2-maruza. Demografik jarayonlar va aholi xaqida ma’lumotlar manbaiari



Download 40,61 Kb.
bet9/10
Sana30.06.2022
Hajmi40,61 Kb.
#719602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-maruza

Tug'ilishni qayd etish bolaning tug'ilganligi haqidagi tibbiy ma'lumotnoma, ota-onaning oilaviy holati va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. O'lik tug'ilgan bolalar uch sutkadan kech bo'lmagan muddatda qayd etiladi. Tirik tug'ilish holati Butunjahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyalaridan foydalangan holda qayd etilib, unda homiladorlik davomiyligidan qai'iy nazar homilani ona organizmidan to'Iiq chiqarib olinishi, bundan keyin go'dakning nafas olishi yoki hayotning boshqa belgilarini namoyon etishi: yurak urishi, kindikning pulsga ko'ra febranishi, mushaklarning xolis harakati nazarda tutiladi. Bunday tug'ilishning har bir mahsuli tirik tug'ilgan bola sifatida qabul qilinadi. O'lik tug'ilish — bu homiladorlik muddatidan qat'iy nazar ona organizmidan homilani to'Iiq chiqarib olish, unda nafas olish yoki hayotning boshqa belgilarining yo'qligidir.
O'limni qayd etish marhumning yashash joyi yoki o'lim sodir bo'lgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqaroni vafot etgan deb e'lon qilish haqidagi sudning hal qiluv qaroriga asosan o'limni qayd etish mazkur qarorni chiqargan sud joylashgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi. Hayotining birinchi haftasi davomida o'lgan bolalarning tug'ilganligi va o'limi tibbiy muassasa joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida qayd etiladi. O'limni fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd etmasdan marhumni dafn etish taqiqlanadi.
O'limni qayd etish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga o'lim haqida tibbiy ma'lumotnoma yoki sudning fuqaroni vafot etgan deb e'lon qilish haqidagi hal qiluv qarori, shuningdek, marhumning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
Nikohni qayd etish nikohlanuvchi shaxslarning birining yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi. Nikohlanuvchilar fuqarolik holati dalolat­nomalarini yozish organiga nikoh qayd elilishidan bir oy ilgari
Bikohga kirish to'g'risida ariza beradilar. Nikohga kirishni Xohlovclnlar ar'za berish chog'ida o'z shaxsini tasdiqlovchi hujiatlarni. ilg<ir' nikohda bo'lgan shaxslar esa avvalgi nikoh tU'atiKmligi haqida hujjatlarni ham taqdim etisbi lozim.
Airalishni qayd etish ham fuqarolik holati dalolatnomalarini I yozish organlari orqali amalga oshiriladi. Er-xotinning o'zaro roziliui bo'lganda nikohdati ajralishda ariza beruvchilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga bergan arizalarida o'rtada
voyaga yetmagan bolalari va mulkiy nizolari yo'qligini tasdiqlashlari shart.
Nikohdan ajralish ariza beruvchilarning yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga ariza berilgan kundan boshlab uch oy muddat o'tgach qayd etiladi.
Shunday qilib, O'zbekiston Respublikasida demografik jarayonlarni (tug'ilish, o'lim, nikoh va ajralish) joriy qayd etish fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari orqali amalga oshiriladi.
2.5. Tanlama tadqiqotlar va aholi registrlari
Tanlama tadqiqotlar hayotning deyarli barcha sohalariga doir Ina'lumotlarni to'plashda foydalaniladi. Aholi haqidagi axborotni irig'ish tizimida tanlama tadqiqotlar batafsil ma'lumotlarni qo'lga British maqsadida olib borilib. ular aholi ro'yxati yoki joriy qayd ishdan jamlangan axborotga nisbatan to'Ia va aniq bo'Iadi. Asosiy cborot manbalaridan farqli ravishda ushbu tadqiqotlar aholining Buayyan guruhiga tegishli ma'lumot olishga imkon yaratadi.
Tanlama tadqiqotlar aholi ro'yxatlarini tayyorlash va ft'tkazilishida aholida o'rin tutadi. Buning uchun umumiy aholi ro yxati dasiuri bo'yicha o'tkaziladigan mikroro'yxatlar olib bonladi. Biroq, mamlakatning barcha ahoiisi emas, balki uning bir qismigina so'rovda qatnashadi. Mikroro'yxat so'nggi aholi ro yxati o'tkazilganidan keyingi davrda aholi tarkibida sodir bo'lgan o'zgarishlarni aniqlash imkonini beradi. Lekin, uning asosiy vaz htirilayotgan aholi ro'yxati dasturini sinab ko'rishdan jborat. Umumiy aholi ro'yxati o'tkazilayotgan davrda ham bevosita tanlama tadqiqot o'tkazilishi mumkin, uning yordamida ayni vaqida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik taraqqiyotida ahamiyatli bo'lgan hodisalar batafsil o'rganiladi. Masalan, 1970 va 1979 yillarda o"tkazilgan aholi ro'yxatlarida tanlama usul mehnat yoshidagi aholi tarkibini aniqlashda qo'llanilgan.
Tanlama tadqiqotlar ikki usulda olib boriladi va ularning har biri muayyan afzallik hamda kamchiliklarga ega. Retrospektiv (anamnestik) va perspektiv tanlama tadqiqotlar mavjud. Agar so'ralayotganlarga ularning o'tmishida bo'lib o'tgan voqealar xususida savollar berilsa, bunday axborot to'plash usuli «retrospektiv» deb ataladi. Biroq, muayyan aholi guruhi ichida butun umr yoki uning bir qismi davomida yashab, unda bo'layotgan hodisalarni ro'y bcrishi bilanoq qayd etib borish ham mumkin. Bunday axborot yig'ish usuli «perspektiv» deb nomlanadi va u individlarning istiqboliga qaratilgan bo'ladi. •
Retrospektiv tadqiqotlardan tug'ilish yoki nikohlilikni, ya'ni ular natijasida individlar kogortni tark etmaydigan jarayonlarni tahlil qilishda foydalanish, ayniqsa samaralidir. Vatanimiz tarixida bu usulni ko'pchilik hollarda anamnestik deb ataydilar. Mazkur uslub tug'ilishni tadqiq etishda keng qo'llanilgan. Masalan, reproduktiv yoshdan chiqqan ayollarga ularning reproduktiv tarixi haqida savollar berish mumkin (tirik tug'ilgan farzandlar, tug'ilishlar orasidagi intervallar. kontratseptik vositalardan foydalanganlari haqida va h.k.). Anamnestik tadqiqotlar real avlodlarda o'tmishda kechgan demografik jarayonlar to'g'risida ma'lumotlarberib, kogort a'zolarining yoshi bilan bog'liq hodisalar ketma-ketligini kuzatish imkonini beradi.
Ushbu axborot to'plash usulida qo'lga kiritiiadigan natijalardagi noaniqliklarni ham e'tiborga olish lozim, masalan:
• agar insonlarga ancha oldin bo'lib o'tgan hodisalar to'g'risida savol berilsa, voqealarning bir qismi yoddan chiqarilib javob noto'liq bo'lishi mumkin, chunki so'ralayotganlar sanalar aniq eslamasligi ehtimoldan xoli emas;
. soTalayotganlar hodisalarni vaqt bo"yicha bir maromda taqsimlamasliklari va hayotlaridagi voqealarni mamlakat, hudud hayotidagi ijtimoiy ahamiyatga molik hodisalar bilan bog'lashlari mumkin;

  • so'ralayotganlar voqealar orasidagi bog'lanishlarni o'zlariga qulay shaklda o'zgartirishlari mumkin. Masalan, nikohgacha tug'ilgan farzandiii nikohda tug'ilgan farzand deb, uning tug'ilgan va tug'ilishi qayd etilgan sanalaming o'rnilarini almashtirib ko'rsatishlari mumkin. Vaqt mobaynida hodisalarga beriladigan ijtimoiy baholar ham o'zgaradi. Masalan, yoshlarning aksariyati katta avlodga qaraganda (qayd etilmagan) nikohni oddiy hoi, deb hisoblaydilar. Shu sababdan nikoh tarixi o'rganilayotganda yoshlar katta avlod vakillariga nisbatan ko'proq hayotlaridagi norasmiy nikoh mavjudligi haqida so'z yuritadilar. Bu kabi xatolarni qisman demografik hodisalarni joriy qayd etish yoki aholi registrlari ma'Iumotlari yordamida tekshirish mumkin;

  • so'ralayotgan aholi guruhi tarkibi bilan bog'liq alohida xatolar turi mayjud. Masalan, ma'lumot to'plashning retrospektivusulidan individning kuzatuvdan chiqarilishi bilan bog'liq hodisalarni tadqiq etishda foydalanib bo'lmaydi, chunki o'lgan odamlardan ularning o'lim sababi va hayoti davomidagi salomatligi holati to'g'risida so'rashning imkoni yo'q.

Perspektiv (istiqbolli) tanlama tadqiqot olib borilishida kogort hayotidagi hodisalar ularyuz berib borishi mobaynida qayd etiladi. Albatta, bunday uslubda muayyan bir avlod o'limini o'rganish qiyin, chunki buning uchun u bilan birga butun hayotini birga yashab o'tish lozim bo'ladi. Ayni vaqtda mazkur usul yordamida bolalar yoki go'daklar o'limi, kasallanish va sog'ayish to'g'risida ma'lumotlar yig'ish qiyin. Agar kogort hayotidagi o'rganilayotgan hodisalar vaqt bo'yicha jamlangan boisa, ushbu axborot yig'ish usulidan samarali foydalanish mumkin. Masalan, hozirgi davrda Yevropa mamlakatlarida farzand ko'rish davri juda qisqa. Shu sababdan tug'ilish jarayonini real avlodlami kuzatish orqali o'rganish mumkin va bunga 15-20 yil kerak bo'ladi. Bunday yondashuv yordamida go'daklar o'limini yangi tug'ilgan chaqaloqlar hayotining birmchi yilini kuzatib o'rganish mumkin. Shunga qaramasdan, mazkur usulda olingan ma'lumotlardan foydalanilganda bir qancha kamchiliklarni nazarda tutmoq lozim, xususan:

  • individlarning ma'lum qismi lurli sabablarga ko'ra kuzatuv jarayonidan chiqib kctishi mumkin (o'lim. emigratsiya tufayli), shuning uchun tanlamani ancha katta miqdorda olish zarur, bu esa ma'lumot to'plash jarayoni qadrinini oshiradi, shuningdek, kam ucliraydigan hodisalarni o'rganish uchun dastlabki tanlama doirasi keng bo'lishi talab qilinadi;

  • individlarni kuzatuv doirasidan chiqaruvchi jarayon tadqiq etilsa, u holda individlar kuzatuv doirasidan o'rganilayotgan jarayon bilan bog'liq boimagan holda chiqib ketishlari mumkinligini e'tiborga olish lozim. Masalan, agar biz miokard infarkti tufayli yuz bergan o'limni o'rganmoqchi bo'lsak, tanlamadagilarning ma'lum qismi baxtsiz hodisalardan o'lganiga guvoh bo'lamiz.

Tanlama tadqiqotlar butun mamlakat doirasida (mikroro'y-xatlar) yoki nisbatan katta bo'lmagan aholi guruhlarida olib borilishi mumkin. Ayni vaqtda ko'pchilik mamlakatlarda yagona dastur bo'yicha olib boriladigan tanlama tadqiqotlar ham keng tarqalgan, masalan, umumjahon tug'ilishni yoki salomatlikni dcmografik tadqiq etish. Odatda, bunday tadqiqotlar har bir mamlakatning o'ziga xos xususiyatlariga moslashtirilgan umumiy dastur bo'yicha olib boriladi va jahon mamlakatlariga oid taqqoslovchi ma'Iumotlarni olish uchun tahlil qilinadi.
Salomatlikni demografik o'rganish — bu milliy doirada ishonchli bo'lgan tanlama tadqiqotdir. Odatda, bu mavzuda tadqiqot o'tkazishda mamlakat hududi bo'yicha 5000-30000 uy xo'jaliklari so'rovda ishtirok etadi. Tanlama tadqiqot dasturi uy xo'jaligining har bir a'zosiga (doimiy yoki vaqtinchalik) yo'nal-tirilgan bo'lib, shaxsning jinsi, yoshi, uy xo'jaligi boshlig'iga mu-nosabati, ma'lumot darajasi, doimiy yashash joyi, qarindoshlik aloqalari; har bir a'zo uchun — ichimlik suvi manbai, maishiy qulayliklarning mavjudligi, ovqat tayyorlash sharoitlari, shuning­dek, budjet, oziq-ovqat iste'moli sifatini bilish uchun 15-49 yoshdagi ayollar hamda bolalar vazni oichanadi, anemiyani aniqlash maqsadida ularda qondagi gemoglabin miqdori tekshiriladi.
Ayollar savolnomasida quyidagilar mavjud bo'ladi:
• umumiy tavsiflar (yoshi, jinsi, nikoh holati, ma'lumoti,
bandligi, yashash joyi) — demografik mayl yoki salomatlik
jihatidagi maylini aniqlash uchun qo'llaniladi;

  • reproduktiv mayl va rejalari (tug'ilgan farzandlar soni, ular-dan nechtasi tirik, tirik chaqaloq tug'ilishi bilan yakunlanmagan homilalar soni, istiqboldagi reproduktiv maylga doir rejalar);

  • kontrasepsiyadan foydalanishi (kontrasepsiya usullaridan xabardorligi, kontraseptivlarni olish manbalari, oilani rejalash-tirishga oid axborotdan xabardor bo'lishi, kelajakda kontraseptiv vositalarni qo'llash rejalari);

  • tug'ishgacha va tug'ishdan keyingi davrlarda ko'rsatilgan parvarish, tug'ish jarayoni, go'dak vazni, homiladorlik asoratlari, ko'krak suti bilan go'dakni boqishi (qancha vaqt davomida, yana qanday ozuqa beriladi), farzandlar salomatligi (vaktsinatsiya, kasallanish, bolalar kasalliklarini davolash), ayollarning egallagan maqomi (bandligi, ayolga nisbatan bo'lgan har qanday qattiqqo'llik), OTTS va jinsiy aloqada o'tadigan boshqa kasalliklar (OITS haqida axborotga ega bo'lish manbalari, profilaktika choralari, yuqumli

- kasallikka duchor bo'lish xavfi boigan jinsiy mayl), turmush o'rtog'i to'g'risida axborot, atrof-muhit, tamaki iste'mol qilish).
Ushbu savollarga berilgan javoblarning tahlili mamlakatlar bo'yicha ayollarning reproduktiv mayli, bolalar salomatligi va o'limi, jinsiy aloqada yuqadigan kasalliklar profilaktikasi (oldini olish), oilani rejalashtirish amaliyoti bo'yicha taqqoslama materiallarni beradi.
Demografik maqsadlarda olib boriladigan tanlama tadqiqotlar bilan birga nodemografik tanlama tadqiqotlar ham uchraydi. Masalan, budjet tadqiqotlarida uy xo'jaliklari tarkibi va aholi migratsiyasi to'g'risidagi ma'lumotlar mayjud.
Endi aholi registrlari to'g'risida batafsil to'xtalib o'tamiz.

Download 40,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish