2-ma’ruza 2-mavzu: ontologiya, gnoseologiya va ong falsafasi. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja



Download 125,5 Kb.
bet6/15
Sana30.10.2022
Hajmi125,5 Kb.
#858520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2-ma\'ruza

Ilm-fan yutuqlariga asoslangan faylasuflar esa insonning dunyoni va o’zini bilishni doimo e‘tirof etib kelganlar. Qadimgi Yunon faylasuflari inson dunyoni va o’zini bilishi, haqiqatga erishishi mumkin, deyishgan. Ular hissiy va aqliy bilishning roli haqida xam qimmatli fikrlar aytishgan. O’rta Osiyo mutafakkirlari Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek, Navoiylar xam insonning dunyoni va o’zini bilish masalasi haqida to’xtalib, inson tabiat va jamiyatni hamda o’zini bilishga qodir, inson bilishi sezgi va idroklaridan boshlanib, tafakkurga tomon rivojlanib boradi, inson aqli - faol, u bilishning asosiy qurolidir, deyishadi. Ular inson bilishi ma‘lum narsalardan noma‘lum narsalar tomon rivojlanib boradi, deb ko’rsatishgan.
Tasavvuf falsafasi vakillari esa o’z qarashlarida insonning hissiy bilishi tashki bilishni, aqliy bilish esa ichki bilishni tashkil qilishini aytishib, ularning o’zaro bog’liqligini ham o’qtirganlar. SHu bilan birga, ular inson dunyoni va uzini bilishi uchun ma‘naviy kamolotga erishmogi lozim. Lekin bu kamolotga erishish uchun quruq intilish bilan emas, balki o’qish, o’rganish, bilimlarni va hunarlarni egallash, jamiyatda boshqa kishilar bilan o’zaro muloqotda va munosabtda bo’lish orqali yuzaga keladi, deyishadi. XVII-XVIII asr Ovro’pa faylasuflari ham insonning dunyoni va o’zini bilishi haqida qimmatli fikrlarni bildirashadi. Masalan, ingliz faylasufi F. Bekon, inson bilishi sezgilaridan boshlanadi, bilishning manbai tajribadir, sezgilar orqali olingan dalillarni inson tafakkur yordamida kayta ishlab chikadi, deydi. U inson bilish jarayoni fan va amaliyot bilan boglik ekanligini, ularga xizmat ki- lishi lozimligini aytadi. Fransuz faylasufi Dekart esa, insonning dunyoni va o’zini bilishi masalasi haqida tuxtalib, birdan bir to’g’ri bilish - tafakkurdir, deydi. U inson bilish jarayoni fan va amaliyot bilan boglik ekanligini, ularga xizmat kilishi lozimligini xam aytadi. Didro, Gol’bax, GelG’vetsiy, Vol’ter va Lammetriylar esa insonning bilishi masalasida fikr yuritishib, sezgilar tafakkurning asosi ekanligini, ular inson bilishining quyi boshlang’ich bosqichi, tafakkur esa eng yuqori, murakkab bosqichi ekanligin aytishadi.
Nemis klassik falsafasining vakili Hegel esa inson bilishini mutlaq ruhning inson qiyofasida o’z-o’zini anglashidir, deydi. Nemis klassik falsafasining so’nggi vakili L. Feyerbax esa, insonning dunyoni bilishini e‘tirof etib, dunyo insondan va uning ongidan tashqarida mavjud, inson bilishi tabiatning, uning sezgilari va tafakkuridagi tug’ri in‘ikosi ekanligini aytadi. Insonda, deydi u, dunyoni bilish uchun qancha sezgi a‘zosi kerak bo’lsa, shuncha sezgi a‘zolari bor. Uningcha, sezgilar bilish jarayonining boshlang’ich bosqichi bo’lib, sezgi a‘zolari insonni tashqi dunyo bilan bog’laydi. Feyerbax fikricha, sezgi a‘zolari insonni tabiat bilan tanishtiradi, lekin uni tushuntirmaydi. Bilishning yalpi falsafiy nazariyalariga ko’ra, insonning dunyoni va o’zini bilish imkoniyati va darajasi, avvalo, ijtimoiy sharoitga ishlab chiqaruvchi kuchlar va ularning ehtiyojalariga, ishlab chiqarish munosabatlarining darajasiga bog’liqdir.
Bilish nazariyasi in‘ikos nazariyasidan xam iboratdir. Sababi: falsafa inson bilishining tabiatini tushuntirar ekan, uni borliqqa xos in‘ikos bilan bog’lab tushuntiradi. Bilishning falsafiy nazariyasiga ko’ra, bilish moddiy va ma‘naviy borliqning inson miyasidagi muayyan maqsadga karatilgan faol aks etishidir. Inson bilishining manbai esa ayni shu moddiy va ma‘naviy borlik, ularni tashkil kilgan predmetlar, xodisalar va jarayonlardir. Bu predmetlar, xodisalar va jarayonga insonga ta‘sir kilib, uning miyasida aks etadi. Ular moddiy va ma‘naviy borliqning inson miyasidagi sub‘ektiv obrazlari, ramzlari va belgilaridir.
Bu jihatdan inson bilishi, avvalo, moddiy va ma‘naviy borliqning xususiyatlariga va shu bilan birga, ularni faol in‘ikos ettiruvchi inson miya mexanizmining rivojlangan darajasiga bog’liqdir. Inson o’z miyasida faqat tabiiy va ijtimoiy borliqni, ularning qonuniyatlarinigina aks ettirib qolmasdan, balki o’zining ma‘naviy-ruhiy va insoniy borligini xam in‘ikos ettiradi.
Umumiy ma‘noda aytganda, inson bilishning sub‘ektini, insonni qurshab turgan borliq esa bilishning ob‘ektini tashkil etadi. Bilishning sub‘ekti va ob‘ekti bilan bir qatorda, bilishning predmeti ham mavjuddir. Bilishning predmeti-bu bilish ob‘ektining sub‘ekt bilishi qaratilgan, sub‘ektning bilish faoliyati doirasiga kirgan tomonlari, xususiyatlari va munosabatlaridir.
Inson bilishini shartli ravishda bir necha turlarga bo’lib o’rganish mumkin. Dastlab inson bilishini unda borliq qanday holda in‘ikos etganligiga qarab, oddiy va ilmiy bilishlarga ajratish mumkin. Oddiy bilish kishilarning odatdagi o’z kundalik hayotlarida borliqdagi predmet va hodisalarni bevosita o’z sezgi a‘zolari va ta- fakkurlari orqali bilishdir. U kishilarning kundalik hayotiy tajribalari, malakalari va amaliy ishlari orqali hosil bo’lib, odatda "soglom fikrlar"da o’z ifodasini topgan bo’ladi. Oddiy bilish hamma kishilarga xos bilishdir.
Ilmiy bilish esa, oddiy bilishdan farqlanib, u borliqdagi predmet va hodisalarning qonuniyatlarini, ularning mohiyatini bilishdir. Ilmiy bilish, odatda ilmiy tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar olib borish asosida amalga oshadi. SHu sababli ilmiy bilish uzoq davom etadigan, muayyan usullar va yo’llar bilan amalga oshiriladigan murakkab ziddiyatli bilishdir.
Inson bilishini turlarga bo’lishda intuitiv bilishdan farqli ravishda qadimdan g’oibona bilish haqida ham turli fikrlar mavjud. G’oibona bilish inson bilishining shunday turiki, bunda kishi uzoq masofadan turib sodir bo’ladigan hodisa va voqeani bilishi, his qilishi, bu hodisa va voqeaning qanday sodir bo’lishi unga ayon bo’ladi. Kishilar biron ishni qilmoqchi bo’lsa, bu ishning natijasi haqida oldindan: "shunday bo’lishi kerak, bunga men qat‘iy ishonaman", shunday bo’ladi, deb o’ylayman" yoki "oldindan yuragim sezgandi", "oyog’im tortmagandi", "negadir ko’nglim g’ash" degan fikr mulohazalarni aytishadi. Lekin shuni aytish kerakki, g’oibona bilishning hozircha mexanizmi fanga ma‘lum emas. SHu sababli ko’pincha g’oibona bilishni kishilar ilohiylashtirib, bunday bilish faqat aziz avliyolarga, alohida g’ayritabiiy xususiyatlarga ega kishilarga xos, deb qarab kelishmoqda.
Moddiy va ma‘naviy borliq o’z tabiatiga ko’ra bir-biri bilan uzviy bog’liq dealektik jarayon bo’lganligidan, ularning in‘ikosi bo’lgan inson bilishini ham dialektik jarayon, deb tushunish lozim. Ya‘ni, inson bilish bilmaslikdan bilishga, aniq bo’lmagan bilishlardan aniqroq bilishlarga, to’liq bo’lmagan, qisman bilishlardan to’liqroq bilishlarga, oddiy bilishlardan murakkab ilmiy bilishlarga tomon borishdan iboratdir. Inson bilish jarayoni hissiy bilishdan aqliy bilishga, jonli mushohadalardan abstrakt tafakkurga tomon va aksincha borishlardan iborat dialektik jarayondir. Hissiy bilish - inson bilishining dastlabki birinchi bosqichi bo’lib, inson bilish jarayoni ayni shu bilishdan boshlanadi. Natijada, miyada predmet va xodisalarning belgilari, signallari va hissiy obrazlari hosil bo’ladi.
Hissiy bilish bosqichi: his qilish, sezgi, idrok va tasavvur kabi shakllarda sodir bo’ladi. His qilish - inson bilishning shunday shakliki, unda kishi o’z-o’ziga, atrofdagi narsa hodisalarga, kishi yoki kishilarga bo’lgan munosabatida o’zining muyyan holatga kirishi, muayyan holda bo’lishidir.
Sezgi hissiy bilishning dastlabki shakllaridan bo’lib, u insonning borliqni bilishining o’ziga xos ko’rinishidir. Sezgi va sezgilar insonning a‘zolariga borliqdagi predmet va hodisalarning bevosita yoki bilvosita ta‘siri natijasida yuzaga keladigan hissiy obrazlaridir. Birok his qilish va sezgilar insonning borliqni bilishi uchun hali yetarli emas. Buning uchun inson o’zining hissiy bilishida his qilish va sezgilar shakllarida hosil qilgan ma‘lumotlarini to’plab, umumlashtirib, ularni bir butun holda in‘ikos ettirishi ham lozim bo’ladi. Hissiy bilishning bunday yangi shakli idrokdir. Idrok borliqdagi predmet va hodisalarni yaxlit holda, bir butun ko’rinishida, ularning hamma asosiy tashqi belgi va xususiyatlarini umumlashtirgan holda in‘ikos ettruvchi hissiy bilishning nisbatan yuqoriroq shaklidir. Idrok predmet va hodisalarning bir butun yaxlit hissiy obrazidir. U o’zida his qilish va sezgilar shakllaridagi obrazlarni jamlab ifodalovchi xususiyatga ega. Biroq insonning hissiy bilishi idroklar shakllarida yuzaga kelgan hissiy ma‘lumotlar inson miyasida qayta ishlanib, hissiy bilishning yangi, yuksak shaklini hosil qiladi. Bu tasavvurdir.
Tasavvur - ilgari idrok etilgan, ammo ayni vaqtda bevosita idrok etilmayotgan predmet va xodisalarning inson miyasidagi qayta ishlanib, tiklangan hissiy obrazidir. Tassavvurning o’ziga xos xususiyati shundaki, u borliqdagi predmet va hodisalar bilan ayni vaqtda bevosita bog’lanishda bo’lmagan holda, ularning ilgarigi paydo bo’lgan obrazlari asosida qayta tiklanishidir.
Umuman olganda,insonning hissiy bilishi ma‘lum darajada cheklangan, bir tomonlama, to’liq bo’lmagan bilishdir. Inson borliqdagi predmet va hodisalarning ichki tomonlarini, ularning o’zgarish va rivojlanish qonunlarini, bir so’z bilan aytganda, ularning mohiyatini faqat mantiqiy bilish orqaligina bila oladi.
Mantikiy bilish-predmet va hodisalarning mohiyatini bilishdir. Insonning borlikni anglay bilishi- bu uning tafakkuri orqali borliqdagi predmet va hodisalarni fikr shakllarida bilishdir. Aqliy bilish borliqdagi predmet va hodisalarning inson miyasidagi umumlashgan, mavhumlashgan va konkretlashgan fikriy ifodalanishidir. Mantiqiy bilishda inson tafakkuri borliqdagi predmet va hodisalarning izchil bog’lanishlari va aloqadorligini, ularning harakat, o’zgarish va rivojlanish qonunlarini ma‘lum fikr shakllari-hukm, tushuncha va xulosa chiqarish kabilarda ifodalaydi. Bunda hissiy bilish obrazlari tafakkur uchun material bo’lib xizmat qiladi. Tafakkur o’zida hissiy bilish bergan ma‘lumotlarni qayta ishlab, ularni umumlashtirib, mavhumlashtirib, ayni bir vaqtda, aniqlashtirib, analiz va sintez qilib, aniqlikdan mavhumlikka va yana undan aniqlikka keltirib, ma‘lum hukmlar, tushunchalar va xulosalarni xosil qiladi.
Tafakkur hosil qilgan aqliy bilishning bu fikriy shakllari tilda so’zlar va gapda ifodalanadi. Aqliy bilishning dastlabki shakli hukmlardir. Hukm - mantiqiy bilishning shunday fikriy shakliki, unda borliqdagi muayyan predmet va hodisalar, ular o’rtasidagi bog’lanish va aloqadorliklar haqida tasdiq inkor fikr ifodalanadi. Inson o’z tafakkurida bir yoki bir necha hukmlarni mantiqiy o’zaro bog’lab, turgan usullar asosida ularning eng muhim xususiyatlarini ajratib olib, biror tushuncha hosil qiladi. Mantiqiy bilishning navbatdagi shakli tushunchadir.
Tushuncha predmet va hodisalar, ularning muhim va zaruriy belgi va xususiyatlarining umumlashtirilgan, mavhumlashtirilgan va ayni chog’da aniqlashtirilgan fikriy obrazidir.
Xulosa chiqarish esa mantiqiy bilishning shunday shakliki, unda bir yoki bir necha hukmlar asosida yangi hukm - yangi fikr hosil qilinadi. Xulosalash inson mantiqiy bilish bosqichining yuqori shaklidir. Odatda xulosa chiqarishning bir necha turlari mavjud bo’lib, ularni "Mantiq" fani o’rganadi.
Insonning borliqni bilishidan asosiy maqsadlaridan biri-bu haqiqatni bilishdir. Xush, haqiqat nima? Haqiqat to’g’risidagi falsafiy ta‘limot nimadan iborat? Haqiqat masalasini ilmiy asosda hal qilishning yagona yo’li-bu inson bilmlari bilan ob‘ektiv borliqdagi real predmet va hodisalar o’rtasidagi munosabatlarni ilmiy asosda yoritib berishdir. Haqiqat-bu inson bilimlarida borliqning to’g’ri in‘ikos etishi, predmet va hodisalar asli qanday bo’lsa, ularni inson o’z miyasida xuddi shunday in‘ikos ettirgan bilimlaridir. Haqiqatni bilish murakkab jarayondir. Bunda bizning bilimlarimiz nisbiy haqiqatlardan mutlaq haqiqatga tomon boradi.
Inson qadimdan boshlab o’z bilimlarining haqligini, ularning holatlardan farqini ajratuvchi mezonini topishga harakat qilib keldi. SHu sababli falsafada bilimlarning haqiqatlik mezoni muammosiga doir turlicha qarashlar paydo bo’ldi. Bunday karashlarning dastlabkisi bu xakikatning formal mantik mezonidir. Bu mezonga kura bilim haqiqat bo’lishi uchun bu bilimni ifodalovchi fikr ikkinchi biror fikrga muvofiq keluvchi yoki bu bilim boshqa bilimdan zaruran mantiqiy kelib chiqishi zarurdir. Aslida esa, bilimlarning haqiqatligi mezoni amaliy faoliyatdir. Bilimlarning haqiqatligi yoki xatoligi kishilarning amaliy faoliyatida ma‘lum bo’ladi. Haqiqat bo’lmagan bilimlar inson faoliyatini muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. SHuning uchun har qanday yangi bilimning haqiqat ekanligi amaliyotda tekshirib ko’riladi. Amaliyot insonning bilish jarayonida hosil bo’lgan har bir bilimning haqiqatligini tasdiqlash bilan birga,bu bilimning cheklanganligini bir tomonlamaligini xato yoki g’ayriilmiyligini ham aniqlab beradi. Amaliyot haqiqat mezoni sifatida insonning to’g’ri bilimlarini xato bilimlaridan farq qilishda katta ahamiyatga ega. Bu mezon birinchidan, inson bilimlari borliqning to’g’ri yoki notog’ri in‘ikosi ekanligini tasdiqlasa, ikkinchidan, u borliqni noto’gri aks ettiruchi qarashlarining xatoligini ham ochib beradi.
Ong nima? inson azal-azaldan o‘zigagina xos bo‘lgan ongning nima ekanligi to‘g‘risida o‘ylab, bahslashib keladi. Bu bahslarning bir jihati, ong tabiat mahsulimi yoki inson ongi ilohiy yaratilganmi degan masaladan iborat. Ikkinchi jihati esa, inson dunyoni doimo bir xil anglaganmi? Ya‘ni asrlar davomida inson ongi takomillashib kelganmi yoki hamon o‘sha-o‘shami degan muammo bilan bog‘liq. «O‘zingni bilsang, olamni bilasan», – degan edi Suqrot. Aforizmga aylanib ketgan bu fikr ortida olam kabi inson ham siru sinoatlarga boy, u o‘zini bilish orqali olam mohiyatini anglashga yo‘l ochishi mumkin, degan g‘oya yotibdi. Shu ma‘noda, inson o‘zini tashqi olamdan ajratib, alohida bir mo‘jiza va tadqiqot mavzui sifatida o‘rganishga harakat qila boshlagan paytdan buyon uni o‘ylantirib kelayotgan muammolardan biri ongning mohiyati, uning kelib chiqishi masalasidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ongning tabiatini anglash masalasi–eng qadimiy falsafiy masalalardan biri, deyish mumkin. Garchand ong va uning turli xususiyatlari insonga xos hodisa sifatida psixologiya, adabiyot, sotsiologiya kabi fanlarning tadqiqot mavzui doirasiga kirgan bo‘lsa-da, ongning mohiyati, uning turli ko‘rinishlari o‘rtasidagi munosabat kabi masalalarni o‘rganish bilan aynan falsafa shug‘ullanadi. Ongning mohiyati masalasi eng qadimiy muammolardan biri ekan, uni anglash jarayonida turli xil javoblar bo‘lganligi tabiiy. Bu savolga eng qadimiy javob diniy va mifologik qarashlar doirasida berilgan.

Download 125,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish