Etilenni olishning sanoat usullari.
Etilen bir qator qimmatli xossalarga ega bo’lganligi uchun elektrotexnikada va sanoatning boshqa tarmoqlarida keng miqyosda qo’llanilayotgan polimerlarning xom ashyosidir. Bundan tashqari etilen, stirol, etilenoksid va boshqa birikmalar olish uchun asosiy xom ashyodir.
Etilen olish uchun xom ashyo sifatida etil spirti, tabiiy gaz yoki undan ajratib olingan etan fraksiyasi, atsetilen kabilar qo’llaniladi.
Etil spirtini degidratatsiyalanishi (suvsizlanishi) alyuminiy oksidi ishtirokida (katalizator) 250-400 oC olib boriladi. Jarayon qizdirish uchun qozon (rubashka obogreva) bilan jixozlangan reaktorda olib boriladi. Reaktordan chiqayotgan gaz sovutiladi, siqiladi, quritiladi va past xaroratda rektifikatsiyalanadi. Natijada yuqori tozalikdagi etilen olinadi.
CH3CH2OH → CH2=CH2 + H2O
Atsetilendan etilen uni qisman gidrogenlab olinadi. Jarayon atmosfera bosimida yoki yuqoriroq bosimda olinadi. Dastlabki atsetilen katalizatorlarni zaxarlovchi qo’shimchalardan xolis bo’lishi kerak. Shu sababli atsetilen yuvuvchi ustanovkalarda tozalanadi. Buning uchun atsetilen xlorli suv bilan, so’ng, ishqorning suyultirilgan eritmasi bilan yuviladi va quritiladi. Atsetilen singari vodorod xam katalizatorni zaxarlovchi qo’shimchalarsiz bo’lishi kerak. Gidrogenlash reaktorlari qatorlashtirilib ketma-ket ulangan bo’lib, ichida panjara (tur) bo’ladi. Bu turlarga katalizatorlar - kremniy ikki oksidiga maxkamlangan nikel joylashgan. Avval atsetilen va vodorod aralashmasi 200 oC gacha qizdiriladi; gidrogenlash jarayonida xarorat 180- 230 oC oralig’ida reaksiyaning issiqligi xisobiga va katalizatorlarning suv bilan purkab turish xisobiga ushlab turiladi. Vaqt o’tishi bilan katalizator eskirishi sababli zaruriyatga qarab reaktor tutun gazlari bilan isitiladi. Reaktordan chiqayotgan gaz quydagi tarkibga ega: 80% xajmiy bug’lar, 20% xajmiy gazlar. O’z navbatida 50-60% etilen, 3% etan, 3% azot, 0,8% atsetilen va 30% atrofida vodorod saqlaydi. Sovutilgach va suv ajratib olingach, xom etilen siqiladi va quyi xaroratda rektifikatsiyalanadi. Tozalangan maxsulot 94-96% etilen, 3-4% etan, taxminan 1% azot va 0,5% atrofida atsetilen saqlaydi. Shuni aytish kerakki, atsetilendan olingan etilen polimerlanish uchun yaramaydi. U stirol olish uchun qo’llaniladi.
Etilenni etan-propan fraksiyasidan ishlab chiqarishda uglevodorodlar aralashmasiga oz miqdorda suv bug’i qo’shiladi va qisqa vaqt ichida 700-800 oC xarorat ta’sirida ushlab turiladi. Reaksion aralashma tez sovutiladi. Gazlar siqiladi, suvdan ajratiladi va quyi xaroratda rektifikatsiyalanadi. Shu prinsiplar asosida etanni yuqori xaroratda (taxminan 900 oC) degidrogenlab etilen olinadi. Bu jarayon 0,5 atm bosimda olib boriladi va degidrogenlashga etan azot bilan aralashtirilib beriladi. Reaktordan chiqayotgan gaz 33% etilen, oz miqdorda aromatik uglevodorodlar va 0,3% atrofida atsetilen saqlaydi. Bu atsetilen sovutilib qatron moddalardan tozalanadi va 180-230 oC da degidrogenlab deyarli miqdoran etilenga aylantiriladi. Bu jarayon katalizatori sifatida xrom oksidiga (95%) maxkamlangan nikel (5%) dir. Xom etilen aktivlangan ko’mir to’ldirilgan absorberlardan o’tkazilib, aromatik uglevodorodlardan tozalanadi. Etilenni yakuniy tozalashda uni 15 atm bosimda mis(I) xlorid eritmasi absorbsiyalaydi. Gazdagi mavjud olefinlar bosimni sekin-asta 3-1,4; 1-0,35; 0,1 atm. gacha pasaytirib ajratib olinadi. Birinchi va ikkinchi marta bosim tushirilganda ajralib chiqqan gazlar etilen gomologlaridan iborat bo’lib, ularni absorbsiya jarayoniga qaytaradilar. Bu usul bilan 96% kam bo’lmagan etilen olinadi va jarayon unumi etanga xisoblanganda nazariyning 79-80% ini tashkil etadi.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |