2-MA'RUZA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR YARATUVCHI DASTURLAR
TASNIFI
REJA:
1.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratuvchi dasturlar tasnifi.
2.
PDV ga mualliflik dasturlari.
3.
Matn muharrirlari. Grafik muharrirlar. Animator dasturlar. Web
muharrirlar.
4.
Kompyuterli ta‘lim vositalari.
Tayanch so’z va iboralar:
vositalar, pedagogik dasturilar, o’rgatuvchi dasturlar, test
dasturlari, mashq qildirgichlar, grafika, ovoz, integratsiyalash,
animatsiyali, rastr grafika, vektr
grafika
PDVning asosiy tushunshalari
Dasturiy ta‘minotning «amaliy dasturlar paketi (ADP)», «uskunaviy pedagogik vosita
(UPV)», «o’quv pedagogik dasturi (O’PD)», «avtomatlashtirilgan o’qitish tizimi (AO’T)»,
«o’qitishning yangi axborot texnologiyasi (O’YaAT)» kabi atamalar bilan qayd etish, bir ob‘ektga
turlicha nom berish tadqiqotchilarning o’zaro fikr almashinuviga salbiy ta‘sir ko’rsatadi. Biz
bundan keyin ta‘lim jarayonida qo’llanadigan dastur vositalarini «pedagogik
dastur vositalari
(PDV)» atamasi bilan qayd etamiz. Zero, dars jarayoni yaxlit bir tizim bo’lib, u ham ma‘lumotlarni
bayon qilish, ham namoyish qilish, ham mashq qildirish, ham nazorat qilish jarayonlarini o’z
ichiga oladi. Shu bois dars jarayonida foydalanish mumkin bo’lgan dastur vositalarining barcha
turlarini yaxlit bir tizim sifatida qarab umumiy nom bilan PDV deb aytish maqsadga muvofiq
hisobalanadi.
PDVlar o’z ma‘lumot omboriga, shuningdek, modellashtiruvchi, boshqaruvchi, o’rgatuvchi,
nazorat qiluvchi sifatlarga ega bo’lib, ta‘limning ko’rgazmaliligini ta‘minlaydi, ta‘lim sub‘ektlari
faoliyatini tezkor tahlil etish, nazorat qilishga mo’ljallanadi.
Hozirga qadar yaratilgan PDVlarning qator xususiyatlarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Dastlabki PDVlar algoritmik tillarni o’rganishga mo’ljallangan bo’lib,
ular bilimlarni
formallashtirishda ishlatilgan. Keyinchalik PDVlarni yaratishga matematik mantiq nuqtai
nazaridan yondashilgan. Ularda dasturlashtirilgan ta‘lim prinsiplariga rioya qilib, o’quv
materialini mantiqan bog’liq qismlarga ajaratish, o’quvchilar o’zlashtirishini individuallashtirish,
o’quvchilar o’zlashtirishini tezkor baholash kabi talablar hisobga olingan. Hozir ta‘limda
kompyuterdan foydalanish texnologiyasi ancha taraqqiy qildi. Endi yaratilayotgan PDVlar
kompyuterning multimedia imkoniyatlaridan to’liq foydalangan holda ta‘lim sifatini yaxshilash va
samaradorligini oshirishga yo’nalgan, zamonaviy ta‘lim jarayoni mohiyatini o’zida kompleks
gavdalantiradigan dastur vositasi bo’lmog’i lozim.
Yuqori sifatli PDVlar o’quvchilarda
ijodkorlikni tarbiyalash, axborotlarni qabul qilish,
ularga ishlov berish, o’quvchilar o’zlashtirishini muntazam nazorat qilish, ta‘limning borishiga
o’zgartishlar, qo’shimchalar kiritish, ta‘lim natijasini uzluksiz tekshirib turish, o’quvchilar
faoliyatini tashxiz qilish va kelgusi darslarni tashkil qilish bo’yicha tegishli
tavsiyalarni ishlab
chiqish, u yoki bu axborotning o’quvchilar faoliyatida optimal takrorlash chegaralarini belgilash
imkoniyatlarini oshiradi.
2. Ta‘limni kompyuterlashtirish ikki yo’nalishda davom etmoqda: kompyuter
savodxonligini ta‘minlash va kompyuterdan o’quv fanlarini o’qitishda foydalanish. Birinchi
yo’nalish bo’yicha ma‘lum natijalarga erishilganligini qayd etgan holda, ikkinchi yo’nalish
bo’yicha amalga oshirilgan ishlarning qoniqarsiz ekanligini aytib o’tish joiz: amaliyotda
o’rgatuvchi dasturlar deyarli yo’q; PDVlarni yaratishga mutaxassis
olimlar keng jalb qilinmagan;
dastur vositalari va ulardan foydalanish texnologiyasidan maktab o’qituvchilari deyarli xabardor
emas; PDVni yaratish texnologiyasining o’zi haligacha psixologik, pedagogik, didaktik, uslubiy
jihatdan mukammal tadqiq qilinmagan, ilmiy asoslanmagan, o’quvchilarning real bilish
imkoniyatlariga moslashtirilmagan.
Shunday ekan, ikkinchi yo’nalishga e‘tiborni sezilarli darajada kuchaytirish — zamon
talabiga javob bera oladigan PDVlarni yaratish vaqti yetib keldi. Ta‘limni
kompyuterlashtirish
jarayonini endi to’xtatish yoki orqaga qaytarish mumkin emas. Ta‘limni «…
kompyuterlashtirishni to’xtatib bo’lmaydi, ta‘limda kompyuterni qo’llash, — deb yozgan edi
Ye.I.Mashbits, - orqaga qaytmaydigan jarayon. Bu o’z-o’zidan amalga oshadi degani emas. Uning
harakati maorif tizimi bilan bevosita yoki bilvosita bog’liq bo’lgan olimlar, o’qituvchilar, yangi
hisoblash texnikasi va dastur ta‘minotini yaratuvchilarga ko’proq bog’liq». Shu bilan birga
«Kompyuter mavjud ta‘limga oddiy «qo’shimcha» - o’qitishning texnik vositalari qatoriga
kiradigan navbatdagi yangilikgina emas. U ta‘lim tizimining barcha komponentlariga, jumladan,
uning uslublari va mazmuniga ham ta‘sir ko’rsatadi. Bizning davlatda (sobiq Ittifoq nazarda
tutilyapti - A.H.) kompyuterli ta‘limni samarali tashkil etish uchun
yaxshi nazariy poydevor
mavjud. Biroq bu nazariyalarning asosiy ko’rsatmalari o’qitish tizimi va dasturlarini ishlab
chiquvchilar qo’lida foydali qurilma bo’la olishi uchun ular to’ldirilishi lozim».
Darhaqiqat, kompyuterli ta‘limni ta‘minlash uchun pedagoglar bu ishning hamma uchun,
barcha o’quv fanlarini o’qitishni samarali tashkil etish uchun muhimligini anglashlari lozim.
Maktablarda kompyuterdan foydalanish samaradorligi faqat texnika vositalarining mavjudligi
bilan belgilanmasdan, ularga mos PDVlarning mavjudligiga bog’liqligini hamma tushunishi va
tan olishi zarur.
Hozirga qadar kompyuter vositasida bilim berishni amalga oshirish uchun maktabni texnika
bilan ta‘minlash va o’qitish predmeti mazmunini yoritadigan dastur tuzish (yoki biror joydan olish)
kifoya degan fikrlar ham uchrab turadi. Bu yerda bilim berish jarayonida uslubiy ta‘minotning
asosiy roli e‘tibordan chetda qoladi. Darsni o’tishda mukammal ishlangan PDV va chuqur
o’ylangan uslubiyatning yo’qligi kompyuter yordamida tashkil etiladigan mashg’ulotlar
samaradorligining pasayishiga sabab bo’lmoqda.