2-mavzu (2 soat-d)



Download 272,15 Kb.
bet1/2
Sana29.04.2022
Hajmi272,15 Kb.
#594631
  1   2
Bog'liq
2-mavzu (d)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
«SOTSIAL PSIXOLOGIYA» FANIDAN
2-MAVZU: SOTSIAL PSIXOLOGIK G’OYALAR SHAKLLANISHI TARIXI
(davomi)
Samarqand – 2022 yil
REJA:
  • Antik davr mutafakkirlari ishlarida sotsial psixologik ta`limotlarning rivojlanishi
  • Sotsial psixologiyaning uch nazariy manbai
  • Sotsial psixologiyaning Rossiyada rivojlanishi
  • O’zbekistonda sotsial psixologik tadqiqotlarning o’rni va istiqbollari

3. Sotsial psixologiyaning Rossiyada rivojlanishi
Sobiq ittifoq davlatlarida, birinchi navbatda Rossiyada sotsial psixologiya XX asrning 20-yillaridan boshlab rivojlana boshladi. Bu borada rus sotsial psixologiyasining asoschisi deb xaqli ravishda V.M.Bexterevni ko’rsatish mumkin.
1857-1927
Владимир Михайлович Бехтерев
U o`zining refleksologiya nazariyasi doirasidan shaxs xulq-atvorining motivlarini tushuntirishga uringanlardan biridir. Uning fikricha, barcha ongli va ongsiz jarayonlar tashqi xulq-atvorda, harakatlarda ifodalanadi, shuning uchun ham tashqi harakatlarni, qiliqlarni, nutqni, tovushni o`rganish orqali shaxsning o`zini va bu harakatlarning sabablarini o`rganish mumkin.
Bexterevning xatosi shu ediki, u o`z qarashlarida sosiologiyani biologiya bilan, psixologiyani esa fiziologiya bilan aralashtirib yubordi, shu orqali shaxs va jamiyat taraqqiyotining universal qonunlarini topmoqchi bo`ldi.
Bexterevdan keyingi olimlar, Yu.Vasilevning ''biologik sotsiologiyasi" ham, M.A.Reystnerning "ommaviy psixologiyasi" ham, L.N.Voytolovskiyning "jamoa psixologiyasi" ham reflekslar qonunini mexanik tarzda sotsial psixologik jarayonlarni tushuntirishga ko’chirish bo`ldi, desak xato bo`lmaydi.
20-30 yillarda bolalar va o’smirlar sotsial psixologik taraqqiyotini o`rganishga qaratilgan ikki yo`nalish paydo bo`ldiki, ular ham qator kamchiliklardan holi bo`la olmaydilar.
Masalan, biologik yoki biogenetik nazariya tarafdorlari shaxsning shakllanishida irsiy va biologik nasliy omillar yetakchi rol o’ynaydi, deb hisoblashsa (E.Arkin, I.Aryamov, va boshqalar), sotsiologik yoki sotsiogenetik nazariyotchilar bu borada sotsial muhit rolini nihoyatda ortiq ekanligini himoya qilib chiqdilar. (S.Molojaviy. A. Zalkind va boshqalar).
30-yillarda A.S.Makarenko, A.Zalujniy, L.S.Vigotskiy, N.K.Krupskaya va boshqa qator olimlar o`z nazariy qarashlarini marksizm bilan bevosita bog’lab, jamoa va shaxs nazariyasini yaratdilar. Ular shaxsning shakllanishida sotsial muhitning, jamoaning rolini, ta`lim tarbiyaning ahamiyatini isbotlashga urindilar. Lekin, 40-60 yillar sotsial psixologiya taraqqiyotida nisbatan sokinlik davri bo`ldi. Chunki psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar ichida sotsial psixologik tadqiqotlar yo`q hisob edi. Bu fan Rossiyada va boshqa Sobiq ittifoqdosh davlatlarda 70-yillardan keyin keskin rivojlana boshladi.
Bunda Moskvalik va Leningradlik (hozirgi Sankt-Peterburg) olimlar maktabi katta rol o’ynadi. Agar Moskva shahrida asosan sotsial psixologiya bo’yicha fundamental nazariy tadqiqotlar ko`plab o’tkazilib, unda hozirgi zamon sotsial psixologik tadqiqotlarning empirik qonunlari asoslari ishlab chiqilgan bo`lsa, Sankt-Peterburgda ko`proq tadbiqiy ilmiy tadqiqot ishlar olib borildiki, ular birgalikda minglab yosh sotsial psixologlar avlodini tarbiyalab yetishtirdilar. Ular esa hayotimizga ilg’or fikrlar va dadil tadqiqotlar bilan kirib kelib, hozirgi kun fanini dunyo miqyosida misli ko’rilmagan darajaga ko’tardilar. Lekin, shuni alohida ta’kidlash o’rinliki, Rossiyada sotsial psixologiyaning rivojlanishida chet el, ayniqsa Amerika Qo’shma Shtatlari psixologiyasining ta`siri ancha sezilarlidir.

Download 272,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish