ularning qisqartirib yozilishi kichik hajmda ko‘p miqdorda ma’lumot to‘plash
imkonini beradi. Muvaffaqiyatli qilingan ko‘chirma ilmiy xodimning keyingi
ijodiy faoliyati uchun asos bo‘lishi mumkin.
Annotatsiya
- manbaning qisqacha mazmuni. Annotatsiyalar ko‘rilayotgan
hujjat haqida umumiy ma’lumot beradi. Ular o‘rganilayotgan mavzuning turli
masalalari bo‘yicha alohida kartalarda to‘plash uchun qulaydir. Annotatsiyalar
yordamida matnni xotirada tezda tiklash mumkin.
Konspektlar
- axborot mazmunining batafsil ifodalanishi. Konspektlarni
tuzishning asosiy jihati – o‘rganilayotgan mavzuga nisbatan eng muhim
tomonlarini ajratishdir. Konspektlar mazmunli, to‘liq va iloji boricha qisqa bo‘lishi
kerak. Yozuvning to‘liqligi
uning hajmi bilan emas, berilgan ma’lumot uchun
muhim bo‘lgan barcha qismlarning to‘liqligi bilan belgilanadi.
Konspekt qisqa bo‘lishi uchun matnni o‘z kuchi bilan tuzish kerak, bu esa
o‘qilgan matnni tushunishni, tahlil qilishni talab qiladi va tadqiqotchiga katta foyda
keltiradi. Konspekt yozishda uning ma’nosini yo‘qotmagan holda so‘zlarning
qisqartirilishidan foydalansa bo‘ladi. Bu holda bir nechta so‘zlarni ketma-ket
qisqartirish tavsiya etilmaydi. Qisqartirilgan matnda barcha tinish belgilarini
saqlab qo‘yish kerak. Har bir tadqiqotchi o‘z qisqartirish lug‘atiga ega bo‘lish juda
samarali.
Konspekt to‘g‘ri rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak. Har bir ishni alohida
daftarda konspektlashtirish maqsadga muvofiqdir. Yozuv varaqning bir tomonida,
qog‘ozning kengligida hoshiyalarni hisobga olgan joylashgan bo‘lishi kerak. Matn
abzatslarga va 1, 2, 3, ... va a, b, c, d, ... ko‘rinishidagi ierarxik bo‘linishlarga ega
bo‘lishi kerak. Asosiy fikrlarni ta’kidlash uchun pastki
uzluksiz yoki punktir
chiziqlar qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Ba’zan konspekt yangi materiallar bilan, o‘zining takliflari, tahlillari va
boshqalar bilan, to‘ldirilishi mumkin. Bu holda matnda tegishli raqamlar qo‘yilib,
qo‘shimcha matnlar hoshiyada yoki sahifaning orqa (bo‘sh) tomoniga kiritiladi.
Konspekt tuzishning ikki yo‘li mavjud.
Birinchisi - mavzu bo‘yicha tanlangan ma’lumotlar birin-ketin ravishda
ishlab chiqiladi. Boshida, har bir ma’lumot uchun konspekt tuziladi,
keyin ular
bitta obzorga oid tadqiqot ishiga yig‘iladi. Garchi bu usul keng tarqalgan bo‘lsa-da,
u yetarli darajada samarali emas, chunki ko‘p vaqt talab etadi;
Ikkinchisi - tanlanadi. O‘qish uchun tanlangan ma’lumotlar to‘liqligi,
dolzarbligi va yangiligi nuqtai nazaridan bir qatorda joylashtiriladi. Boshida ilmiy
darajasi yuqori bo‘lgan eng to‘liq zamonaviy ma’lumotlar ishlab chiqiladi.
Mundarija yordamida mavzuning to‘liq rejasi tuziladi. Keyinchalik muhimligi
pastroq, ikkilamchi ma’lumotlar ko‘zdan kechiriladi va ular bilan asosiy manba
rejasi to‘ldiriladi. Ikkilamchi ma’lumotlar takrorlanadigan bo‘lsa, ular tushib
qoldiriladi. Ikkinchi usul umumlashgan konspektni tayyorlash uchun vaqtni
qisqartiradi.
Olingan ma’lumotlarni tahlil qilish - eng muhim vazifalardan biridir.
Barcha ma’lumotlarni tasniflash va tizimlashtirish zarur. Manbalarni
xronologik tartibda yoki tahlil qilinadigan masalalar bo‘yicha
tizimlashtirish
mumkin.
Birinchi holda, mavzu bo‘yicha barcha ma’lumotlar bosqichma-bosqich
tizimlashtiriladi. Buning uchun ushbu mavzuni rivojlanish tarixidagi sifatli
sakrashlar bilan ifodalangan ilmiy bosqichlarni ajratish maqsadga muvofiq.
Har bir bosqichda adabiy manbalar chuqur tahlil qilinishi kerak. Buning
uchun aql-zakovotga, bilim darajasiga ega bo‘lish kerak. Bunday tanqidiy tahlil
bilan turli g‘oyalar, faktlar, nazariyalar bir-biri bilan solishtiriladi. Tadqiqotchining
o‘rganilayotgan masala tarixida shunday bosqichni, uning keyingi tadqiqotlarning
yo‘nalishini sifat jihatdan o‘zgartirib yuboradigan g‘oyalar paydo bo‘ladigan
darajasidagi chegarasini, aniqlay olish qobiliyati bebahodir.
Faol tahlil qilish jarayonida tadqiqotchida o‘z nuqtai
nazari va fikri paydo
bo‘ladi, birinchi va ikkinchi navbatda tekshirilishi kerak bo‘lgan eng dolzarb
masalalar aniqlanadi, tasavvur shakllanadi. Bularning barchasi asta-sekin ilmiy
tadqiqotning kelajakdagi gipotezasining poydevorini tashkil etadi.
SHunday hollar bo‘ladiki, tahliliy tekshiruv jarayonida tadqiqotchi o‘z
fikrlarini bildirmasdan faqat manba bo‘yicha mualliflarni sanab o‘tadi va ishning
annotatsiyasini keltiradi. Axborotni bunday passiv, rasmiy o‘rganish
mutlaqo
mumkin emas.
Tahlilning yana bir varianti – tematikdir. Barcha axborotlar ko‘rilayotgan
mavzu masalalari bo‘yicha tizimlashtiriladi. Bunda, ITAning so‘nggi nashrlari,
iloji boricha bu masala bo‘yicha tadqiqot natijalari umumlashtirilgan
monografiyalar ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, maxsus qiziqish uyg‘otadigan
manbalar tanlanib tahlil qilinadi.
Obzorning ikkinchi varianti soddaroq, tez-tez ishlatiladigan bo‘lib kamroq
vaqtni talab qiladi. Biroq, mavzu bo‘yicha mavjud bo‘lgan axborotni to‘liq tahlil
qilish imkonini bermaydi.
Axborotni tahlil qilishning bosh g‘oyasi ilmiy tadqiqotning taklif etilayotgan
maqsadini dolzarbliligi va istiqbolliligini asoslash bo‘lishi kerak.
Har bir manba ushbu mavzuni hal qilish va rivojlantirish uchun tarixiy ilmiy
hissa qo‘shganligi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi.
SHu bilan birga, ularda
eksperiment nazariyasining roli va ishlab chiqarishga berilgan tavsiyalarining
ahamiyati bo‘yicha diqqat bilan tahlil qilinadi.
Axborotni qayta ishlash natijalari asosida metodologik xulosalar chiqariladi,
unda tanqidiy tahlil natijalari umumlashtiriladi. Xulosalar quyidagi masalalarni
qamrab olishi kerak: mavzuning dolzarbligi va yangiligi; mavzu bo‘yicha nazariy
va eksperimental tadqiqotlar sohasidagi so‘nggi yutuqlar, joriy nazariy va
eksperimental muammolarning eng dolzarb masalalari,
shuningdek, hozirgi vaqtda
ishlab chiqarishga joriy etish uchun zarur bo‘lgan tavsiyalar; ishlanmalarning
texnik maqsadga muvofiqligi va iqtisodiy samaradorligi.
Ushbu xulosalar asosida umumiy tarzda ilmiy tadqiqotning maqsadi va aniq
vazifalari shakllantiriladi. Odatda bitta tadqiqotchining tadqiqotiga taalluqli
vazifalar soni 3 dan 8 gacha o‘zgarib turadi. Bu ishlarda ilmiy rahbarga muhim
o‘rin beriladi. U qidiruv ishlarini chegaralaydi va boshqaradi, ma’lumotlarning
katta oqimlarida (ayniqsa, boshlang‘ich tadqiqotchiga)
keraklisini ajratib olishga
yordam beradi, ikkilamchi manbalarni tashlab yuborishga yordam beradi.
Bu bilan ilmiy tadqiqotning ikkinchi bosqichi yakunlanadi.