2-mashg’ulot laboratori yaishi №2



Download 60,1 Kb.
bet1/3
Sana17.12.2022
Hajmi60,1 Kb.
#889394
  1   2   3

2-MASHG’ULOT
L A B O R A T O R I YA I S H I № 2
Qattiq jismning inersiya momentini aniqlash.
(Og’ir g’ildirakning inersiya momentini aniqlash)
1. Ishning maqsadi: Ishqalanish kuchlari va inertsiya momentiga oid olingan nazariy
bilimlarni amalda qo’llash malakasini hosil qilish.
2. Kerakli asboblar: gorizontal o’qqa o’rnatilgan og’ir g’ildirak, yuklar, sekundomer, vertikal taxtaga yopishtirilgan millimetrli masshtab lineyka.
3. NAZARIY QISM.


Qo’zg’almas o’q atrofida aylana oladigan jismga uning aylanish o’qida yotmagan kuch ta’sir etsa, u aylanma harakatga keladi. Kuchning ta’sir etish vaqti ortishi bilan aylanayotgan jismning burchak tezligi ham ortib boradi. Ilgarilanma harakatdagi jism massasi uning inertligini ifodalasa, aylanma harakatdagi jismning aylanish o’qiga nisbatan inertsiya momentini inertlik o’lchovi deb qarash mumkin. Agar m massali A moddiy nuqta (1-rasm) OO1 o’q atrofida aylanayotgan bo’lsa, uning inertsiya momenti jism massasining uning aylanish o’qigacha bo’lgan masofasi kvadratiga ko’paytirilganiga teng bo’ladi, ya’ni

Qo’zg’almas o’q atrofida aylanayotgan qattiq jismning aylanish o’qiga nisbatan inertsiya momenti uni tashkil qiluvchi moddiy nuqtalar inertsiya momentlarining yig’indisiga teng bo’ladi:

bu tenglikda - qattiq jism istalgan elementining massasi, - dan aylanish o’qigacha bo’lgan masofa. Aylanma harakatdagi qattiq jism uchun dinamikaning ikkinchi qonuni quyidagicha yoziladi:
(1)
(1) tenglikka ko’ra qattiq jismni aylantiruvchi M kuch momenti jism I inertsiya momentining burchak tezlanish  ga ko’paytmasiga teng.
Aylanayotan jismning inertsiya momentini aniqlash uchun energiyaning saqlanish qonunidan foydalaniladi. Agar m massali jism h1 balandlikka ko’tarilsa, sistemaning to’liq energiyasi uning potencial energiyasiga teng bo’ladi, ya’ni
(2)
Bu erda g - erkin tushish tezlanishi. Agar m massali jism og’ir g’ildirakning shkiviga o’ralgan ipga osib qo’yilsa, yuk pastga tusha boshlaganda, shkiv bilan birgalikda g’ildirakni ham aylanma harakatga keltiradi (2-rasm). Tushayotan yukning kinetik
energiyasi . Bu tenglikda - yukning tushish tezligi. Shuningdek, aylanma harakatga kelgan sistema ham kinetik energiyagya ega bo’ladi. Bu tenglikda  - sistemaning burchak tezligi. Sistemaning aylanma harakatida uning tayanch nuqtalari (podshipniklar) dagi ishqalanish kuchi f ni engish uchun


2-rasm

ish bajariladi. Sistemaning potencial energiyasi shu sistemaning kinetik energiyasini orttirishga va ishqalanish kuchini engishga sarflanadi. Energiyaning saqlanish qonuniga ko’ra


(3)
(3) tenglik m massali yuk to’liq pastga tushgan hol uchun o’rinlidir. Yuk pastga tushgach o’z inertsiyasi bilan h2 balandlikka ko’tariladi (h2h1). Bu balandlikda sistemaning potencial energiyasi
(4)
Sistema potencial energiyasining kamayishi ishqalanish kuchining bajargan ishiga teng bo’ladi, ya’ni
(5)
(5) dan ishqalanish kuchini topamiz:
(6)
Endi (3) tenglikni o’zgartirib, inertsiya momentini aniqlaydigan ifodani topamiz. Yuk h1 balandlikdan tushayotganda uning tezligi tekis tezlanuvchan bo’ladi. Bu tezlik bo’lib, tenglikda t - yukning tushishi vaqti. Yuk bosib o’tgan yo’l

U holda
(7)
bo’ladi. Burchak tezlik
(8)
(8) va (7) ifodalardan
(9)
bo’lib, bu erda r - shkiv radiusi. Endi (6), (7) va (9) tengliklarni (3) tenglikka qo’yib, hamda uni I ga nisbatan echsak,
(10)
ni hosil qilamiz.

Download 60,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish