(ON) lardan vodorod peroksid xosil buladi, qaysiki u о‘z navbatida suv va kislorod atomlariga
parchalanadi:
N
2
O
2
N
2
O
O
Bargning atmosfera xavosini kislorod bilan boyitishi bevosita mazkur jarayonga
asoslangan.
Fotosintezning yorug‘lik fazasida xlorofillda kuzg‘algan elektronlar fotolizga uchragan suv
protonlari (N-ion) yordamidatrifosfopirindin-nukleotid (TPX) ni qaytarib TPX –N
2
ni xosil
qiladi. Bu birikmaning boshqacha nomi kо‘pchilikka tanish bulgan NAD (nikotinamidadenin-
nukletid) dir.
О‘z navbatida NAD – N
2
fotosintezning qorong‘ulik reaksiyalarida qaytaruvchi
vazifani
bajaradi. Yuqorida aytilgan barcha о‘zgarishlarda energiya donori bо‘lib ATF (fotosintetik
fosforlanish maxsuli) xizmat qiladi.
Fotosintezda asosiy maxsulot sifatida uglevodorodlar xosil bо‘ladi.
674 kkal
6SO
2
6N
2
O ---
S
6
N
12
O
6
6O
2
Keyingi о‘zgarishlar natijasi о‘simlik tanasida oddiy uglevodlardan murakkab
uglevodlvr, shuningdek bir qator azotsiz organik birikmalar xosil bо‘ladi. О‘simliklar
aminokislotalar, oqsil va boshqa azotli birikmalar sintezi azot (shuningdek fosfor va oltingugurt)
ning mineral birikmalari va oraliq almashinish maxsulotlari– uglevodlar xisobiga amalga oshadi.
Bu birikmalarning miqdori yorug‘lik kuchi, о‘simlik turi xamda yashash sharoitlari (tuproq
namligi, oziq moddalar va xarorat bilan ta’minlanishi) ga bog‘liq. О‘simliklarning yashash
sharoitini yaxshilash orqali fotosintez jarayonida xosil bо‘ladigan maxsulotlar miqdori va
tarkibini boshqarish mumkin.
Faoliyat kо‘rsatayotgan barglarda yorug‘lik ta’sirida xlorofill miqdori kamayadi, qaysiki,
barg faoliyatini kuchaytirishda muxim axamiyatga ega.
Barg tarkibidagi azot va magniyning 75, temirning 80, ruxning 70, kalsiyning 60,
kaliy va
misning 50% i xloroplastlar tanasida jamlanadi. Bu raqamlar mazkur elementlarning
fotosintezida katta axamiyatga ega ekanligini kо‘rsatadi. Xloroplastlar tarkibida fermentlar xam
kо‘p miqdorda uchraydi.
Barg yuzasiga yorug‘lik tushgandan keyin 5–10 soniya о‘tgan organik moddalar sintezining
boshlanishi nishonlangan atomlar usuli yordamida aniqlangan. Qanday modda va qancha
miqdorda sintezlanishi о‘simlikning tabiati, yoshi va yetilish sharoitiga bog‘liq.
Bir kg barg tarkibida 1–3 g atrofida xlorofill bо‘ladi yoki boshqacha aytganda, xar 25 sm
2
barg
yuzasiga 1 mg xlorofill tо‘g‘ri keladi.
Bitta bargdagi xlorofill donalarining umumiy yuzasi shu barg plastinkasi yuzasidan qariyib 200
marta kattadir.
Yoz faslida bir mg xlorofill bir soat davomida 5
mg karbonat angidridni
assimilyatsiyalashda ishtirok etadi.
Bitta kunduzda barg massasining 25% i atrofida organik modda sintezlanadi, lekin uning 5–10%
i nafas olish jarayonida sarflanadi.
Quyoshdan tarqaladigan yorug‘lik energiyasining juda kam qismi–atigi 1-2,5% i (ayrim
о‘simliklarda birmuncha kо‘proq) fotosintez jarayonida о‘zlashtirilib, xosilning shakllanishida
ishtirok etadi.
Atmosfera xavosidagi karbonat angidrid 0,03% dan 0,01% ga tushib qolsa, fotosintez
tо‘xtaydi. Karbonat angidrid miqdori 30 marta va undan xam kо‘proq oshirilsa (sun’iy
sharoitlarda), fotosintezning samarasi xam shunga mos ravishda ortib boradi.
Barg 12 mol karbonat angidridni о‘zlashtirib, 112 kkal energiya tо‘playdi. Bir ga maydondagi
kartoshka yoki qand lavlagi bir kecha kunduz 1 t ga yaqin karbonat angidridni о‘zlashtirib, 500
kg ga yaqin organik moddalarni sintezlaydi.
Yuqorida ta’kidlab о‘tilganidek, fotosintezda о‘simliklar bargi orkali atmosfera xavosida
karbonat angidridni о‘zlashtiradi. Karbonat angidridni juda kam qismi (umumiy
uzlashtiriladiganning 3–5% ga yaqin) о‘simliklarning ildiz tizimi orqali yutiladi. О‘simliklar
bargi orqali atmosferadan kamroq
oltingugurtni shuningdek, ildizdan tashqari oziqlantirishda
azot, fosfor va ayrim mikroelementlarni о‘zlashtirishi mumkin. Lekin tabiiy sharoitda barglar
orqali uglerod о‘zlashtirilsa suv, azot va boshqa moddalarning asosiy qismi ildiz orqali yutiladi.
Yer yuzidagi yashil о‘simliklar natijasida xar yili 120 mlrd t organik modda xosil qiladi. Uning
bir qismi dengiz va okean о‘simliklariga tо‘g‘ri keladi. Bu jarayonda о‘simliklar 200 mlrd t
karbonat angidridni о‘zlashtirib, xavoga 145 mlrd t erkin kislorod ajraladi.
Xayot uchun zarur
energiyaning kо‘p qismi okean va quruqlik о‘simliklarida xosil bо‘lishini e’tiborga olinsa,
fotosintez energetikasi va mexanizmini о‘rganish qanchalar katta axamiyatga ega ekanligi ayon
bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: