Gomozanjirli polimerlarga misollar:
Alifatik
|
PP
|
|
PAA
|
|
PVX
|
|
PVA
|
|
PVS
|
|
PAN
|
|
PVAM
|
|
PNE
|
|
PE
|
|
PTFE
|
|
Aromatik
|
Polifenilen
|
Yog’li aromatik
|
Polietilenfenilen
|
Alifatik
|
|
Geterozanjirli polimerlarga misollar
Funksional guruh
|
Polimer
|
Sinf nomi
|
Namunalar
|
Kislorod saqlovchi
|
Oddiy efir
- CH2 – O -
|
Oddiy efir
|
Polietilenoksid
- CH2 – CH2 – O -
|
Murakkab efir
- C(O) – O -
|
Murakkab efir
|
Polietilentereftalat
- O – (CH2)2 – O – OC – C6H4 – CO -
|
Azot saqlovchi
|
Amid
- NH – C(O) -
|
Poliamid
|
-NH – R’ –NH-C(O)-R’’-C(O)-
|
Mochevina
-NH – C(O) -
|
Polimochevina
|
-NH-C(O)-NH-(CH2)9 -
|
Uretan
-NH – C(O) – O -
|
Poliuretanlar
|
-(CH2)6-NH-C(O)- O - (CH2)6-
|
Oltingugurt saqlovchi
|
|
Polisulfid
|
Polietilensulfid
-S – CH2 – CH2 -
|
Sulfon
-R – SO2 -
|
Polisulfon
|
Polioktensulfon
- (CH2)8 – SO2 -
|
Anorganik polimerlarning tarkibida C – H bog’i bo’lmaydi. Anorganik polimerlar anorganik atomlardan tashkil topgan bo’ladi va yon zanjirida organik radikallar bo’lmaydi. D.I. Mendeleyev davriy sistemasining I guruh elementlari polimer birikmalar hosil qilmaydi. Qolgan barcha guruhlar elementlari noorganik polimerlar hosil qila oladi. II guruh elementlari (berilliy, magniy) geterozanjirli polimerlar hosil qiladi. Masalan, shunday tuzilishli polimerga MgO ning hosil qilgan polimeri misol bo’ladi:
… - Mg – O – Mg – O – Mg – O – Mg – O - …
Anorganik polimerlar
Gomozanjirli
Geterozanjirli bo’ladi.
Gomozanjirli anorganik polimerlarga misollar:
Karbin - C ≡ C – C ≡ C – C ≡ C – C ≡ C –
Kumulen = C = C = C = C = C = C = C = C=
Poligerman, polioltingugurt, poliselen va h.z.
Davriy sistemaning III va IV guruh elementlari hosil qilgan geterozanjirli polimerlari muhim ahamiyatga ega.
Masalan:
Bor nitrid grafitga o’xshash tuzilishli polimer hosil qiladi.
Borazol
xona haroratida polimerlanib polimer hosil qiladi. Tipik polimer modda bu amorf kremniy (IV) oksididir:
V va VI guruh elementlari hosil qilgan noorganik polimerlarga quyidagilar misol bo’ladi:
Polifosfat kislotalar
Poliarsenatlar (polistibinatlar):
Oltingugurt saqlovchi polimerlar:
Selen saqlovchi polimerlar:
Tellur saqlovchi polimerlar:
Polifosfonitril xlorid:
Elementorganik polimerlar asosiy zanjirining tarkibiga ko’ra
Anorganik zanjirdan iborat bo’lib, yon zanjirida organik guruhlar bo’lgan polimerlarga;
Asosiy zanjirida uglerod bo’lib, yon zanjirida azot, oltingugurt, kislorod va galogenlardan tashqari istalgan atomlar bo’lgan polimerlarga;
Organonoanorganik zanjirli polimerlarga bo’linadi.
Elementorganik polimerlar
Gomozanjirli;
Geterozanjirli bo’ladi.
Elementorganik polimerlar tarkibida ham organik, ham anorganik guruhlar bo’ladi. Ya’ni bu polimerlarning makromolekulalarida uglerod atomlaridan tashqari anorganik fragmentlar ham bo’ladi. Geterozanjirli elementoorganik polimerlarga polidimetilsiloksan [-Si(CH3)2O -]n va [ - PR2 = N -] (poliorganofosfazenlar) misol bo’ladi.
Geterozanjirli elementoorganik polimerlarga misollar
Poliorganosiloksanlar
|
- SiR2 – O -
|
Polialyumoorganosiloksanlar
|
- SiR2 – O – Al(R’) – O – SiR2 -
|
Polikarbosilanlar
|
- SiR2 - CR - SiR2 -
|
Polikarbosiloksanlar
|
- SiR2 – O - CR - O – SiR2 -
|
Polimerlar qizdirilishga munosabatiga qarab termoplastik va termoreaktiv polimerlarga bo’linadi. Termoplastik polimerlar odatdagi sharoitda qattiq bo’lib, qizdirilganda yumshaydi va qovushqoq-oquvchan holatga o’tadi, sovutilganda esa dastlabki xossalarini saqlagan holda qaytadan qattiq holatga o’tadi. Termoplastik polimerlarga polietilen, polipropilen, polistirol, poliakril efirlar, polimetilmetakrilat, polivinilxlorid, kapron, lavsan va boshqalar misol bo’ladi.
Termoreaktiv polimerlar qizdirilganda oldin suyuqlanadi, so’ngra esa erimaydigan va suyuqlanmaydigan qattiq moddaga aylanadi. Chunki yuqori temperatura va bosim ostida termoreaktiv polimerlarning chiziqsimon makromolekulalari o’zaro kimyoviy ta’sirlashib tikiladi va to’rsimon tuzilishga ega bo’ladi. Termoreaktiv polimerlarga fenol-formaldegid, rezina, ebonit va boshqa smolalar misol bo’ladi.
Polimerlar ishlatilish sohalariga ko’ra:
Tola hosil qiluvchi;
Plastomerlar;
Elastomerlarga bo’linadi.
Plastmassalar-polimer moddalardan tarkib topgan materiallar.
Plastmassalar tarkibiga ko’ra 2 xil bo’ladi:
a) Oddiy; b) kompozisiyali (murakkab).
Oddiy plastmassalar faqat polimer makromolekulalaridan tashkil topgan bo’ladi. Murakkab (kompozision) plastmassalar ko’p komponentli bo’lib, ularning mexanik pishiqligini, elastikligini, yedirilishga, kislota va asoslar ta’siriga chidamliligini oshirish uchun ularga to’ldiruvchi, plastifikator, stabilizatorlar, bo’yoq va boshqalar qo’shiladi.
To’ldiruvchilar-gips, kaolin, yog’och va paxta chiqindilar, shisha tola, qurum va boshqalar.
Plastifikatorlar plastmassalarning erish temperaturasini pasaytiradigan, plastikligini oshiradigan moddalardir. Plastifikatorlar sifatida qaynash temperaturalari 2500C dan yuqori bo’lgan quyi molekulyar suyuqliklar-ftal, adipin va sebatsin kislotalarining dibutil yoki dioktil efirlari, fosfat kislotaning krezol bilan hosil qilgan murakkab efiri trikrezilfosfat, uglevodorodlarning galogenli hosilalari va boshqalar ishlatiladi.
Stabilizatorlar-polimerning havo kislorodi, yorug’lik nuri va boshqa omillar ta’sirida parchalanish, oksidlanish reaksiyalariga chidamliligini oshiradigan moddalardir.
Uglerod zanjirining tuzilishiga ko’ra polimerlar chiziqli, tarmoqlangan va fazoviy (to’rsimon) tuzilishli bo’ladi.
Monomerlarning qoldiqlari makromolekulada bir-birlari bilan birikib chiziqli, tarmoqlangan yoki to’rsimon tuzilishli polimerlar hosil qiladi.
Agar monomer qoldig’ini A bilan belgilasak, chiziqli tuzilishli polimerlarni sxematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin:
… - A – A – A – A- A – A – A - …
Quyidagi keltirilgan a-rasmga qarang.
Tarmoqlangan tuzilishli polimerlar asosiy zanjirdan va yon zanjirdan iborat bo’ladi:
Quyidagi keltirilgan b-rasmga qarang.
To’rsimon (fazoviy) tuzilishli polimerlarda uzun zanjirlar o’zaro kimyoviy bog’lar vositasida bog’langan bo’ladi:
Quyidagi keltirilgan c-rasmga qarang.
Chiziqsimon polimerlar puxta (mustahkam) tola va plyonkalar hosil qilish xususiyatiga ega . Ular eruvchanligi, yuqori elastikligi, qizdirilganda suyuqlanishi kabi xossalari bilan ajralib turadi. Chiziqli polimerlarga tabiiy kauchuk, sintetik kauchuk, poliamidlar, poliolefinlar, selluloza misol bo’ladi.
Tarmoqlangan polimerlarda yon zanjirning uzayishi bilan molekulalararo kuchlar zaiflashib, polimerning eruvchanligi va termoplastikligi oshadi, mustahkamligi esa kamayadi, yumshoq va elastik bo’ladi.
Fazoviy (to’rsimon) tuzilishli polimerlar chiziqli va tarmoqlangan polimerlardan farq qilib, hech qanday erituvchida erimaydi, qizdirilganda parchalanadi, suyuqlanmaydi, qattiq va mo’rt bo’ladi, elastik emas.
Fazoviy (to’rsimon) tuzilishli polimerlarga rezina, fenolformaldegid, anilin formaldegid, gliftal smolalar misol bo’ladi.
a-chiziqli polimerlar; b-tarmoqlangan polimerlar; c-to’rsimon polimerlar
Polimerlarning muhim fizik-kimyoviy xossalari (mustahkamligi, issiqlikka va kimyoviy reagentlarga hamda mexanik ta’sirlarga chidamliligi) ularning fazoviy tuzilishidan kelib chiqadi.
Sopolimerlar ham chiziqli, tarmoqlangan va to’rsimon tuzilishli bo’lishi mumkin.
Chiziqli sopolimerlarda har bir zveno uzluksiz ketma-ket , bloklar hosil qiladi. Elementar zvenolari bunday ketma-ket joylashgan sopolimerlar blok –sopolimerlar deyiladi:
… - A – A – A – A – A - … - … - A – A – B – B – B – B – B – B - …
Asosiy zanjiri bir xil monomer zvenolaridan, yon zanjiri boshqa monomer zvenolaridan tuzilgan tarmoqlangan sopolimerlar-payvand sopolimerlar deyiladi:
Elementar zvenolari navbatma – navbat joylashadigan sopolimerlar:
… - A – B – A – B – A – B – A – B – A – B – A – B – …
Statistik (noregulyar) sopolimerlar-bularda A va B elementar zvenolar tartibsiz joylashgan bo’ladi:
A – A – B – A – A – A – B – B – B – A – B – B - …
Do'stlaringiz bilan baham: |