Maqsadli MBBTni tanlash. Yaratilayotgan MB ilovasini quvvatlash uchun mo’ljallangan qulay
MBBT turini tanlashdir.
Agar foydalanilayotgan MBBT turi tanlanmagan bo’lsa, unda bunday tanlashning eng qulay joyi
MBni loyihalashda konseptual va mantiqiy fazalar o’rtasidagi oraliq daraja hisoblanadi.
Ilovani ishlab chiqish. MB bilan ishlashga mo’ljallangan amaliy dasturlar va foydalanuvchi
interfeysini loyihalash. 1.6-rasmda keltirilganidek tizimning hayotiy davrida MBni loyihalash va ilova
parallel xolda bajarilmoqda. Ko’p holatlarda ilovani loyihalashni MB ni loyihalash tugashigacha tugallash
mumkin emas. Boshqa tomondan MB ilovani quvvatlash uchun mo’ljallangan. Shuning uchun MB ni
loyihalash va ilovani loyihalash fazalari o’rtasida ushbu MB uchun doimiy ravishda axborot almashinishi
sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |