2-maruza: Rentgen nurlanishi. Rentgen spektrlari. Mozli qonuni. Bor postulatlari. Frank va Gerts tajribalari



Download 450,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.02.2022
Hajmi450,2 Kb.
#456272
  1   2
Bog'liq
2 maruza



2-maruza: Rentgen nurlanishi. Rentgen spektrlari. Mozli qonuni. Bor 
postulatlari. Frank va Gerts tajribalari

Reja: 
1.
Rentgen nurlanishi. Rentgen spektrlari. 
2.
Mozli qonuni. 
3.
Bor postulatlari. 
4.
Frank va Gerts tajribalari. 
Tayanch so`zlar
: nurlanish, spektr, postulat, orbita, x-nurlar, foton, roentgen, 
roentgen trubkasi.
Rentgen nurlari
— zaryadlangan zarralar yoki fotonlarning muhitni tashkil 
etuvchi atomlari bilan oʻzaro taʼsirlashishlari natijasida vujudga keluvchi 
elektromagnit nurlanish. Ularning toʻlqin uzunliklari YU"14 m dan 10 ~7m gacha 
boʻlgan qiymatlarga teng boʻlishi mumkin. Rentgen nurlarini 1895 yilda V. K. 
Rentgen kashf qilgan. Rentgen bu nurlarni X nurlar deb atagan (hozirgi vaqtgacha 
ham ayrim mamlakatlarda X nurlar deyiladi). Ular katta tezlikdagi elektronlarning 
moddada tormozlanishi natijasida paydo boʻladi. Rentgen nurlari amalda rentgen 
trubkasi yordamida hosil qilinadi. 
Rentgen nurlanishi animatsiyasi

Rentgen nurlari kashf qilingach, ularning tabiatini uzok, vaqtgacha aniqlash 
qiyin boʻlgan. Chunki Rentgen nurlari elektr yoki magnit maydoni taʼsirida oʻz 
yoʻnalishini oʻzgartirmaydi, toʻlqin uzunligi kisqaligidan toʻlqin xususiyatini (Mas, 
difraksiyasini) oʻrganish, isbotlash qiyin boʻlgan. 1912 yilda nemis fizigi M. Laue 
va uning shogirdlari kristalldan Rentgen nurlari oʻtganida rentgen nurlari 
difraksiyasi sodir boʻlishini kashf qildilar. Elektron anod moddasiga kelib urilganda, 
oʻz energiyasining maʼlum qismini Rentgen nurlarini hosil boʻlishiga sarflaydi. 
Potensiallar ayirmasi U boʻlgan elektr maydonidan oʻtgan elektronning kinetik 
energiyasi eU = ^S— boʻladi, bunda ye — elektron zaryadi, V — uning erishgan 
tezligi. Agar urilish jarayonida elektron qattiq tormozlanib oʻz tezligini nolgacha 
kamaytirsa, uning tuda kinetik energiyasi Rentgen nurlarining energiyasiga 
aylanadi, yaʼni = hv yoki max hc/eU; bunda X—Rentgen nurlarining toʻlqin 
uzunligi, v — nurlanayotgan elektromagnit toʻlqin chastotasi, h— Plank doimiysi, s 
— yorugʻlik tezligi. Demak, potensiallar ayirmasi qancha katta boʻlsa, Rentgen 
nurlarining toʻlqin uzunligi shuncha qisqa boʻladi. Toʻlqin uzunligi juda qisqa 
Rentgen nurlari qattiq R. n,. deyiladi. Odatda, rentgen trubkalariga 50 kV gacha 
kuchlanish beriladi. Bunday potensiallar farqidan oʻtgan elektron 0,4 s ga yaqin 
tezlikka erishadi. Betatronda elektronlarga juda katta tezlik berilishi mumkin. 
Betatronda tezlatilgan elektronlar dastasini biror qattiq nishonga yuborib, juda qisqa 
toʻlqin uzunlikli Rentgen nurlari hosil qilinadi. Toʻlqin uzunligi qanchalik qisqa 
boʻlsa, nurlar moddada shunchalik kam yutiladi. Shuning uchun betatronda yuzaga 
kelgan Rentgen nurlari, ayniqsa, katta oʻtuvchanlik qobiliyatiga ega boʻladi. 


Elektronlar tezligi yetarlicha darajada katta boʻlganida elektronlarning 
tormozlanishi natijasida yuzaga kelgan nurlanishdan tashqari, harakteristik 
nurlanish, yaʼni anod atomlarining ichki elektron krbiklarining uygʻonishi natijasida 
vujudga keladigan nurlanish ham kuzatila boshlaydi. 
Rentgen 
nurlarining 
optik xususiyatlarida 
yorugʻlikning 
barcha 
xususiyatlariga oʻxshash sinish va qaytish, qutblanish va difraksiya kabi hodisalar 
kuzatiladi. U yorugʻlikning yutilishiga oʻxshash qonunga boʻysunadi, yaʼni 1=1^", 
bunda 10 — yutuvchi qatlamga kelayotgan Rentgen nurlari intensivligi, 1x 
qatlamdan oʻtgan Rentgen nurlari intensivligi, (i. — Rentgen nurlari intensivligining 
susayish koeffitsiyenta. Rentgen nurlari intensivligining susayishida, ularning 
moddadagi kuchli bogʻlangan elektronlar (yaʼni atom ichki qobigʻidagi 
elektronlar)da, kogerent sochilishi, shuningdek, tashqi kuchsiz bogʻlangan 
elektronlarda kogerentsiz sochilishi (Kompton hodisasi) va fotoelektr yutilishi 
muhimdir. Rentgen nurlari ning yutilish spektrlari atom elektron qobigʻining 
energetik satx/iap strukturasini aniqlashda qoʻllaniladi. Rentgen nurlarining 
moddada yutilish koeffitsiyenti yorugʻlik yutilishi koeffitsiyentiga nisbatan kichik. 
Shu tufayli Rentgen nurlari turli moddalardan osongina oʻta oladi. 
Rentgen nurlari koʻzga koʻrinmaydi, ularni qayd qilish uchun maxsus usullar 
(fotografiya, ionlash) ishlab chiqarilgan. Fotografiya usulida Rentgen nurlari 
faqatgina qayd qilinib qolmasdan, ularning intensivligi ham aniqlanadi. Lekin bu 
usul bilan Rentgen nurlari intensivligini oʻlchashdagi xatolik ionlash usuli bilan 
oʻlchashga nisbatan kattadir. Ionlash usuli Rentgen nurlari taʼsirida moddadan 
chiqqan elektronlarning gazni ionlashtirishni oʻlchashga asoslangan. Bunday 
ionlashgan gazdan oʻtayotgan tok kuchi (gazda maʼlum potensiallar ayirmasi 
mavjud boʻlganda) Rentgen nurlari intensivligiga toʻgʻri proporsional. 


Rentgen nurlari fan va texnikaning koʻpgina sohalarida keng qoʻllaniladi. Ular 
yordamida atom molekulalar tuzilishi va kristallarning strukturasi oʻrganiladi. 
Rentgen nurlaridan tibbiyot, biologiya, q. h. va boshqa sohalarda keng foydalaniladi. 

Download 450,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish