Puxtalikni boshqarishning konstruktorlik usullari.
Puxtalikni boshqarishning konstruktorlik usullari quyidagilardan iborat:
1. Konstruksiyani soddalashtirish va eng maqbul holga keltirish (optimallash). Konstruksiyani soddalashtirish va eng maqbul holga keltirish deganda puxtalik nuqtai nazaridan agregat, qism hamda detallarga tegishli geometrik shakllar, o‘lchamlar berish va mos ish sharoiti yaratilgan holda ularni mumkin qadar uzoq muddat ishlaydigan qilib tayyorlash nazarda tutiladi. Detallarga tushadigan yuklanishni va ularning harakat tezligini eng maqbul tarzda tanlash, tutashmalar uchun eng maqbul o‘tqazishlarni, ishqalanuvchi sirtlar uchun moylash qurilmalarini tanlash va shu kabilar loyihalanadigan mashinalarning puxtaligiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Loyihalashda konstruksiyaning eng maqbul texnologiyabopligini, uni yig‘ish, qismlarga ajratish hamda tuzatishning oddiyligi va arzonligini ham hisobga olish lozim. Mashina qismlari va detallarining qulay tarzda joylashtirilishi mashinani ishlatish davrida ularni ko‘zdan kechirish, tekshirish, tuzatish va almashtirish uchun hamda puxta holatda saqlab turishning muhim shartidir.
2. Puxta elementlarni tanlash. Yangi konstruksiyada asosan puxta ishlab kelgan elementlar qo‘llaniladi. Ishlab chiqarish chog‘ida mashinalarni yig‘ishda puxtaroq elementlarni tanlab olish qiyin emas. Qolgan detallar ehtiyot qism sifatida ishlatiladi.
3. Standartlashtirish va bir xillashtirish (unifikasiyalash), ya’ni standartlashtirilgan hamda bir xillashtirilgan detal, qism va mexanizmlarni qo‘llash.
4. Modul-blokli loyihalashning usulidan foydalanish.
5. Rezervlashni joriy etish. Rezervlash deganda qurilmalarning turli xususiyatlari qiymatlarini ana shu xususiyatlarning eng kichik zarur qiymatlariga nisbatan birmuncha kattaroq qilib olish tushuniladi.
Tuzilish bo‘yicha rezervlashda, puxta bo‘lmagan elementlardan kerakli puxtalikdagi konstruksiyani yaratish masalasi ko‘rib chiqiladi. Masalan, bir xil puxtalikka ega elementlardan tuzilgan mashinaning ishchanlik ehtimoli:
bu yerda: p - elementlar puxtaligi; P - ob’yektning puxtalik ko‘rsatkichlari.
Misol: p = 0,6; P = 0,98; n = 4.
6. Ishlamay qolishlarning tabiiy sabablarini o‘rganish va tahlil qilish.
7. Materiallar xossalari to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlarni bilish, ya’ni yangi istiqbolli materiallarni qo‘llash.
8. Texnik xujjatlar sifatini oshirish, mashina grafikasidan va avtomatlashtirilgan loyixalash tizimidan keng foydalanish.
9. puxtalikni ishlamay qolishlarning asosiy turlariga nisbatan hisoblash.
Masalan, abraziv ta’sirida yeyilishga chidamlilikni oshirish uchun ikki yo‘ldan foydalaniladi:
a) ishqalanuvchi qismlarga atrof muhitdan abraziv kamroq tushadigan qilinadi, ya’ni gidravlika tizimining zichligi va moyni tozalash darajasi (filtrlash sifati) oshiriladi;
b) abrazivning zararli ta’siri kamaytiriladi, ya’ni yuklama, bosim pasaytiriladi, boshqa yeyilishga chidamliroq material yoki yuzani mustahkamlovchi texnologiya qo‘llaniladi.
GOST 21623-76 ga muvofiq tuzatishga yuqori darajada yaroqlilikni ta’minlash uchun, tutashmalardagi materiallar birikmasini dinamik yuklanishlar va titrashlarni hisobga olgan holda shunday tanlash kerakki, bunda asosan arzon turadigan va tayyorlanishi jihatidan oson bo‘lgan detallar yeyiladigan va ularni tuzatish chog‘ida kam xarajatlar qilingan holda almashtirish mumkin bo‘lsin.
Mashinalarning puxta ishlashi ko‘p jihatdan o‘rtacha va chekli yuklanishlarning nisbatiga (yuk ko‘tarish qobiliyatiga) bog‘liqdir. Binobarin, yangi mashinalarni loyihalashda loyihachi texnik iqtisodiy ma’lumotlarni hisobga olgan holda tegishlicha mustahkamlik zaxirasini tanlashi kerak. Mashinalar ishlayotgan vaqtda ularda yuk ko‘tarish qobiliyatidan ancha katta yuklanishlar paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgani uchun ana shu yuklanishlardan saqlovchi maxsus qurilmalar ko‘zda tutilishi zarur.
Yeyilishga chidamlilikni oshirishning qanday yo‘llari bor?
Mashinadan foydalanish vaqtida uning puxtaligini oshirish mumkinmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |