Timsol (prototip)larni yaratish. Tizimni loyihalashning jarayonining turli bosqichlarida MB
ilovasini to’liq amalga oshirish yoki uning timsollarini yaratish imkoniyati mavjud.
Timsollarni yaratish – bu MB ilovasining ishchi modelini yaratishdir.
Timsol – bu ishchi model bo’lib, tayyor tizimni to’liq ishlashini ta‘minlamaydi va odatda talab
etilayotgan imkoniyatlarni faqatgina bir qismiga ega bo’ladi. MB ilovasi timsoli foydalanuvchilarga uni
ishda sinab kurish va aniqlash uchun imkoniyat berish uchun yaratiladi, qaysiki tizimning qanday
funksional vositalari o’zining vazifalariga javob beradi, qaysilari yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |