikat berishda auditordan eng kam ish haqining 25 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
6-bob. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi
46. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
auditorning arizasi;
auditorlik tekshiruvi davomida auditor olingan ma’lumotlarni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda qonun hujjatlari talablarini muntazam yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganlik;
auditorlik tekshiruvi o‘tkazishda aniqlangan, xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi yuritish, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish bo‘yicha belgilab qo‘yilgan talablarni buzish faktlarining auditor tomonidan yashirilganligi;
auditorlik faoliyatida uch yil davomida ishtirok etmaslik;
auditorning malaka sertifikati boshqa shaxsga topshirilgan bo‘lib, mazkur shaxs ushbu hujjatni auditorlik faoliyatida ishtirok etish uchun o‘z nomidan foydalanish maqsadida ishlatganlik faktining aniqlanganligi;
sudning muayyan lavozimlarni egallash yoki moliya-xo‘jalik munosabatlari sohasida muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmining qonuniy kuchga kirganligi;
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi sud qarori.
47. Auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda quyidagi holatlar qonun hujjatlari talablarini bir marta qo‘pol ravishda buzish deb topiladi:
qasddan soxta auditorlik xulosasini tuzish;
auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdagi maxfiy axborotni buyurtmachining ruxsatisiz oshkor qilish (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda aniqlangan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish bo‘yicha belgilangan talablarni buzish faktlarining auditor tomonidan yashirilishi;
malaka sertifikatini boshqa shaxsga uning ushbu hujjatdan o‘z nomidan auditorlik faoliyatida ishtirok etish uchun foydalanish maqsadida berish faktining aniqlanishi;
auditorning nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlarda auditorlik tashkiloti va ushbu organlar o‘rtasida shartnoma tuzmasdan mutaxassis sifatida ishtirok etishi;
auditorning bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq auditorlik tashkilotida auditorlik faoliyatini amalga oshirishi;
auditor bir vaqtning o‘zida bittadan ko‘p auditorlik tashkilotida muassis (ishtirokchi) bo‘lishi faktining aniqlanishi;
har yilgi malaka oshirishdan o‘tmaslik.
48. Malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab tugatiladi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holat bundan mustasno.
Auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini tugatishga sabab bo‘lgan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan auditorlik tashkiloti rahbarining, shuningdek auditorning malaka sertifikati amal qilishi litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
49. Malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Vazirlikning malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganda;
malaka sertifikati soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
50. Malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror malaka sertifikati berilgan sanadan boshlab amal qiladi.
51. Qonun hujjatlarini buzganlik uchun malaka sertifikati bekor qilingan yoki malaka sertifikatining amal qilishi tugatilgan auditorlar, malaka sertifikati bekor qilingan yoxud amal qilishi tugatilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida malaka sertifikatini takroran olish uchun murojaat qilish huquqiga ega emas.
52. Malaka sertifikatini bekor qilish yoki uning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
53. Malaka sertifikatini bekor qilish yoki uning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori besh kunlik muddatda auditorga va ushbu auditor xizmat ko‘rsatayotgan auditorlik tashkilotiga yuboriladi.
54. Auditor malaka sertifikatini bekor qilish yoki amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan boshlab 10 kun mobaynida o‘z malaka sertifikatini Vazirlikka belgilangan tartibda yo‘q qilish uchun qaytarishi shart.
55. Vazirlikning malaka sertifikatini amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
7-bob. Auditorlar reyestri
56. Vazirlik tomonidan auditorlar reyestri yuritiladi va unda quyidagi ma’lumotlar qayd etiladi:
malaka sertifikatini olish sanasi, olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR);
malaka sertifikatining raqami, berilgan sanasi;
har yili malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
xalqaro buxgalter sertifikatining nomi va berilgan sanasi;
malaka sertifikatining amal qilish muddati uzaytirilganligi, amal qilishi tugatilganligi, bekor qilinganligi, qayta rasmiylashtirilganligi hamda dublikat berilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar.
57. Vazirlikning veb-saytida auditorlar reyestr bilan tanishish uchun ochiq bo‘lgan ma’lumotlar joylashtiriladi va unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
auditorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
malaka sertifikatining raqami, berilgan sanasi;
malaka sertifikatining amal qilish muddati;
auditorlarning malaka oshirganligi to‘g‘risidagi ma’lumot (yil yakuni bo‘yicha);
malaka sertifikatining amal qilishini tugatish, bekor qilish va dublikatini berish to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
8-bob. Yakuniy qoidalar
58. Mazkur Nizomni bajarish jarayonida kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi
59. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
60. Mazkur Nizom O‘zbekiston buxgaltyerlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston auditorlar palatasi bilan kelishilgan.
O‘zbekiston buxgaltyerlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi M. TULAXODJAYEVA
2018-yil 13-noyabr,
O‘zbekiston auditorlar palatasi Kengashi raisi N. KARIMOV
2018-yil 13-noyabr,
Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA



































O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligiga


































__________________________________________________
(yashash manzili)


































______________________________da




































yashovchi _____________________________


































  1. ____________________________ dan

  2. (ariza beruvchi F.I.O)


































  1. __________________________________________________
    (aloqa telefoni)


































  1. __________________________________________________
    (elektron manzili)

























































































































  1. ARIZA

____Menga auditor malaka sertifikatini olish/amal qilish muddatini uzaytirish uchunmalaka imtihonini topshirishga, dublikat berish/qayta rasmiylashtirishgaruxsat berishingizni so‘rayman.
____Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:




1. _________________________________________________________
2. _________________________________________________________
3. _________________________________________________________
4. _________________________________________________________
5. _________________________________________________________

__20___ yil “____” __________

__Shaxsiy imzo __________________





























































Kerakli so‘zlarni tagiga chizing.
Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

N A M U N A





Download 324 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish