Ma’ruza rejasi
1. Adabiyot o‘qitish metodikasi fanining shakllanishi, rivojlanish tarixi.
2. Eng qadimgi davrlarda adabiyot o‘qitish metodikasi.
3. Adabiyot o‘qitish metodikasi tarixida jadidchilik davri.
4. 1930-1990-yillarda Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanining o‘ziga xos xususiyatlari.
5. Mustaqillik davrida Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanining rivojlanish xususiyatlari.
Tayanch so‘zlar:
adabiy ta’lim, Adabiyot o‘qitish metodikasi tarixi, jadidchilik davri, qo‘llash, tizim, metod, ta’rif, badiiy tafakkur, pedagogik jarayon, qarashlar, rivojlanish tarixi, Mustaqillik yillari, metodist olimlar, yaratish.
Dars maqsadi:
O‘quv mashg‘ulotining ta’limiy maqsadi: talabalarda Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanining shakllanishi, rivojlanish tarixi haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
O‘quv mashg‘ulotining tarbiyaviy maqsadi: adabiy ta’limda adabiyotning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanishning rang-barang imkonlarini ko‘rsatish.
O‘quv mashg‘ulotining rivojlantiruvchi maqsadi: talabalarda shakllanayotgan pedagoglik kasbiy mahorati va madaniyatini rivojlantirish.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Karimov I. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida so‘zlangan nutq. 1997.
2. Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q, T.: «O‘zbekiston», 1998.
3. Zunnunov A. Z., Hotamov N., Esonov J., Ibrohimov A. Adabiyot o‘qitish metodikasi, T.: «O‘qituvchi», 1992.
4. Zunnunov A., Aliyev A. Adabiyotni boshqa ijtimoiy fanlarga bog‘lab o‘rganish, T.: «O‘qituvchi», 1982.
5. Zunnunov A. Pedagogik tadqiqot metodikasi, T.: 2000.
6. Zunnunov A. O‘zbek adabiyoti metodikasi tarixidan ocherklar. O‘qituvchilar uchun qo‘llanma, T.: O‘qituvchi, 1973.
7.To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi, T.: «Yangi asr avlodi», 2006.
Adabiyot o‘qitish metodikasi fani qachon paydo bo‘lgan? degan savolning o‘rtaga qo‘yilishi tabiiydir. Bu savolga dabdurustdan javob berish qiyin. Shu narsa aniqki, badiiy adabiyot paydo bo‘lganidan keyin, uni boshqalarga, zamondoshlarga, shuningdek, keyingi avlodga yetkazish, yetkazganda ham ularni boshqa insonlar qalbiga ta‘sir qila oladigan darajada yetkazish asosiy muammolardan biri bo‘lganligini his etish mumkin. Yaqin-yaqinlargacha ham o‘zbek adabiyotini o‘qitish nazariyasi va metodikasi tarixi asosan Oktabr inqilobi bilan bog‘liq holda talqin va targ‘ib etilgani sir emas.
Adabiy asarni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan dastlabki qaydlar Avesto yod-gorligidayoq uchraydi. Bevosita turkiy muhitda esa buni O‘rxun-Enasoy yodgorliklaridagi ayrim ishoralar orqali payqashimiz qiyin emas. Adabiyot o‘qitish nazari-yasi va metodikasi fani o‘tmishdagi boy tajribalarni o‘rganish asosida hozirgi zamon maktablaridagi adabiyot o‘qitish jarayonini umumiylashtiradi. Adabiyot Sharq xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqi hayotida har doim juda katta ijtimoiy-ma‘naviy ahamiyatga ega bo‘lgan. Cho‘lponning «Adabiyot yashasa, mil-lat yashar» degan fikri bejiz emas. Ammo uni o‘qitish birdaniga hozirgi holatga kelma-gan. Turkiy xalqlar orasida adabiyot o‘qitish an‘analari juda qadim zamonlarga borib taqaladi.
Buyuk mutafakkirlarimiz Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolar ta‘lim-tarbiya, o‘qituvchi faoliyati xususida alohida to‘xtab o‘tishgan. Ular insonning shaxs sifatida kamol topishida ilm olishning, ta‘lim va tarbiyaning ahamiyati haqida o‘zlarining qimmatli fikrlarini aytib o‘tganlar. O‘rta Osiyoning ulug‘ mutafakkiri Abu Nasr Forobiy (873–950) o‘zining ilmiy ishlarida ovoz, nutqning tarbiyaviy ahamiyatiga alohida e‘tibor beradi. U «Ilmlarning kelib chiqishi» («Ixso ul-ulum») nomli risolasida badiiy asarni ifodali o‘qish, o‘qiganini hikoya qilib berish zo‘r san‘at ekanligini aytadi. Uning ta‘kidlashicha, hikoyachilikda (o‘qishda) o‘tkir ta‘sirli bo‘lgan, ana shu san‘atda o‘ziga munosib o‘rin egallagan kishilar hakim deyiladi va u o‘qishni, notiqlikni egallagan san‘atkor, faylasuf, donishmand bilan tengdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |