2.3. Takror va takrorlanishlar.
Dala tajribasining natijasida tajriba aniqligini va uning ishonchliligini joy, muddati bilan bog`liq bo’lgan tajriba variantlarining takrorlanishi belgilaydi. Bu erda: joydagi takrorlanish deb bir variantning bir necha bor ketma-ket qayta (takror) egilishi hisoblanadi.
Takrorlanish muddati deb esa, tajribaning bir necha yil mobaynida davom etishi tushuniladi, Joydagi takrorlanish tajriba o’tkazilayotgan joy tuprog`ining har xillik xolati uchrasa uni butunlay qamrab olib variantlar ko’rsatilgan o’rtacha olingan ma`lumotlar aniqligini kafolatlaydi. Variant bilan bog`liqligi bo’lsa, o’rganilayotgan muhitlarning variantlarga bo’lgan ta`sirlari va munosabat-bog`liqligini har xil meteorologik sharoitlarda, bir necha yil mobaynida o’rganiladi.
Tajribadagi takrorlanish soning oshishi bilan tajriba xatosi kamayib boradi. Izlanishlarning ko’rsatishicha, tajriba xatosi ayniqsa 4-6 takrorlashda bo’lganda kamayadi. Unda takrorlanishning soni oshirish tajriba xatosining sekin kamayishi bilan kechadi.
25 50 75 100 150 200
-
Jadvaldagi uzluksiz chiziq tajriba xatosining paykal maydoni kengayishi bilan kamayishini ko’rsatadi. Uzilgan chiziqlar esa tajriba xatosining takrorlanish soni oshishi bilan o’zgarishi kuzatiladi. Ko’rinib turibdiki, tajriba xatosining takrorlari ko’payishi bilan takror maydoni ko’payishiga nisbatan ko’proq kamayib borar ekan. Takrorlash samarasi butun tajriba variantlari joylashgan tuproq o’zaro farqi tajriba o’tkazilayotgan tuman tuproq farqidan sezilarli farq qilmasa o’ta yuqori bo’ladi. SHuning uchun ham bir omilli va ba`zi hollarda ko’p omilli sinovlar ham tuproqqa ishlov berish, takroriy ekish tajribalari 4-6 takrorlanishda o’tkaziladi. Dala tajribalari amaliyotda 6-8 takrorlanish 2-10 m2 li paykallar yoki taqsimlanmagan er uchastkalarida amalga oshiriladi. Takrorlash 8 ta dan ko’p tajribalar esa, ba`zi bir hollardagina masalan, variantlarga ahamiyatsiz ta`sirlarni taqsimlash uchun (mikroo’g`it, o’suv stimulyatori va boshqalar misolida) tashkil etiladi.
Umuman olganda takrorlar tajriba dalasida tartibli ketma-ketlik usulida joylashtiriladi (tashkiliy qaytarilish usuli). Uning ma`nosi shundaki, hamma variantlar majmuasi bir joyda bir guruhga birikadi. Undagi bir takrori bo’lsa, tajribaning qisqartirilgan, yaxlit holatini ko’rsatadi.
Bundan tashqari variant takrorlari tajriba uchastkasida bir-biri bilan bir joyda birikmasdan alohida-alohida kichik uchastkalarda alohida uchrashi mumkin. Bunday tajriba tartibsiz usulda joylashgan takrorlanishlar ham deb ataladi.
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
I II III
va xokazo. Takrorlar bu tajribada butunlay rendomizatsiya (tasodifiy) holatida xam kelishi mumkin.
III I II
Do'stlaringiz bilan baham: |