Sathiy yuza. Ma’lumki, yer yuzasida baland tog‘lar (balandligi 8848 m bulgan Everest tepaligidagi Jomolungma cho‘qqisi) va turli chuqurlikdagi okeanlar (Tinch okeanda chuqurligi 11022 m bo‘lgan Marian novi) bor. Quruqlik butun yer yuzasining 29 protsentini, dengiz va okean suvlari esa 71 protsentni tashkil etadi. Quruqliklarning dengiz yuzasidan bo‘lgan o‘rtacha balandligi 875 m. U holda Yerning shakli qanday degan masala tug‘iladi. Quruqlik suv egallagan joyga nisbatan kichik va quruqlikning suv yuzasidan balandligi Yerning kattaligiga nisbatan sezilarli emas (2.2-shakl), shuni e’tiborga olib, yer shaklini belgilashda dengiz va okean suvlarining tinch turgandagi yuzasi asos qilib olinadi. Bu yuza yer sirtidagi har bir nuqtada shovun chiziqqa, ya’ni Yerning tortish kuchi va markazdan qochirma kuchning teng ta’sir etuvchisi bo‘lgan og‘irlik kuchi yo‘nalishiga perpendikulyar (normal) bo‘ladi; bo‘nday yuza sathiy yuza deyiladi. Sathiy yuza hamma nuqtada gorizontal bo‘ladi. Har bir nuqtaning o‘z sathiy yuzasi bo‘ladi; okean suvlarining o‘rtacha yuzasi asosiy sathiy yuza deb qabul qilinadi.
2.1-shakl 2.2-shakl.
Yer yuzasi va sathiy yuza: 1—sathiy yuza; 2—yerning fizik yuzasi (geoid).
Geoid. Asosiy sathiy yuza fikran quruqliklar tagi bo‘yicha davom ettirilsa, sathiy yuza bilan chegaralangan dumaloq shakl hosil bo‘ladiki, buni Yer shakli deb qabul qilinadi; bu shaklni 1873 yili nemis fizigi Listing (1808-1882) geoid (yer shakli) deb atadi. Sathiy yuza shovun chiziq (og‘irlik kuchi) yo‘nalishi orqali belgilanadi, og‘irlik kuchi yo‘nalishi esa Yer qobig‘idagi massalarning turli zichlikda joylanishiga qarab turlicha bo‘ladi. Shunga ko‘ra, sathiy yuza bilan chegaralangan ellipsoidsimon geoid juda murakkab shaklda bo‘lib, geometrik shakllarning hech biriga o‘xshamaydi. Yer qobig‘idagi massa zichligini aniq bilmay turib, geoidning materikdagi yuzasi ko‘rinishini aniqlab ham bo‘lmaydi.
Yer qa’rida uzluksiz davom etuvchi geologik o‘zgarishlar tufayli Yer uzluksiz kerishib turadi, bu hol geofizikaviy o‘zgarishlar sababchisi bo‘lganidan, Yer shaklini o‘rganishda unga statikaviy holatda deb qaramay, balki dinamikaviy jarayon ta’siridagi harakat shakli deb qarash to‘g‘riroq bo‘ladi. Shunga ko‘ra, o‘zgaruvchan harakatdagi bu geoidning shakl va o‘lchamlarini matematika formulalari bilan ifodalab bo‘lmaydi. Bu geoid o‘rniga yuzasi matematikada aniqlanadigan, o‘zi geoidga eng yaqin keladigan (o‘xshashroq bo‘lgan) boshqa matematik shakl qabul qilinadi. Ko‘p tadqiqot ishlarining natijasi bo‘yichageoidga eng yaqin keladigan shakl aylanish ellipsoidi deb topildi; geoid yuzasiga ellipsoid yuzasi ko‘proq to‘g‘ri kelishi aniqlandi. 2.3-shaklda Yerning taxminiy fizikaviy yuzasi SAVD, geoid KL hamda ellipsoid MN keltirilgan. Geoid yuzasi KL bir tekis ketmay, yerning ichki zichligiga qarab, to‘lqinsimon ko‘rinishda ketgan. A va V nuqtalardan ellipsoidga normal tushgan mn bilan shu A va V nuqtalardagi shovun chiziqlar pq orasidagi u burchak shovun chiziqning og‘ishi deyiladi. Bu og‘ish burchagining qiymati ellipsoid yuzasida o‘rtacha 3-4, ba’zi joylarda 50 gacha boradi. Ikki nuqtadagi shovun chiziqlar og‘ishining farqi 100 gacha ham boradi.
2.3-shakl. Geoid va ellipsoid ko‘rinishi.
rq— shovun chizig‘i, tp—ellipsoidga normal (perpendikulyar) chiziq; i—shovun chizig‘i og‘ishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |