2-mavzu: aqsh 1945-2000 yillarda. Reja: aqsh ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda. G. Trumen ma'muriyatining faoliyati



Download 42,15 Kb.
bet5/5
Sana15.06.2022
Hajmi42,15 Kb.
#673597
1   2   3   4   5
Bog'liq
МАТН 2.

AQSH XX ASRNING 80-90-YILLARIDA.

  • 1980 yilgi prezident saylovlarida respublikachilar nomzodi Ronald Uilson Reygan g'alaba qozonib, AQSHning 40-prezidenti bo'ldi. U 1911 yilda tug'ilgan, 1932 yilda kollejni tugatib, iqtisodchi va sosiolog mutaxassisligiga ega bo'ldi. 1932-1937 yillarda Ayova shtatida En-Bi-Si radiosining sport sharhlovchisi bo'lib ishladi. 1937 yildan Gollivud kinostudiyasida aktyor sifatida ishlay boshladi. 1937-1964 yillar davomida 54 badiiy filmda rol o'ynadi. 1942-1945 yillarda AQSH harbiy-xavo kuchlariga chaqirilib, harbiy o'quvfilmlariga ovoz berdi. 1947-1952 va 1959-1960 yillarda kino aktyorlari gildiyasida (kasaba uyushmasida prezidentlik lavozimida ishladi. 1962 yilda R.Reygan demokratik partiyadan rasman respublikachilar partiyasiga o'tdi. u 1967 yildan 1975 yilgacha Kaliforniya shtatining gubernatori bo'ldi. 1968 va 1976 yillarda prezidentlik lavozimiga o'z nomzodini qo'ydi, lekin g'alaba qozona olmadi. 1980 yilda demokratlar vakili J.Karter ustidan g'alaba qozonib, AQSHning 40-prezidenti bo'ldi.

  • R.Reygan ma'muriyatining iqtisodiy siyosati ”reyganomika” deb ataldi. U yirik korporasiyalardan olinadigan soliqlarni kamaytirish va ularga imtiyozlar berishni, ijtimoiy ehtiyojlarga ketadigan byudjet xarajatlarini qisqartirilishini, inflyasiyani bartaraf etish uchun kredit-pul siyosatini amalga oshirilishini ko'zda tutardi. Harbiy ehtiyojlarga xarajatlarning ko'paytirishga qaratilgan yo'l ”reyganomika” ning markaziy bo'g'ini hisoblanardi. AQSHning harbiy xarajatlari 1980 yildagi 134 mlrd. dollardan 1987 yilda 282 mlrd. dollarga yetdi. Reygan ma'muriyati bo'lg'usi urushlarda harbiy harakatlarni kosmik fazoga va Oyga ko'chirishni ko'zda tutuvchi “samoviy urush” dasturini amalga oshirishga kirishganini e'lon qildi. Amalda jamoatchilik fikrini chalg'itishdan iborat bo'lgan bu xayoliy loyiha harbiy xarajatlarning juda ko'payib ketishiga va byudjet kamomadining kuchayishiga olib keldi. Byudjet kamomadi 1979 yilda 40,2 mlrd. dollarga, 1983 yilda 207 mlrd. dollarga, 1986 yilda 221 mlrd. dollarga yetdi.

  • Reygan ma'muriyatining iqtisodiy siyosati mamlakatning sanoat jihatdan rivojlanishida o'zgarishlarni amalga oshishiga, sanoatning muhim tarmoqlarini ilmiy-texnikaviy jihatdan qayta jihozlanishiga yordam berdi. Inson ishtirokisiz ishlab chiqarish amalga oshadigan elektron avtomatlashtirilgan butun-butun fabrikalar qurila boshlandi. 80-yillarda Amerika sanoatining asosini mashinasozlik kompleksi tashkil etdi (metall ishlash, Umumiy mashinasozlik, transport mashinasozligi, priborsozlik).

  • 80-yillar oxiriga kelib kapitalistik dunyodagi jami mashinasozlik ishlab chiqarishining 34 % i AQSH hissasiga to'g'ri kelardi, 2-o'rinni egallagan YAponiyaning hissasi 17 % ga teng edi. Avtomobilsozlik sanoati ham tubdan qayta qurildi, robototexnikakeng joriy qilindi. 1984 yilga kelib AQSH yengil avtomobillar ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda yana 1-o'ringa chiqib oldi va yiliga 7 mln.dan ortiq avtomobil ishlab chiqarardi.

  • Reygan ma'muriyati ichki siyosat sohasida qattiqqo'llik bilan ish ko'rib, bu yo'l “reyganomika” atamasi bilan tarixga kirdi. Reygan ijtimoiy-iqtisodiy strategiyasining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat edi:

  • taklif konsepsiyasi (unga ko'ra xususiy yoki davlat chiqimlariga emas, balki tejalgan mablag'larga asosiy e'tibor beriladi) va korporasiyalar hamda xususiy daromadlardan olinadigan foyda solig'ini kamaytirish.

  • Davlat xarajatlarini kamaytirish va muvozanatlashgan byudjetga tayanish.

    [В ответ на УрДУ Атаева Дилфуза УрДУ]
    - Davlat tomonidan tartibga solib turiladigan sohalarni kamaytirish (narxlar ustidan nazorat qilishdan voz kechildi, tadbirkorlik faoliyatiga, atrof-muhitni muhofaza etish haqidagi qonunlarga binoan belgilangan chnklovlar olib tashlandi).
    - Kasaba uyushmalariga qarshi qattiq siyosat yuritildi.
    Reygan ma'muriyatining yangi konservatizm yo'liga o'tishi va ayniqsa “reyganomika” Amerika iqtisodiyotiga navbatdagi tanglikdan chiqish imkoniyatini berdi.
    Amerika industriyasi shu davrdan boshlab yangi texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni keng joriy etish yo'lidan borib, jadal rivojlandi. 10 mln. ishsizdan 7 mln. kishi ish bilan ta'sinlandi. Reygan 8 yillik prezidentlik davrida bir necha ijtimoiy loyihalarni taqiqlab, yuzdan ortiq loyihaga imzo chekdi, bular bir xilda tuzilgan bo'lib, ular ijrosi asosan shtatlar zimmasiga yuklatilgan edi. Ijtimoiy siyosatni ta'minlash endi qisqartiriladi, deb kutilgan edi, lekin buning aksi bo'ldi, avvalgidek 34 mln.dan ortiq amerikalik davlatdan yordam olishda davom etdi, bu mablag' AQSH federal byudjetining taxminan 60 foizini, 850 mlrd. dollardan ortiq mablag'ni tashkil etardi.
    Qurollanish poygasining avj olishi natijasida 80-yillar o'rtalariga borib AQSHning harbiy xarajatlari 300 mlrd. dollarga yetdi, bu esa federal byudjet kamomadining o'sishiga olib keldi va 1986 yilda 221 mlrd. dollarga yetdi. AQSHning davlat qarzi ham ko'paydi.
    R.Reygan ma'muriyatining tashqi siyosatida prezidentlik vakolatining birinchi (1981-1984 yy.) va ikkinchi (1985-1989 yy.) muddatlari bilan bog'liq 2 bosqich ko'zga aniq tashlanadi. Reygan 80-yillarning birinchi yarmida Amerikaning dunyodagi harbiy ustunligini va harbiy-sanoat majmuasi kuch-qudratini qayta tiklash dasturini amalga oshirdi. Bu davrdagi AQSH tashqi siyosatida xalqaro muammolarni hal etishda kuchni pesh qilish usuli ustunlikga erishdi. Bunday yondashuv 1979-yilda Sovet qo'shinlari Afg'onistonga bostirib kirganidan, 1981 yilda Polshada harbiy holat e'lon qilinganidan hamda SHarqiy Yevropada SS-20 rusumli sovet raketalari joylashtirilganidan keyin ayniqsa yaqqol namoyon bo'ldi. Grenada, Livan va Liviyaga qarshi qurolli harakatlar mazkur tashqi siyosiy yo'lning asosiy ko'rinishlari edi. R.Reygan 1983-yilda kongressda nutq so'zlab, SSSRni “yovuzlik saltanati” deb oshkora aytdi va unga qarshi ”salib yurishi” e'lon qildi. Respublikachilar ma'muriyatining tashabbusi bilan G'arbiy Yevropada qanotli raketalar va o'rtacha masofaga uchadigan raketalar joylashtirila boshlandi. “Strategik mudofaa tashabbusi” (SOI) dasturiga binoan laboratoriya-tadqiqot ishlari boshlab yuborildi, bu esa harbiy qarama-qarshilikni kosmosga ko'chirish xavfini tug'dirar edi. Ayni shu davrda AQSH tashqi siyosatini Reyganning “neoglobalizm doktrinasi” belgilardi, uning mohiyati AQSH harbiy mashinasini sovetlarning dunyodagi ta'siriga qarshi ishlatishdin, jahon miqyosida SSSRga qarshi turishdan, o'ng avtoritar tuzumlarga umid bog'lashdan iborat edi. AQSH bilan SSSRjahon miqyosida o'zaro kurashi tobora o'tkir tus oldi va qurollanish poygasining kuchayishiga sabab bo'ldi. Amerika-Sovet munosabatlarida o'zaro ishonchsizlik va dushmanlik avj oldi. Faqat 80-yillar o'rtalariga kelib, M.S.Gorbachev SSSR rahbari bo'lganidan keyin oliy darajadagi muzokaralar o'tkazish yo'li bilan boshi berk ko'chadan chiqish yo'llari izlana boshlandi.
    Sovet-Amerika o'zaro munosabatlaridagi amaliy tamoyillar 1985 yildayoq ko'zga tashlana boshladi. M.S.Gorbachev bilan R.Reyganning Jeneva uchrashuvida tinch-totuv yashash yo'lidan boshqa yo'l yo'q ekanligi tasdiqlandi. 1986, 1987, 1988-yillardagi oliy darajadagi uchrashuvlar ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarning normallashuviga va xalqaro vaziyatning yaxshilanishiga yordam berdi. 1987-yil dekabrda o'rtacha va yaqin masofoga uchadigan raketalarni yo'qotish to'g'risida shartnoma imzolandi. 1988-yildan har ikki tomon oddiy qurollarni qisqartirishyuzasidan muzokaraga kirishdi. Natijada 1990 yil noyabrida keng ko'lamdagi hujjat imzolandi. Unda Yevropada harbiy qarama-qarshilik darajasini keskin kamaytirish ko'zda tutildi.
    1988 yildagi prezident saylovlarida yana respublikachilar g'alaba qozondi. Reygan ma'muriyatida vise-prezident lavozimini egallagan Jorj Gerbert Uoker Bush AQSH tarixidagi 41-prezident bo'ldi. Uning prezidentlik davri AQSH hukmron sinflarining siyosiy yo'liga juda katta ta'sir ko'rsatgan xalqaro vaziyatdagi katta o'zgarishlar yuz bergan davrga to'g'ri keldi. Bu yerda gap eag avvalo SSSR va sosialistik hamjamiyatning parchalanishi, “sovuq urush”ning tugashi va [В ответ на УрДУ Атаева Дилфуза УрДУ]
    bular natijasida hozirgi zamon dunyosi siyosiy xaritasida yuz bergan geosiyosiy o'zgarishlar haqida boradi.
    J.Bush xalqaro keskinlikni yanada yumshatish va ”sovuq urush” asoratlarini tugatish yo'lidan bordi. SSSR davlati rahbariyati keyinchalik esa uning vorisi bo'lgan Rossiya davlati rahbariyati bilan bo'lgan bir qator uchrashuvlarda bu ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarga sovuqlik solib turgan bir qator muammolar hal qilindi (1989, 1990, 1991 yy.).bu esa AQSH hukumatiga G'arb mamlakatlarining Quvaytga hujum qilgan Iroqqa qarshi koalisiyasini tuzishga va Iroq ustidan g'alaba qozonishiga olib keldi.
    J.Bush ichki siyosatda R.Reygan ishini davom ettirdi.
    1992 yildagi prezident saylovlarida J.Bush ikkinchi marta o'z nomzodini qo'ygan edi. Leekin saylovlarda uchinchi nomzod sifatida ishtirok etgan texaslik milliarder Ross Pero ham respublikachilar dasturiga o'xshash dastur bilan chiqdi. Natijada demokratlar partiyasining nomzodi, Arkanzas shtatining gubernatori Uilyam (Bill) Jefferson Klinton 43 % ovoz to'plab, g'alaba qozondi, J.Bush 38, R.Pero 19 % ovoz to'pladi.
    B.Klinton prezidentligining dastlabki davrida AQSHni iqtisodiy jihatdan qayta tiklash rejasiga hamda Amerika fuqarolari turmush darajasini yaxshilashga e'tibor berdi.
    Mazkur reja 3 tarkibiy qismdan iborat edi:
    1. Iqtisodiyotni rag'batlantirish dasturlari.
    Bunda yangidan 500ming ish o'rnini yaratish, shu maqsadda yangi yo'llar qurish, kommunal obodonchilik, atrof-muhitni himoya qilish, energiya tejash, yoshlar, faxriylar, ayollarni qo'llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza eti shva boshqa sohalar bo'yicha loyihalarni amalga oshirish uchun 30 mlrd. dollarlik investisiya ajratish ko'zda tutildi.
    2. Uzoq muddatli kapital mablag' solish dasturlari.
    Bunda 4 yil mobaynida yordamchi tarmoqlarni rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza etish, uy-joy qurish, texnoligiya bazasini takomillashtirish uchun (48 mlrd. dollar); ta'lim va malaka tizimini rivojlantirish uchun (37,8 mlrd. dollar); ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish uchun (25 mlrd. dollar); sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish uchun (26 mlrd. dollar); xususiy tarmoqni taraqqiy ettirish uchun (24 mlrd. dollar) investiya ajratish mo'ljallandi.
    3. Byudjet kamomadlarini qisqartirish dasturlari.
    Bunda mazkur kamomadni 1997 yilgacha 104 mlrd. dollarga (4 yil ichida jami 493 mlrd. dollarga ) kamaytirish rejalashtirildi. Mudofaa, samarasiz dasturlar uchun sarflanadigan davlat xarajatlarini qisqartirish, federal xizmatchilarni qiqartirish va ayni paytda hukumat daromadlarini 246 mlrd. dollar ko'paytirish belgilandi.
    Klinton ma'muriyati bu rejalarning ko'pchiligini amalga oshira oldi, shuning uchun ham 1996 yilda B.Klinton ikkinchi muddatga prezidentlikga saylandi.
    B.Klinton hokimyat tepasiga kelgan davrda AQSH ”sovuq urush”da g'alaba qozonib, jahondagi yagona yetakchi davlatga aylanib, jahon siyosatiga uning ta'siri juda kuchli edi. Klinton davrida AQSHning tashqi siyosatining eng muhim yo'nalishlari quyidagilardan iborat bo'ldi:
    - sobiq sovet respublikalari bilan amaliy munosabatlarni qo'llab-quvvatlash;
    - dunyodagi yirik davlatlar bilan aloqalarni kengaytirish;
    - Yevropada xavfsizlik institutlarini mustahkamlash va NATOni sharqqa tomon kengaytirish;
    - Amerika qit'asidagi integrasiya jarayonlarida ishtirok etish;
    - jahon savdo sohasini erkinlishtirishga ko'maklashish;
    - jahon miqyosida tinchlik o'rnatishga doir vazifalarni bajarishga intilish (YUgoslaviya, Somali, Kamboja, YAkin SHarq va dunyoning boshqa mintaqalari);
    - xalqaro terrorchilikga qarshi kurash va boshqalar.
    Klinton ma'muriyatining tashki siyosatda dunyoda yakka xokimlikka intilish kuchli edi. U BMT bilan bosh xalqaro tashkilot sifatida hisoblashmay qo'ydi. 1999 yilda YUgaslaviyaning bombordimon qilinishi buning yaqqol isbotidir. 2000 yil prezidentlik saylovlarida respublikachi Kichik Jorj Bush g'alaba qozondi. Mamlakat ichki va tashqi siyosati o'zgarmadi.


    AQSH DAVLATI HAQIDA MA'LUMOT.
    Rasmiy nomi – Amerika Qo'shma SHtatlari
    Poytaxti – Vashington
    Hududi - 9 363 200 kvadrat km.
    Aholisi – 284 500 000 (2001 y)
    Davlat tili – ingliz
    Dini – protestantlar (53 %), katoliklar (26 %), yahudiylar (2 %) va b.
    Pul birligi – AQSH dollari
    Davlat tuzilishi va boshqaruv shakli – respublika
    Download 42,15 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish