Animatsiya turlari.
Animatsiya turlari. Turistik animatsiyaga tizimli (sistemali) yondoshuv nuqati nazaridan – bu muloqot, harakat, madaniyat, ijod, ko‘ngil ochish, vaqtni xushchaqchaq o‘tkazishda o‘ziga xos turistik ehtiyojlarni qondirishdir. Bu ehtiyojlarning qamrovi juda keng bo‘lib, bu to‘g‘rida mutloqo har xil fikr bildirishadi. Xususan: birov uchun dam olish – bu sayohatdir, boshqa uchun esa – kitob o‘qishdir, uchinchi kishi uchun esa bu – o‘rmonda sayr qilishdir, to‘rtinchi odamga – baliq ovlash va h.k. Ushbu talablarga muvofiq turistik xizmat ko‘rsatish amaliyotida turistlar (dam oluvchilar)ni turli ehtiyojlarini qondiruvchi animatsiyaning quyidagi turlari farqlanadi:
Harakatda animatsiya – zamonaviy kishining harakatda ehtiyojini qondiradi, ko‘ngilli kechinmalar qoniqish bilan qo‘shilib ketadi.
Kechinmalar orqali animatsiya – yangi, noma’lum hisda, kutilmagan qiyinchilikni yengib o‘tishda kashfiyotlarda, muloqotda ehtiyojni qondiradi.
Muloqot orqali animatsiya – yangi va qiziqarli kishilar bilan muloqotda, odamlar ichki olamini ochish va muloqot orqali o‘zligini anglash bilan ehtiyojini qondiradi.
Tinchlashtirish orqali animatsiya – odamlarning kundalik ruhiy zo‘riqishi, charchoqdan tinchlantirish ehtiyojini, hamdardlik bildirish, tabiat bilan aloqada bo‘lish orqali qondiradi.
Madaniy animatsiya – shaxsning ma’naviy rivojlangan odamlar ehtiyojini yodgorliklar va mamlakatlar, mintaqalar, xalqlar, millatlar madaniyati zamonaviy namunalariga hamnafas bo‘lishi orqali qondiradi.
Ijodiy animatsiya - insonning ehtiyojini ijodda, o‘z ijodiy yaratuvchanlik qobiliyatini namoyish qilishda qalban yaqin odamlar bilan aloqa o‘rnatish, birgalikda ijod qilish, yaratish orqali qondiradi.
Dam olish dasturi tarkibida o‘yin va bayramlar.
Xalqalarni diniy bayramlar birlashtira boshladi. Qadimgi Gretsiya, Rim, Hindistonda teatr, dramaturgiya, miflar paydo bo’la boshladi. O’rta asrlarda falsafiy mushohada ilm-fan, san’at rivojlandi. Xristianlar yakshanba kunini dam olish kuni deb e’lon qilishdi. XX asrda hordiq chiqarishda audio, video vositalarining rivojlanishini ko’rishimiz mumkin. Aynan shu asrda hordiq chiqarish sanoatiga asos solindi. 1960-1970 yillarda rivojlangan mamlakatlarda sanoatlashgan jamiyatning yangi ko’rinishi yuzaga keldi. Bunda ular yangi axborot texnologiyalarini joriy etishdi. Amerikalik iqtisodchi D.J.Rifkin “Konets Truda” kitobida XX asr o’rtalarida sohada xizmat ko’rsatish uchun ishchi kuchining 5% yetarli bo’ladi deb aytgan.
Ommaviy bayramlar tarixi zarvaraqlariga qisqacha nazar solsak, o‘zining g‘oyaviy jihatdan kompozitsion butun bo’lgan qadimgi Yunoniston va Rim davridagi bayramlardan boshlasak bo‘ladi. Albatta, qadimgi Yunoniston va Rim bayramlarigacha ham insoniyat paydo bo’lganidan keyingi davrda bayramlar vujudga kelib, shakllangan. Lekin bu bayramlar o‘zining ma’naviy, intellektual darajasi, ifodaviy shakllari jihatidan primitiv xususiyatga ega bo‘lib, kompozitsion yaxlitlikka ega bo‘lmagan.
Qadimgi Yunoniston va Rim davrida tashkil qilinib, o‘tkazilgan xalq bayramlarida ommaviy bayramlar dramaturgiyasi va rejissurasining elementlari vujudga kelgan.
Qadimgi yunonlarda bayram o‘ziga xos mustaqil bo‘sh vaqt va dam olishning bir shakli bo‘lib, hatto doimiy jihatdan ham uzviy, faol mashg‘ulot turiga aylangan. Bizga ma’lumki, Delfe, Pifiy, Nemeysk va Panfin o‘yinlari juda ham ommabop bo‘lgan. Lekin bu o‘yinlaming ichida eng mashhuri Olimp o'yinlari bo'lgan. Olimp o‘yinlari maxsus qurilgan Olimpshahrida 4 yilda bir marotaba o‘tkazilgan. Lekin turli urushlar oqibatida bu o‘yinlar yo‘q bo'lib ketdi.
XV-XVI asrlarda badiiy qadriyati yuksak yodgorliklar yaratildi: al-Hamrodagi saroy, Qurdoba, Jazoir, Sammadra, Dehlidagi masjidlar, Reyms, Parijdagi gotik uslubidagi soborlar, Istambuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi; ajoyib ikona va haykaltaroshlik asarlari, kalligrafiya va kitob miniaturasi, ayniqsa, Sharqda she’riyat yuksak darajada taraqqiy etadi.
Bu davrning muhim badiiy yutuqlari qatoriga aholining barcha qatlamlari e’tirof etgan madaniyat qadriyatlarini qo‘yish mumkin. Xristian va islom dinlari boy va kambag‘alni, kuchli va ojizni turli irqdagilarni va turli ijtimoiy guruhlarni bir-biridan ajratmaydi. Barcha e’tiqod qiluvchilar uchun umumiy axloq mezonlari: mo‘minlik, tavba, yaxshi va rahm -shafqatli bo‘lish, gunoh qilmaslik kabilar mavjud. O‘rta asrlarda umum e’tirof etgan axloqiy me’yorlarning mustahkamlanishi umuminsoniy xulq-atvor va axloq mezonlarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘rta asrlar madaniyatining ko‘p qirrali ekanligi yuqorida ta’kidlangan edi. Bu davr madaniyati ijodkorligi jarayonida ilk marta aholining barcha tabaqalari ishtirok etib, har bir qatlam o‘zining madaniyatini yaratadi va o‘z navbatida, an’anaviy madaniyat sifatida jamiyatning ma’lumotli, yuqori qatlamining madaniyatigina namoyon bo‘ladi. Ruhoniylar inson ruhiyati, ritsarlar davlat ishlari bilan mashg‘ul bo‘ldilar.
O‘rta asr Sharqi madaniyatida tabaqaviy submadaniyatlar emas, ikki yirik madaniyat - shahar va ko‘chmanchilar madaniyati ajralib turadi. Shahar sharoitida «Yusuf va Zulayho», «Layli va Majnun», «Lubna va Qays» singari dostonlar turli poetik shakl va janrdagi (qasida, masnaviy, g‘azal, madhiya, ruboiy) adabiy asarlar, hikoya va ertaklar to‘plamlari, («1001 kecha ertaklari», «Kalila va Dimna») latifa va rivoyatlar yaratildi. Miniatura bezagiga boy kitoblar, musiqa san’ati va raqsning xilma-xil janrlari xalq orasida keng tarqaldi.
Ko‘chmanchilar orasida turli musiqa asboblarida kuyga solib aytiladigan (baxshi va oqinlar tomonidan) xalq og‘zaki ijodining yirik badiiy shakllari - epos, dostonlar yaratish ustuvorlik qildi. Shahar, ritsarlik, dunyoviy, monaxlik va so‘fiylik kabi submadaniyatlarning paydo bo‘lishi madaniyatni sezilarli boyitdi, yanada rivojlanishida ko‘plab yo‘nalishlar yaratdi hamda Renessans (Uyg‘onish) deb atalgan yuksak taraqqiyotga zamin tug‘dirdi.
O‘zbek xalqi bayramlarini davrlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Masalan:
a) ibtidoiy davrda vujudga kelgan bayram shakllari (bunga ovchilik o‘yinlari, zoofagik (ya’ni totem hisoblangan ayiq, yovvoyi echki, sigir, bu esa ot kabilarga sig‘inish) bayramlar, mehnat o'yinlari, orgaist bayramlari va boshqa bayramlarni kiritish mumkin);
b) O‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy (istilogacha bo‘lgan) bayramlar;
d) o’rta asrlardan inqilobgacha bo‘lgan davrdagi o‘zbek bayramlari.
Jumladan, o’zbekistonda tabiat bayramlaridan keng nishonlanganlaridan biri bu — «Navro‘z» bayramidir. Bu bayramlar haqida X-XI asrlarda yashagan buyuk qomisiy olim Abu Rayhon Beruniy o'zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida batafsil to'xtalib, uning mohiyatini ochib, «Navro’zning kelib chiqishi haqida turli afsonalar mavjud, lekin bu masalaga ilmiy yondashilsa, «Navro‘z»ning paydo bo‘lishi har to’lonlama ilmiy asoslangan koinot va tabiat qonuniyatlari, kecha va kunduzning vaqt jihatidan barobar bo'lishi, kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda jonlanishning boshlanishi, bahorning kelishi sabab bo’lgan.
«Navro‘z»ning chuqur ildiziga murojaat qilsak, u eng qadimiy davrlarda ibtidoiy odamlarning dehqonchilikka o‘tganidan so‘ng dalalarda yangi ish mavsumi boshlanishidan oldin o‘tkaziladigan bahor bayramlariga borib taqaladi».
Vaqtlar o'tib bu bayram rivojlanib, unga mos kun aniqlanib «yil boshi» vazifasini o‘tay boshlagan. «Navro‘z» bayramini nishonlash bir oyga cho‘zilgan. Bu haqida Beruniy quyidagicha yozadi: «Keyingi podshohlar bu oy, ya’ni farvardin mohning barchasi (kunlarini)ni hayitga aylantirib, ulami oltiga taqsim etadilar. Birinchi besh kun podshohlar uchun, ikkinchisi ulug‘ kishilar uchun, uchinchisi podshohlarning g‘ulomlari uchun, to‘rtinchisi xizmatkorlar uchun, beshinchisi xalq ommasi uchun, oltinchisi cho‘ponlar uchun»
Istilogacha bo‘lgan «Navro‘z»dagi oddiy xalqqa tegishli bo’lgan odatlar ham diqqatga sazovordir. Bayram kuni odamlarning bir-biriga shakar va shirinliklar hadya etishi (hayotingiz shirin bo‘lsin degan ma’noda), gullar taqdim etishi (go‘zal bo‘ling ma'nosida), bir-birlariga suv sepishlari (bu yil suv ko‘p bo‘lsin, mo‘l hosil bo'lsin ma’nosida) kabi boshqa bir qator odatlar shakllangan.
«Navro‘z»ga tayyorgarlik ko‘rish odatlari orasida bug‘doy yoki arpa donini yog‘och idishda o'stirib, bahor darakchisi sifatida dasturxonning markaziga qo‘yishgan.
«Navro‘z» asrlar davo’lida yanada rivojlanib, ommaviy tus olib, bizning davrimizgacha o‘zining yana yaxshi urf-odatiari bilan yetib keldi. «Navro‘z»da tabiat jonlanibgina qolmay, inson tabiati ham uyg‘onar edi»,- deydi Sadriddin Ayniy. Ayniqsa, «Sumalak sayli» «Navro‘z» bayramining eng asosiy an’anasi hisoblanadi.
«Sumalak sayli» asosan ikki qismdan: Sumalak tayyorlash va sumalakxo‘rlikdan iborat bo’lgan. Sumalakni asosan ayollar tayyorlab, tayyorlash jarayonida o‘yin-kulgi. xursandchilik qilingan.
Sumalak sayli qadimdan insonlarda birdamlik, ahillik hissini tarbiyalab kelgan.
Tabiat bayramlaridan yana bin «Mehrjon» — kuz mavsumida nishonlanadigan bayramdir. «Mehrjon» so‘zining ma’nosi, birinchisi - «jon sevgisi», ikkinchisi «quyosh» demakdir». «Navro‘z» bahorda kun bilan tunning baravar kelishida nishonlansa, «Mehrjon»—kuzdagi bu holatni nishonlaydigan bayramdir. «Mehrjon» kuni o‘suvchi narsalarning (yetilishi) chegarasiga yetib, o‘sish moddalarining undan uzilishi va hayvonlaming nasllanishdan to‘xtalishi sodir bo‘lgan».
Beruniy bergan ma’lumotga qaraganda, «sug‘diylarning Ashixida oyining 18-kuni «Boboxvara» («Bo’lixvora») nomli hayiti bo‘lib, uning ma’nosi uzumdan siqib olingan xolis shirani ichishdir»
Shu oyning 26-kuni «Garm-Xvara — uzum yeyish hayiti bo'lgan. Yettinchi oyning 15-kuni yana uzumga bag‘ishlangan ko‘p kunli bayram boshlanib, u navbatdagi oyning 9-kuni yakunlangan. Bundan ko‘rinib turibdiki, bog'dorchilik keng tarqalgan sug‘diylarda uzumga va uzum sharbatidan tayyorlangan musallasga bag‘ishlangan butun bir sistemali hayitlar bo’lgan.
Bundan tashqari, O’zbekistonda—«Qurbon hayit», «Ramazon hayit», «Suv sayli», «Gul sayli», «Qovun sayli», «Xirmon to'yi» kabi bayramlar juda ham ommabop bolgan.
Darhaqiqat, bayram inson hayotidagi shunday ruhiy-emotsional kayfiyatini vujudga keltiradiki, bu kun barcha hamma tashvishlarni unutib, shod, xursand, baxtiyor boladi.
«Bayram—deb yozadi A.L. Mazayev, —bu ma’lum vaqtdagi ideal hayotdir» Bayramlarning inson hayotida tutgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-pedagogik va ijtimoiy-psixologik o‘rni juda ham katta. Bayram hamma uchun, bu kuni hamma dam oladi, xursandchilik qiladi.
Qadimdan, insoniyat paydo bo'lgan zamondan boshlab, bayramlar shaxsning hayotdagi muvaffaqiyatlari, orzu-umidi, voqea, hodisalar, mehnatdagi va boshqa sohalardagi yutuqlari, bosib o‘tgan yollarini chuqur anglash, g‘alabalardan faxrlanish, ertangi kunga umid bilan yashash, bayram arafasida bir-birini qutlash, kelajak hayot uchun yaxshi istaklar bildirish, ishlariga omad, baxt tilash, o‘zligini, millatini anglash, milliy mafkurasiga ega bo’lishdek g'oyalami ilgari surgan. Bayramlar vaqt qadriga yetish, uni e’zozlash uchun sharoit yaratadi. Bayramlar hayotning eng yaxshi to’lonlarini aks ettiradigan «ko‘zgu»dir. Bayram insonlaming estetik kechinmalariga ta’sir qilib, shaxsning ma’naviy dunyosini boyitadigan vositadir. Bayram va tomoshalarning asosini milliy qadriyatlarga bo’lgan hurmat, ehtirom egallab, insonlarga badiiylik, san’at orqali estetik zavq bag‘ishlashdek vazifalar ustuvor turadi. Bayram tashkilotchilari, ayniqsa, ssenariychi, rejissyor ishlatilayotgan materiallarning dolzarbligi, hujjatlar, faktlarning aniqligi va ularning badiiy uslublari yordamida sintezlash kabi vazifalar ulardan juda ham katta javobgarlikni talab qiladi. Bunday tadbirlar insonlaming ijtimoiy-psixologik talablariga javob berib, mayda guruhlardan ommaviylikka otib, shaxslarning ommaviy harakatidagi faolliklarini oshirib, bayramona dam olishdek sharoitni yaratishga turtki bo’ladi.
Stadionlarda, maydonlarda, bog‘larda, ko‘chalarda o‘tkazilayotgan ommaviy tadbirlar nafaqat ommaviy xatti-harakatni yuzaga keltiradi, balki karnavallar, sayillar, festivallarda estetik zavq bag‘ishlab, tomoshalarning tomoshaviyligini oshirib. bayramona kayfiyatni vujudga keltiradi.
Chunonchi, bayramlarda insonlar yangi, go‘zal kiyimlar kiyishadi, lazzatli taomlar tayyorlashadi, hamma ko‘tarinki kayfiyatda bo‘ladi. Bayram kuni yomonlar-yaxshi, xasislar-saxiy, xunuklar-go'zal bo’ladi. Bayramlarning afzalliklari haqida qancha gapirsak oz, u keng xalq ommasini o‘ziga jalb qilib, madaniy. ma’naviy ozuqa berib, hayotimizning barcha jabhalarini keng namoyish qiladi.
Chuqur tarixiy ildizlarga ega bo'lgan ijtimoiy hodisa sifatida dam olish faoliyati
Do'stlaringiz bilan baham: |