2-maruza.Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati
Reja:
Markaziy Osiyo xududida qadimgi madaniyat markazlarining shakllanishi.
Markaziy Oyubsiyo xalqlari qadimgi madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari.
3. Markaziy Osiyoda ilk quldorlik davlatlar madaniyati. (YUnon-Baqtriya, Sug’d, Kushonlar).
4. Markaziy Osiyo xalqlari yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar ahamiyati.
Markaziy Osiyoning Oltoy, Janubiy Sibir, Mo’g’uliston, O’rta Osiyo hududlaridagi ibtidoiy yashash tarzi deyarli umumiydir. Ibtidoiy insonning bu hududlardagi umumiyligini ko’rsatuvchi dalillar birinchi navbatda hayot tarziga-ovchilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilikka asoslanganidir. SHuningdek, mazkur hududlardagi qavmlarning qaysi irqlarga mansubligi ham masalaga ma’lum darajada aniqlik kiritishga yordam beradi. SHuni e’tiborga olish kerakki, mo’g’ullar istilosiga qadar O’rta Osiyodagi turkiy xalqlar qiyofasi mo’g’ul irqiga mansub emas edi. Jumladan, miloddan oldingi uchinchi ming yillikka va ikkinchi ming yillikning boshlariga oid Janubiy Sibirdagi mo’g’ul irqiga mansub aholi G’arbiy Turkiston (O’zbekiston, Qirg’iziston, Qozog’iston), Pomir o’lkalariga kelguniga qadar, bu yerlarda Oqdengiz irqiga o’xshash dolikosefal1 irqi borligi aniqlangan.
Farg’onaning tosh davriga oid madaniy yodgorliklarida va YAngiyo’ldagi Qovunchi madaniyatida ham bu irq uchraydi. G’arbiy Turkistonning Anov madaniyatiga oid topilmalarda, Quyi Volga bo’ylarida, O’rta Volga hududida, Proxovok qo’rg’onida ham mazkur irqlarga mansub odamlar suyaklari topilgan. SHuningdek, dolikosefal irqining Tangri tog’ xududlariga ham kirib borgani to’g’risida ma’lumotlar bor. Janubiy Qozog’iston bilan Volga bo’ylariga mazkur irq butunlay yoyilganini tasavvur qilish mumkin. Biz irqqa oid mazkur qarashlarni 40–50–yillardagi arxeologik topilmalar asosida Turkiston va yYevropa olimlarining asarlariga tayangan holda aytyapmiz2. Qolaversa, Amudaryo bilan Sirdaryo - bugungi O’zbekiston hududidagi eng qadimiy insonni Turoniy irqqa mansub degan qarashlar ham bor3. Umuman olganda, O’rta Osiyoninggina emas, balki butun dunyo xalqlarining ibtidoiy davri har jihatdan, jumladan, madaniy taraqqiyoti jihatidan ham eng kam o’rganilgan davr hisoblanadi, O’zbekiston hududi esa yanada ko’proq o’rganishni talab qiladi. CHunki azaldan o’troqlashgan aholi maskani bo’lgan Farg’ona vodiysi, Janubiy O’zbekiston bizga ko’p madaniy yodgorliklarni qoldirdiki, bularga tayangan holda ko’p masalalarga, jumladan, etnik tarixiga ham aniqlik kiritish mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |