2-Mavzu: Animatsion o‘yin dasturlarining xususiyatlari. Dam olish dasturi tarkibida o‘yin va bayramlar. Badiiy va rejissyorlik ssenariylari xususiyatlari Reja



Download 39,71 Kb.
bet1/3
Sana19.05.2022
Hajmi39,71 Kb.
#605103
  1   2   3
Bog'liq
2-МАВЗУ (2)


2-Mavzu: Animatsion o‘yin dasturlarining xususiyatlari. Dam olish dasturi tarkibida o‘yin va bayramlar. Badiiy va rejissyorlik ssenariylari xususiyatlari
Reja:

1. Madaniy dam olish faoliyatining tarixiy jihatlari.


2. Animatsiya turlari.
3. Dam olish dasturi tarkibida o‘yin va bayramlar.
4. Senariy mazmuni va uning tarkibiy qismlari.


Tayanch iboralar: Animatsion o‘yinlar turlari va vazifalari. Animatsion o‘yinlarning ta’lim, tanishtiruv, fiziologik, pedagogik vazifalari. Bayram tushunchasi, uning turlari. Ssenariy, unga qo‘yilgan talablar. Ssenariy turlari.

  1. Madaniy dam olish faoliyatining tarixiy jihatlari

Animatsiyaning qadimgi manbalari sifatida urf-odatlar, an’analar, marosimlarni aytib o’tishimiz mumkin. Qadimgi davrda eramizdan avvalgi 3-4 ming yilliklarda insonlar hayoti va dam olishda o’zgarishlar kuzatila boshlandi. Doimiy turar joylar va davlatlar shakllana boshlandi. Natijada yangi kasblar yuzaga keldi (artist, rassom, musiqachi va boshqalar). Vaqt o’tishi bilan insonlar bo’sh vaqtlarini stol ustidagi o’yinlarni o’ynash bilan o’tkaza boshlashdi. Misol uchun qadimgi Hindistonda loto o’yini va keyinchalik shaxmat. Qadimgi hind adabiyotlarida musiqachilar, akrobatlar, janglyorlar, sehrgarllar, ilonbozlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Qadimgi o’yin vositalaridan biri suyaklar bo’lgan. Ularning namunalari Misr, Gretsiya, Rimda topilgan. Rim yaqinidan topilgan 3 ming yil tarixga ega etrusk suyaklarini aytishimiz mumkin. Misr fir’avni Ramzes III Metinet Xabu ehromi devorlariga shuni chizib qo’yishni buyurgan. Suyaklarni shamanlar hayotga olib kirishgan.


Bu bilan ular kelajakni bashorat qilishgan yoki fol ochishgan. Shu bilan birga qadimda ochiq joylarda guruhli (Navruz, Boysun bahori) chiqishlar boshlandi.
Qadimgi Sharq hududida miloddan avvalgi XI-VII ming yillikda insoniyat sivilizatsiyasi va madaniyati rivojlanishining ibtidosi bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim jarayonlar ro‘y beradi. Bu davrda Sharqda madaniy faoliyatning turli shakllari va sohalari vujudga keladi. Yozuv, adabiyot, san’at, fan, birinchi jahon dini buddizm paydo bo‘ladi. Bu boshlang‘ich jarayonsiz insoniyat madaniyatining keyingi barcha taraqqiyotini tasavvur qilish qiyin.
Sharqning qadimgi sivilizatsiyasi moddiy va ma’naviy sohalardagi ko‘plab o‘ta muhim yangiliklarni vujudga keltirdi. Xususan, mil. avv. I ming yillik ma’naviy g‘alayonlar jarayoni bilan ajralib turadi. Bu davrda dastlab ikki tamoyil vujudga keldi: umuminsoniy birlik va shaxsning ma’naviy mustaqilligi. G‘oyalar erkinligi boshlanib, inson o‘z hayotini unga asoslanib qurdi.
Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi G‘arbga nisbatan ertaroq boshlandi. Yunonlar madaniyati Qadimgi Sharq madaniyati ta’sirida juda yuksaldi, buni ellinlarning o‘zlari ham e’tirof etishgan. Bu ta’sirlar natijasida shunday davr boshlandiki, Sharq va G‘arb madaniyatlari sintezi ellinistik madaniyatni vujudga keltirdi: Yunon-Baqtriya va Gandhar san’ati, Iskandariya fani, Fayum portretlari bunga misol bo‘la oladi. Qadimgi Sharq bizga barhayot boyliklarni qoldirdi. Bular «Gilgamesh» va «Mohabhorat» dostonlari, Kalidasi drammalari va Chjuanszining ramziy masallari, Misr ehromlari va Buyuk Xitoy devori va boshqa.
Qadimgi Yunoniston va Rim madaniyatlari Yevropa siviliza-siyasining poydevoriga asos soldi. Qadimgi Sharq madaniyati ta’sirida shakllangan bu madaniyat an’anaviy madaniyat taraqqiyoti davrining davomchisi va yakunlovchisi bo‘ldi. Qadimgi Yunonistonda shakllanib, keyinchalik yuksak bosqichga ko‘tarilgan bu madaniyat er. avv. III asrda Rim madaniyatining vujudga kelishiga katta ta’sir ko‘rsatdi va «antik madaniyat» nomi bilan dunyo madaniyati tarixida o‘chmas iz qoldirdi.
Lotin tilidagi «antik» (antiguus) so‘zining ma’nosi «qadimgi» demakdir. Lekin tarixiy davr nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, antik davr qadimgi dunyoning oxiri – qadimgi madaniyat va davlatchilikning eng taraqqiy etgan bosqichidir. Bu davr asosan Yunoniston va Rimga xos bo‘lib, Yunonistonda mil. avv. XI-IX asrlarda antik jamiyatning tashkil topishidan boshlanib, mil. avv. V-IV asrda antik (mumtoz) madaniyat takomili bilan to‘la mohiyat-mazmunga ega bo‘ldi. Milodiy V asrda varvarlar tomonidan Rim imperiyasining qulatilishi antik madaniyatni inqirozga olib keldi. Shuningdek, Yunon-Rim jamiyati va madaniyatiga nisbatan qo‘llanilib kelayotgan «antik» so‘zini ko‘proq Yevropaga tatbiqan anglamoq darkor, negaki, Yevropa xalqlari o‘zlarining madaniy taraqqiyotlari yo‘lida yolg‘iz Yunon-Rim madaniyati bilan aloqador bo‘lganliklari sababli, shu xalqlar bunyod etgan ma’naviy boyliklarni eng qadimiy deb taniganlar.
O‘z o‘rnida antik madaniyat Yunon-makedonlar va Rim ta’sirida Egey dengizidan Hindistongacha va Misrda ellinistik madaniyatning vujudga kelishiga va kosmopolitizm (dunyo fuqaroligi) tushunchasiga asos soldi.
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Yunonistonda madaniyat va fan rivojlanib Gerodot, Demokrit, Pratagor, Gippokrat, Suqrot, Aflotun, Arastu kabi olimlar ijod qilganlar.
Yunoniston afsona va rivoyatlar yurti bo‘lib, qadimdan adabiyot rivojlangan. «Prometey», «Gerakl», «Didal va Ikar», «Argonavtlar», «Odisseya» va «Iliada» kabi afsona va dostonlarda yunonlarning turmush tarzi va tarixi bayon qilingan. «Iliada» va «Odisseya» dostonlarini mil. avv. VIII asrda yashagan ko‘r baxshi Gomer yaratgan edi. Dostonlarda Troya urushlari hikoya qilinadi. Arxeologlar Gomer dostonlariga asoslanib qadimgi Troya madaniyatini topganlar.
Doston va afsonalar teatr uchun boy ma’lumot bergan. Qadimgi Yunon teatri mil. avv. VI asrlarda qishloq ho‘jaligi homiysi, xudo Dionis sharafiga o‘tkaziladigan bayramlar vaqtida ijro etiladigan qo‘shiqlar va o‘yinlar asosida vujudga kelgan. Yunonlar teatrni «katta yoshdagilar maktabi» deyishgan.
Teatr yunonchada «tomoshalar joyi» degan ma’noni anglatadi. Keyinchalik qurilgan Yunon teatrlariga 1725 ming tomoshabin joylashgan.
Teatr san’atining rivoji mashhur yunon adiblari ijodi bilan uyg‘un bo‘lgan. Adiblar afsona va rivoyatlar asosida tragediyalar yaratganlar. Tragediya yunonchada «echkilar qo‘shig‘i» degan ma’noni anglatadi.




  1. Download 39,71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish