Ildiz tuzilishi. I-ildiz qini, II-bо‘linish zonasi,
III-chо‘zilish zonasi, IY-ildiz tukchalari zonasi, Y-ksilema,YI–floema
Ildiz tukchalari uzunligi 80 – 1500 mkm bо‘lgan о‘simtalardir. Bitta о‘simlikda bir necha
о‘n mln. dona ildiz tukchalari shakllanadi, natijada ildizning umumiy uzunligi va yuzasi juda
katta raqamlarni tashkil qiladi.
Turli о‘simliklarda ildiz va ildiz tukchalarining rivojlanishi
(Xamdamov N va b.)
Ekin turi
Ildizlar
Ildiz tukchalari
Tuproqni
ildiz
bilan qamralgan
qismi, %
Uzun
ligi, m
Yuzasi, sm
2
Soni, mln.
Uzunligi, m
Yuzasi,
sm
2
Suli
4,5
216
6,3
743,7
3419
0,55
Javdar
6,4
503
12,5
1549,4
7677
0,85
Soya
2,9
406
6,1
59,9
277
0,91
Kunga
boqar
38,4
2129
51,9
5166,3
15806
2,8
О‘simliklarning ildiz tizimi bir qator funksiyalarni bajarishga moslashgan bо‘lib, suv va
unda erigan moddalarni yutish, turli-tuman organik birikmalarni sintezlash, о‘zidan xar xil
moddalarni tuproqqa ajratish, shuningdek, tuproqlarni organik moddalar
bilan boyitish shular
jumlasidandir.
Ildiz tizimining suvni va unda erigan moddalarni yutishi juda murakkab jarayon. Uni
qandaydir bitta taxmin yoki nazariya asosida tushuntirib bо‘lmaydi. Darslikning “
Oziq
elementlarning yutilishiga doir nazariyalar
” nomli bо‘limida bu muammoga atroflicha
tо‘xtalamiz.
Yaqin-yaqingacha organik moddalar о‘simliklarning yer ustki qismida sintezlanadi deb
xisoblanar edi. Xozirgi kunga kelib о‘simliklarning ildiz tizimida tarkibi va sifati jixatidan rang-
barang murakkab organik birikmalar sintezlanishi, ularning bir qismi о‘simliklarning yer ustki
qismiga uzatilishi, bir qismi esa bevosita ildizning о‘zida sarflanishi isbotlangan.
Nishonlangan atomlar usulini qо‘llash asosida oshqovoq о‘simligida fotosintez maxsulotining 8-
45% i ildizga uzatilishi va ularning ildizda azot bilan birikishidan aminokislotalar xosil bо‘lishi
aniqlangan. Oshqovoq ildizida 20 ta, g‘о‘za ildizida esa 17 ta aminokislota sintezlanadi.
Ildiz
tizimi fermentlar, nuklein kislotalar, oshlovchi moddalar, fosfororganik birikmalar,
porfirinlar kabi murakkab organik moddalar sintezida ishtirok etadi.
Ayrim о‘simliklarning ildizida о‘ziga xos moddalar sintezlanishi kuzatilgan. Masalan,
kanakunjutda
retsipin,
lyupinda
lyupanin,
tamakida
nikotin
sintezlanadi. О‘simliklar tuproqdan
suv va suvda erigan moddalarni suribgina qolmasdan, unga kо‘p
miqdorda turli-tuman
moddalarni ajratib chiqaradi.
Respublikamizda olib borilgan tadqiqotlar asosida ildiz tizimi о‘zidan karbonat kislotadan
tashqari aminli birikmalar, organik kislotalar, qand moddalar, fermentlar, fosfor,
oltingugurt,
kaliy, kalsiy, magniy kabilarni ajratishi aniqlangan.
Ildiz ajratmalari tuproqni oziq elementlar bilan boyitish, qiyin eriydigan birikmalarni о‘simliklar
о‘zlashtiradigan shaklga о‘tkazish jarayonlarida, shuningdek, tuproq mikroorganizmlari xayotida
muxim axamiyatga ega.
Oziqlanishga ta’sir etuvchi tashqi omillarning meyordan u yoki bu tomonga sezilarli
ogishi ildiz ajratmalar miqdorining ortishi va о‘simliklar oziqlanishining yomonlashishiga sabab
bо‘lishi mumkin.
О‘simliklarning ildiz tizimi tuproq unumdorligini oshirishda xam muxim о‘rin tutadi.
Ayniqsa, bu borada dukkakli ekinlarning roli beqiyosdir. Tadqiqotlar asosida uch yillik bedaning
ildizi 135 kgg‘ga azot tо‘plashi aniqlangan. I.I.Madraimovning ta’kidlashicha, beda о‘simligi
xayotining birinchi, ikkinchi va uchinchi yillarida mos ravishda 65,2; 86,4 va 102,2 sg‘ga ildiz
va angiz qoldiqlarini qoldiradi, qaysiki tuproqni organik moddalar bilan boyitadi va
unumdorligini oshiradi.
Lipoiz nazariyasi
. 1897 yilda Overgon taklif qilgan ushbu nazariyada protoplazma
membranasidagi lipoid komponentlar xujayraga kiradigan moddalarni eritadi va tezkor kimyoviy
reaksiyalarni amalga oshishiga yordam beradi deb qaraladi. Nazariyada ilgari surilgan о‘simlik
ildizi suv va oziqa moddalarni aloxida-aloxida yutadi degan fikr uni diffuz-osmatik nazariyadan
ustunligini kо‘rsatadi.
Ultrafiltrlanish nazariyasi.
Bu nazariyada о‘simlik ildizining shimish apparati nafis elak
sifatida qaraladi. Tashqi eritmadagi moddalarning yutilishi tezligi
bevosita teshikchalarning
diametri va yutiladigan moddalarning kattaligi bilan bog‘liq. Agar teshikchalar diametri katta,
molekulalar kichik bulsa, yutilishi jadal ketadi. Lekin ildiz tomonidan yutiladigan ayrim yirik
diametrli organik moddalar molekulalarini ayni nazariya asosida tushuntirib bо‘lmaydi. Nazariya
Ruland tomonidan asoslangan.
Adsorbsiyalanish nazariyasi.
1928-1935 yillarda Traube moddalarning ildizga yutilishi ildiz yuza
qatlamining kolloid xolati bilan bog‘liqligini va almashinish tabiatiga ega reaksiyalar oniy
tezlikda sodir bо‘lishini aniqladi.
Ildiz–tuproq eritmasi tizimida kechadigan adsorbsiyalanish jarayonlari 1935 yilda
D.A.Sabinin va I.I.Kolosovlar tomonidan о‘rganilgan va xujayra protoplazmasining
chegaraviy
qatlamidagi moddalarda amfoterlik xususiyati mavjudligi aniqlangan.
Masalan, oqsildagi ayni xususiyat aminikislotalarda asos va nordon guruxlar mavjudligi bois
yuzaga keladi. Ildiz tolalari yuzasida manfiy va musbat zaryadlangan maydonchalar mavjudligi
bir paytning о‘zida kation va anionlarning yutilishiga imkon beradi.
Tashqi muxitdan moddalar yutilishining mazkur mexanizmi faqat oksilning amfoterlik xususiyati
bilan bog‘liq bо‘lmasdan, nafas olish jarayonida organik moddalarning, ayniqsa uglevodlarning
quyidagi reaksiya asosida oksidlanishi bilan bog‘liqdir:
S
6
N
12
O
6
6 O
2
6 SO
2
Q 6 NON Q 674 kkal 1 mol
Tuproqqa о‘g‘it sifatida kiritilgan tuzlar anion va kationlarga dissotsialanadi va о‘z
navbatida о‘simliklarning nafas olishi jarayonida xosil bо‘ladigan N va NSO
3
ga almashinadi va
ildizga adsorbsiyalanish nazariyasi asosida yutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: