Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari. (“MMQT dagi qonunning 14-modda) Vazirliklar, idoralar, kontsernlar, assotsiatsiyalar, boshqa xo`jalik organlari kasaba uyushmalari Markaziy (davlat) qo`mitasi bilan kelishib o`zlari tasdiqlaydigan nizomga muvofiq mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib boradilar.
Xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi) 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo’lgan korxonalarda esa bundan tashqari, yo`l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi.
Mehnatni muhofaza qilish va yo`l harakati xavfsizligi xizmatlari kasaba uyushmasi qo`mitasi bilan kelishilgan nizomlar asosida ishlaydi va o`z maqomiga ko`ra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga buysunadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining mutaxassislari barcha xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me`yorlariga rioya etishlarini nazorat qilish, tarmoq bo’linmalari rahbarlariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish haqida bajarilishi shart bo’lgan ko`rsatmalar berish, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish to`g’risidagi qonunlarni buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqidagi korxonalarning rahbarlariga taqdimnomalar kiritish huquqiga egadirlar.
Mehnatni muhofaza qilish va yo`l harakati xavfsizligi xizmatlarining mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli bo’lmagan ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.
Mehnatni muhofaza qilish va yo`l harakati xavfsizligi xizmatlari korxona faoliyati to`xtatilgan taqdirdagina tugatiladi.
Ushbu xizmatlarning bajarilishi zarur bo’lgan asosiy vazifalari, ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan baxtsiz hodisalar, zaharlanish va kasb kasalliklarini keltirib chiqargan sabablarini aniqlab qaytarmaslik tadbirlarini ko`rishdir.
2. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi, xavfsizlikni ta`minlashga oid tadbirlarini rejalashtirish, mablag` bilan ta`minlash.
Faoliyat xavfsizligi qonun-qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish tizimi.Mehnat muhofazasi bo`yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi davlat tashkilotlariga yuklatilgan:
1. O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi.
2. O`zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” agentligi.
3. O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining sanitariya epidemiologiya Bosh boshqarmasi.
4. Respublika Ichki ishlar vazirligining yong’indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi.
5. O`zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish davlat aktsionerlik jamiyati.