Reja:
I Kirish
II Asosiy qism
2.1. Maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarda matematik tushunchalar bilan tanishtirish mazmuni.
2.2. Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni fazoda mo’ljalga olishga o’rgatish
2.3. Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni fazoda mo’ljalga olishga o’rgatish usullari
III Xulosa
IV Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Insonning fazoda mo’ljal olish muammosi keng va ko’p qirrali. Fazoda farqlash va fazoni idrok qilish, fazoviy tasavvurlar va har xil fazoviy munosabatlarni, masalan, ob`yektlarning shakli, o’lchami, fazoviy yo’nalishlari, fazoda joylashgan o’rni, hajmi, bo’yicha, eni, balandliklari kabi masofalarining hammasi har xil fazoviy kategoriyalardir. Ularni idrok qilish va ular haqidagi tasavvurlar, fazoviy idrok tasavvur qilishdir.
Professor V.S.Sverdlovning tavsifi bo’yicha, fazoda mo’ljal olish “fazoviy idrok va tasavvurlarning amaliy ifodasi”dir. Fazoda mo’ljal olish fazoni bevosita idrok qilish va aytib o’tilgan kategoriyalarni bilish asosida amalga oshadi. Bunda diqqat, xotira, tafakkurning qatnashishi majburiydir. Mana shuning uchun ham “fazoda mo`ljal olish” tushunchasining mazmunini aniqlashda ba’zi mualliflar atrof tevarakdagi buyumlarning holatlari, o’zaro masofalari, kattaliklari, shakllari, o’zaro joylashuvlari va ularning mo’ljal olinayotgan jismga nisbatan vaziyatlarini o’z ichiga oladi, deb hisolaydilar. Birmuncha torroq ma’noda fazoda mo’ljal olish” ifodasi joyda mo’ljal olish deyilganda, quyidagilar tushuniladi: a) “Turish nutqasi”ni, ya’ni sub`ektning uni o’rab olgan ob`yektlarga nisbatan makonini aniqlash. Masalan, men uydan o’ng tomonda turibman va h.k. b) atrofdagi ob`yektlarni fazoda mo’ljal olayotgan odamga nisbatan yakkalashtirish. Masalan, javon mendan o’ngda turibdi, eshik esa mendan chap tomonda; v) buyumlarning bir – biriga nisbatan fazoda joylashuvlarini, boshqacha aytganda, ular orasidagi fazoviy munosabatlarni aniqlash.
Malaka ishining maqsad va vazifalari. Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish nazariyasi va metodikasining bosh masalasi bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirislining didaktik asoslarini ishlab chiqishdan iborat. Bu o'z navbatida dunyoni chuqur bilish, fikrlashni rivojlanishini yangi metodlarini o'rganish kabi vazifalarni bajarish orqali yechiladi.
2.1. Maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarda matematik tushunchalar bilan tanishtirish mazmuni.
Tushuncha—bu predmetlar va hodisalarni ba'zi bir muhini alomatlariga ko'ra farqlash yoki umumiylashtirish natijasidir. Masalan, son, miqdor, kesma, to'g'ri chiziq va hokazo. Alomat (belgi) esa predmet yoki hodisalarning bir-biriga o'xshashligi, tengligi yoki farqlanishini bildiruvchi xossadir. Predmetlar deganda obyektlar nazarda tutiladi. Odatda, obyektlar ma'lum muhim va muhim bo'lmagan xossalarga ega. Muhim xossa faqat shu obyektga tegishli va bu xossasiz obyekt mavjud bo'la olmaydigan xossalarga aytiladi. Obyektning mavjudligiga ta'sir qilmaydigan xossalar muhim bo'lmagan xossalar hisoblanadi. Obyekt nimani anglatishini bilish uchun uning xossalari mavjud bo'lsa, u holda bu obyekt haqida tushuncha mavjud deyiladi. Tushuncha nomlanadi, shuningdek, mazmun va hajmga ega bo'ladi. Obyektning barcha muhim xossalari birgalikda'tushunchaning mazmunini tashkil etadi. Bir xil muhim xossalarga ega bo'lgan obyektlar to'plami tushuncha hajmini tashkil etadi. Demak, tushuncha hajmi bitta tushuncha bilan nomlanishi mumkin bo'lgan obyektlar to'plami ham ekan. Matematik tushunchalar o'z navbatida insoniyat to'plagan katta tajribani umumlashtirish natijasida yuzaga keladi va moddiy dunyoning tub mohiyatini aks ettiradi, lekin real obyektlarning ko'pgina xossalaridan ko'z yumgan holda ularni ideallashtirish natijasida hosil bo'ladi.
Matematik tushunchalarni shakllantirish maktabgacha yoshdagi bolalarni matematikani o'rgatishga tayyorlash maktabning zarur predmetlaridan biri sifatida tan olingan.
Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning nazariy jihatlari psixologik, pedagogik va boshqa fundamental fanlar asosida yaratiladi:
— ko'rgazmali dasturli hujjatlar (bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish bo'yicha ko'rsatmalar va hokazo); —- metodik adabiyotlar (maxsus jurnallarda chop etilgan maqolalar, masalan, maktabgacha tarbiya to'g'risida o'quv qo'llanmalar, o'yinlar va hokazo);
— jamoa va yakka tartibda ish olib borish, ilg'or tajriba va olimlarning fikrlari.
Hozirgi kunda bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish muammosi ilmiy asoslangan metodik tizimga ega. Ularning asosiy elementlari maqsad, mazmun, metodlar, ishni tashkil etish shakl va usullari bir-biri bilan uzviy bog'liqdir. Ular orasidagi asosiy maqsad tasawurni shakllantirishga qaratiladi.
Matematik tushunchalarni shakllantirish — inson ijodiy faoliyatining butun maqsadli amalga oshiriladigan pedagogik jarayonidir. Uning maqsadi-—bolalarni faqat matematikani bilishdan emas, balki ularni hayotga tayyorlash, o'zlarining hayotdagi o'rinlarini topa olishlariga yordam berishdan iborat.
Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish fanining asosiy masalalari quyidagilardan iborat:
— bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi nuqtai nazaridan ikkinchi kichik, o'rta, katta va maktabga tayyorlov guruhlari uchun shartlar rejasini asoslash;
— matematik tushunchalarni riyojlantirish maktab matematikasini o'rganishga tayyorlashni mundarijalash;
— matematik tushunchalarning rivojlantirish yo'llari va shartlarini ishlab chiqish;
— bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishni ta'minlovchi metodik ko'rsatmalar berish.
Gnedenko o'z ishlarida matematik qobiliyatlarning ikki darajasini ajratib ko'rsatadi: ,,Oddiy o'rta qobiliyat" (ushbu qobiliyat boshlang'ich maktab kursini o'zlashtirish uchun zamin bo'lgan) va ,,o'rtadan yuqori bo'lgan qobiliyat", ya'ni matematik bilimlarni osonlikcha egallashda masalalarning aql yechimini topishda namoyon bo'ladigan qobiliyatdir.
Matematikani o'rgatishda u tarbiyaviy choralarga ushbu omillarni kiritadi:
1) bolalarda o'qishga bo'lgan qiziqish, bilim va ko'nikmalarni shakllantirish;
2) mashg'ulot jarayoniga bo'lgan mas'uliyatlilikni tushuntirish;
3) o'z kuchiga, qobiliyatiga bo'ladigan ishonchni tarbiyalash;
4) ,,Matematika keyingi bosqich uchun zamin" ekanligiga ishonchlilikni tarbiyalash.
Bilim va ko'nikmalarni o'rganuvchilarning ko'pchiligi bilish bu matematik masalada qo'yilgan maqsadga muvaffaqiyatli erishtiruvchi bilim va ko'nikmalarga asoslangan insoniy qobiliyatdir.
,,Bilish"ning ayni shunday ifodalanishi ushbu izlanishda ko'rilmoqda. ,,Ko'nikma" bolaning masalani yechishdagi shaxsiy tajribasida ifodalanuvchi faoliyat deb ko'riladi. Bilimni o'zlashtirish hamda bilim va ko'nikmalarning shakllanishi o'rtasidagi bog'lanish bolalarning bilimlariga asoslangan bilim va ko'nikmalarni egallashda ko'riladi. Ushbu ko'nikma va bilimlar hisobida bolalarda yangi bilimlar, tushunchalar o'zlashtiriladi.
Geometrik tushunchalarni rivojlantirishda bolalarda mustaqil fikrlashni shakllantiruvchi boshqa bilim va ko'nikmalarni shakllantirish muhimdir.
Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish bir qator shartlarga bog'liq:
Birinchidan, bola oldin egallagan bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi muhimdir.
Ikkinchidan, matematik tushunchalarning mazmuni ketmaketlikda bo'lishi shartdir.
Uchinchidan, bola matematik tushunchalarni o'zlashtirish jarayonini o'rganib, kelib chiqadigan xulosalarni bilishi shart.
Ushbu vazifalarning bajarilishi bolaning bilim hajmi va aqlining rivojlanganlik darajasiga bog'liq. Shuning uchun birinchi bosqichda pedagog (tarbiyachi)ga aqliy kuch va tirishqoqlikni ko'p talab qilmaydigan masalalarni taklif etish kerak.
2.2. Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni fazoda mo’ljalga olishga o’rgatish
Faol harakat qilish fazoda mo’ljal olishning zarur komponentidir, chunki inson fazoda “joyning bir nutqiasidan ikkinchi nuqtasiga harakat qilib, muvaffaqiyatli o’tishini amalga oshirish uchun” fazoda mo’ljal oladi. Shu sababli, fazoda mo’ljal olish amalda har doim quyidagi uchta topshiriqqa bog’liq harakat (yo’nalishi)ni tanlash; shunga rioya (amal) qilish (yo’nalishni saqlash); harakat oxirida maqsad (nishon)ni aniqlash. Bundan harakatlarning o’zaro muvofiqligi va aniq fazoviy mo’ljal olganligi muhim komponentlar va shu bilan birga insonning fazoda mo’ljal olishini egallashning ko’rsatkichi ekanligi ko’rinadi.
Har xil yosh bosqichida bolalar bilan ishlashning mazmuni va uslubiyatining asosiy yo’nalishlarini qaraymiz.
Bolalar bog’chasida tarbiya va tahlim dasturining “Fazoda mo’ljal olish” bo’limi ikkinchi kichik yoshdan boshlab berilgan. Ammo bolalarda fazoviy idrok va elementar tasavvurlarni rivojlantirish bo’yicha maqsadga muvofiq ishni, bizning fikrimizcha, ilk yoshdayoq boshlash kerak. Uch yoshgacha bo’lgan bolalarda tevarak –atrofda uy sharoiti, guruh xonasida, buyumlarning, o’yinchoqlarning odatdagi joylashuvlarida juda katta qiziqish bilan amaliy orientir (mo’ljal) olish bo’yicha har xil tajriba to’plash davridir. Shuning uchun ham katta odam bolani xonalarning (guruh xonasi, uxlash xonasi, yuvinadigan xona, hojatxona), buyumlarning, narsalarning, o’yinchoqlarning fazoviy joylashuvlari bo’yicha erkin mo’ljal olishga o’rgatishi kerak.
Bolalar hayotining ikkinchi yili boshlanishidanoq tanish fazoni (xona yoki uning qismini) ancha aniq tasavvur qila boshlaydilar, tanish buyumlarning joylashuvidagi ba’zi o’zgarishlarni qiynalmay payqay oladilar. Ikki yoshligidanoq bolalarda tanish chegaralangan fazoda harakat qilish haqida dastlabki elementar tasavvurlar tarkib topa boshlaydi, bu tasavvurlar hayot faoliyatida takomillashadi.
Bolalarning dastlabki fazoviy tasavvurlari ular hayotining ikkinchi yilidanoq nutqlarida ham aks eta boshlaydi (“Mana”, “bu erda”, “u erda”, “bunda”). Buning ustiga so’zlar harakat yo’nalishini yoki qiziqtiruvchi buyumni ko’rsatuvchi imo – ishoralar bilan kuzatiladi. Ana shu yoshda bolalar o’ziga, boshqa odamga nisbatan mo’ljal olishni egallay boshlaydilar. Kattalarning takliflariga binoan, qo’g’irchoqning ko’zlari, og’zi, biqini, qo’lchalari qayerdaligini mamnuniyat bilan ko’rsatadilar. Uch yoshga qadam qo’ygan bolalar, masalan, o’zlarining chap va o’ng qo’llaini farqlay boshlaydilar. Bunda katta odamning vazifasi bolaning shu malakalarni egallab olishiga yordam berishdan iborat.
Ikkinchi kichik guruh
Dasturning asosiy vazifasi kichkintoyni “o’ziga” nisbatan mo’ljal olishga o’rgatishdan, iborat, boshqacha aytgancha, kichkintoy bunda “o’ziga”nisbatan o’ng, chap, yuqori tomon va h.k. larni ajrata oladigan bo’la olishi kerak. O’z tanasiga nisbatan fazoda tomonlar bo’yicha mo’ljal olish bu mo’ljal olishning birinchi umumlashtirilgan usulidir. “O’ziga” va “o’zidan”ga nisbatan mo’ljal olish bu mo’ljal olishning birinchi umumlashtirilgan usulidir. “O’ziga” va “o’zidan” ga nisbatan mo’ljal olishda “o’ng – chapni”ni farqlash eng ko’p qiyinchilik tug’diradi. Mana shuning uchun ham bola oldin o’z qo’llarini farqlashga o’rgatiladi. Dasturning bu vazifasi ustida ishlash keyingi yosh guruhida ham davom ettiriladi.
Bolaning o’ziga nisbatan mo’ljal olishi dasturining yangi vazifasiga –boshqa odamga, buyumlarga nisbatan mo’ljal olishga o’rgatish vazifasiga – o’tish uchun zarur asos bo’ladi. Ammo boshqa odamga nisbatan mo’ljal olish faqat o’z gavdasi sxemasini bilgandagina mumkin bo’ladi. Bola hayolan bu sxemani boshqa ob`yektlarga nisbatan ko’chiradi va o’xshashlik bo’yicha uni boshqa odamdan va buyumlardan ajratadi. Masalan, bolalar o’yinchoqlarni qarashadi, ular bilan faol harakat qilishadi. Suhbatning borishida tarbiyachi bolalar e’tiborini harakterli detallarga qaratadi. Masalan, mashina qaralayotgan bo’lsin; oldinda kabina, orqada kuzov, pastda oldingi va keyingi g’ildiraklar. Buyumlar tasvirlangan qirqma rasmlar, kubchalar mustaqil ravishda detallardan (qismlardan) butunni tiklash imkonini beradi, ya’ni ob`yektning fazoviy buyumlarini (ustida – ostida, tagida – yuqorisida, oldidan – orqasidan, bir tomonidan –ikkinchi tomonidan) o’zlashtirish imkonini beradi. Bolalar hali ob`yektning o’ng va chap tomonlarini farqlay olishmaydi, bu murakkab malaka maktabgacha katta yoshda o’zlashtiriladi. Kichik guruhda buyumning fazoviy harakteristikasini tushunish qisman o’zlashtiriladi. U holda, deb so’raladi, bolalarni buyumlarga, boshqa odamga nisbatan mo’ljal olishga o’rgatish zarurmi? “O’ziga” nisbatan mo’ljal olishning o’zi yetarli bo’lishi mumkinmi?
Gap shundaki, tevarak –atrofimiz, ya’ni atrofimizdagi fazo, odamlar, har xil buyumlar to’plami ko`p. Mana shu fazoda mo’ljal olish ularning har xil parametrlarini, jumladan, “oldindan”, “orqasidan”, “yonidan”, “ustidan”, “ostidan”, keyinroq buyumning “chap” yoki “o’ng” tomoni kabi parametrlarini hisobga olish majburiyatini yuklaydi. Oldin o’ziga, so’ngra boshqa odamga, buyumlarga nisbatan qarama –qarshi tomonlarni ajratish, birichidan, istiqbolda bolaning faqat “o’ziga” nisbatangina emas, balki boshqa ob`yektlarga, boshqa odamga nisbatan mo’ljal olish malakasini egallashini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, bu bilim va malakalar buyumlar orasidagi fazoviy munosabatlarni bilib olish uchun zarur. Biz bu munosabatlar haqida ularning tomonlariga – oldingi (yuz tomonga), yon, yuqori ustki va h.k. tomonlarga mos kelishlariga qarab, mulohaza yuritamiz. Nihoyat, uchinchidan, hatto ancha chegaralangan fazo chegaralarida ham (guruh xonasi, yoki xonaning bir qismi, stolning usti, qog’oz varag’i va h.k.) mo’ljal olishning asosiy yo’nalishlarini bilishni nazarda tutadi. Bu yangi dasturiy vazifa. Bu to’liq o’zlashtirilgandan keyingina, uni butun ish mazmunidagi asosiy vazifa deyish mumkin.
Narsalarning sifat belgilarini ajrata bilish va ular uchun umumiy bo'lgan bitta belgi asosida bir guruhga birlashtirish—sifat kuzatishlaridan miqdor kuzatishlariga o'tishning muhim sharti hisoblanadi. Bolalar bilan ishlash narsalarning umumiy belgilariga qarab tanlash va guruhlarga birlashtirish (,,barcha qizil rangli kubiklarni tanlab ol" va shu kabilar)ni topshirishdan boshlanadi.
To'plam uning ayrim elementlarini ajratish, elementlarini to'plamga birlashtirish yo'li bilan bolalar to'plamini uning elementlari birdan bir butun narsa deb idrok etishga o'rganadilar. Kichkintoylarga to'plamlarni taqqoslash va to'plam tarkibiga kiruvchi elementlarni miqdoriga ko'ra teng quwatliligini aniqlashusullari o'rgatiladi (,,echkilar qancha bo'lsa,qo'ylar ham shuncha", ,,ruchkalarga qaraganda qalamlar ko'p").
Bolalar ustma-ust yoki yonma-yon qo'yish usullari yordamida to'plam elementlari o'rtasida o'zaro bir qiymatli moslik bor yoki yo'qligini aniqlaydilar.
Ikki to'plam uchun o'zaro bir qiymatli moslik tushunchasi shundan iboratki, birinchi to'plamning har bir elementiga ikkinchi to'plamning faqat bitta elementi mos keladi va aksincha (taqsimchalar qancha bo'lsa, piyolalar ham shuncha; qiz bolalar qancha bo'lsa, o'g'il bolalar ham shuncha va hokazolar cheklijto'plamlardir).
Natural son tushunchasi taqqoslanayotgan to'plamlarnir elementlari o'rtasidagi bir qiymatli moslik o'rnatish asosida tarkib toptiriladi.
Kichkintoylarga narsalar bilan turli xil ishlarni bajartirib, ularni sanoqni o'zlashtirishga olib kelinadi, ularda natural son haqida tushuncha paydo qilish uchun imkoniyatlar yaratiladi.
Bolada matematik tushunchalarni shakllantirishda muammoli ta'lim katta ahamiyatga egadir. Muammoli ta'lim — bu didaktik tizim bo'lib, pedagog (tarbiyachi)larni muammoli xarakterdagi savollarni yechishga jalb qilishni nazarda tutadi. Psixologlar fikrlash muammoli vaziyatdagi savoldan boshlanadi, deb hisoblaydilar. Shuning uchun muammoli vaziyat muammoli ta'limning asosini tashkil qiladi, muammoni yechish uchun sharoit yaratadi. Vaziyat — bu ilmiy bahs-munozara orqali tushunchalarni tartibga solish uchun zaruriyatga chaqiruvchi jarayondir. Muammoli jarayon — o'zining yechilishi uchun izlanishni talab qiladigan anglangan qiyinchilikdir. Berilgan savol qiyinchilik yaratsa va javob berishda pedagog (tarbiyachi)dan yangi bilim va fikriy faollik talab qilinsa, o'shanda muammoli vaziyat yaratiladi. Muammoli vaziyatda pedagog (tarbiyachi)lar e'tibori savollarning yechilishiga to'liq yo'naltiriladi, pedagog (tarbiyachi)larning fikrlashi moyil qilinadi (to'g'rilanadi). Muammoni yechishda ushbu moyillik aniq maqsadga aylanadi.
Bola tomonidan asosiy bilim, tushuncha, og'zaki, masala yechish uslublari chuqur va mustahkam o'zlashtirilgandagina, muammoli ta'lim foydali bo'lishi mumkin.
Ta'lim olish jarayonidagi muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, bolalar yerda ,,izlanuvchi" va birinchi kashfiyotchidek bo'lishadi. Bunda muammoli vaziyat bu avval yaratiladi vatahlil qilinadi, muammoni yechish uchun qulay usul aniqlanadi, muammo yechiladi va xulosa o'rganiladi.
Muammoli ta'limdan foydalanish jarayonida mavzuni muammoli bayon qilish, evristik suhbat va izlanish uslublari to'plamidan foydalanish mumkin.
Muammoli bayonning mohiyati shundaki, pedagog (tarbiyachi) o'zi masalani beradi va og'zaki yechish yo'llarini ko'rsatadi. Evristik uslubning mohiyati esa pedagog (tarbiyachi) tomonidan bolalarni aniq izlanishlargayo'naltiruvchi savollar tizimi avvaldan o'ylab qo'yilishida ifodalanadi.
Izlanish uslubi o'quvchilarda atrofdagi olamga katta qiziqishni uyg'otadi, u o'ylashga, mulohaza qilishga harakat qiladi, atrofdagi voqealarni o'rganadi, o'zlashtirilgan bilimlardan amaliyotda va masalani yechishda foydalanadi. Izlanish uslubida pedagog (tarbiyachi) muammoni qo'yishi mumkin, farazlar keltiradi, asosiy g'oyani aniqlaydi, kuzatishlar o'tkazadi, taqqoslaydi va umumiy- lashtiradi, tahlil qiladi, butunni tarkibiy qismlarga bo'ladi va xulosa chiqaradi.
2.3. Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni fazoda mo’ljalga olishga o’rgatish usullari
Mashqlardan bog’cha tartibotining har xil vaziyatlari (yuvinish, kiyinish, sayrga chiqishga yig’ilish)da foydalanish mumkin. O’z qo’llarini farqlash malakasi uchun konkret pedagogik vaziyatda, musiqa, matematika, konstruksiyalash mashg’ulotlarida, harakatli o’yinlar vaqtida va jismoniy tarbiya mashqlarida bir necha daqiqa ajratish mumkin. Masalan, ikkinchi kichik guruhda o’tkaziladigan matematika mashg’ulotlarida tarbiyachi dastur vazifalarining butun bir kompleksini amalga oshirishi mumkin. Buning uchun galdagi vazifa xuddi oldingidek, o’z qo’llarini farqlash ko’nikmasini takomillashtirishdan iborat. Shu asosda keyingi yosh guruhlarda tarbiyachi o’z tarbiyalanuvchilarini o’ng va chap oyoqlarini, ko’zlarini bir – biridan farqlashga o’rgatadi. Dasturning bu vazifasi bolalarni umumlashtirilgan idrokka, juft qarama- qarshi tomonlarni aniqlashga olib keladi.
Mashg’ulotni guruh bilan yoki bitta bola bilan o’tkazish ham mumkin. Mashqlarning o’yin shakllarining samaradorligi, pedagogik jarayonda ulardan keng foydalanishning mumkinligi mazkur didaktik vositaning alohida ommaviyligidadir. Mana shu o’yin – mashqlarning varaintlari bo’lib, ularning maqsadi – qo’llarni o’z nomlari bo’yicha amalda farqlashdan iborat. Bu mashqlarning davomiyligi 4-5 daqiqadan ortmaydi.
“Qo’llaring qayerda?” Topshiriq: qo’llarni orqaga yashirish. Tarbiyachi oldin bolaning o’ng qo’li qayerda, chap qo’li qayerda ekanini topadi, so’ngra bitta (yoki bir nechta) bolaga o’z qo’llarini ko’rsatish va ularning nomini aytishni taklif qiladi.
“Zoldir qani?” Topshiriq: zoldirni kaftga berkitish. Tarbiyachining vazifasi zoldir qaysi qo’lda – o’ng qo’ldami yoki chap qo’lda ekanini topish. Shundan keyin tarbiyachi bolalarga navbati bilan o’zlarining chap va o’ng qo’llarini ko’rsatishni, ularni atashni, zoldir qaysi qo’lga yashirilganini aytishni taklif qiladi.
“Bayroqchani ol”. Tarbiyachi bolalar qaysi qo’l o’ng (chap) qo’l ekanini eslashlarini, shu qo’l bilan bayroqchani olishni; bayroqchani boshqa qo’lga o’tkazishni, qo’lni yuqori ko’tarishni, bayroqlani silkitishni va yana boshqa (chap) qo’lga o’tkazishni taklif qiladi. Yoki ko’k bayroqcha (chap) qo’lga o’tkazishni taklif qiladi. Yoki ko’k bayroqcha (lentacha) o’ng qo’lda, sariq bayroqcha chap qo’lda. Topshiriq: bayrochalar o’rinlarini almashtirish. Shunday keyin tarbiyachi so’raydi: “Bayroqning rangi qanday? U qaysi qo’lda?”.
“O’yinchoq qaysi qo’lda?” Tarbiyachi oldin bolalardan biriga o’yinchoqni o’ng (chap) qo’l bilan olishni aytadi. keyin esa, bola o’yinchoqni qaysi qo’liga olishni xohlasa, o’sha qo’liga olishini va o’yinchoq qaysi qo’lida ekanini aytishni taklif qilishi va u o’ng qo’lida qanday o’yinchoq, chap qo’lida qanday o’yinchoq borligini aytishi kerak.
“Toshlarni boshqa qo’lingga o’tkaz”. Bir nechta (5-6 ta) toshni bir qo’ldan ikkinchi qo’lga o’tkazish kerak. Topshiriqni bajarish jarayonida bola o’z qo’llarini farqlaydi, ularni belgilaydi. Shu bilan bir vaqtda bola “bitta” va “ko’p” atamalarini farqlashni o’rganadi.
O’z qo’llarini farqlashga oid bundan keyingi mashqlar qiyinroq harakatlar bilan bajariladi.
“Nima og’ir?” Topshiriq: ikki buyumdan qaysinisi og’ir (yengil) ekanini aniqlang: qaysi qo’ldagi (o’ng yoki chap qo’ldagi) buyum og’ir, qaysi qo’ldagisi yengil ekanini aniqlash. Bolalar kichik guruhda olingan bilimlar asosida “o’ngga, chapga” (fazoviy yo’nalishlar) bilan tanishadilar. Bu yosh guruhlarida bolalar yo’nalishlarni farqlashgagina o’rgatiladi. (bilib olish, mustaqil aytish va ko’rsatish).
Endi umumlashtiruvchi xulosalarni (tavsiyalarni) bayon qilish bilan cheklanamiz:
1. Bolalar o’ng va chap qo’l bilan harakat qilish (ishlash)ning yetarlicha amaliy tajribasini to’plashlari kerak. Oldin bu harakatlarning differensial harakterini (o’ng qo’lda qoshiqni, qalamni, mo’yqalamni ushlash, chap qo’lda taqsimcha, qog’oz varag’i va hokazolarni tutib turish) mustahkamlash, so’ngra bolalarni qo’llarining nomlari bo’yicha farqlash va mustaqil nomlashga undash zarur.
2. Qo’llarning nomi bilan har qaysi qo’l uchun xos bo’lgan harakatlar xarakteri (bola o’ng va chap qo’li bilan nima qiladi) orasidagi aloqani mustahkamlash.
3. O’rgatuvchi mashqlarda ikkala qo’lning nomi va harakat xarakteri bo’yicha qiyoslash kerak. Taqqoslash differensiallash jarayonini jadvallashtiradi.
4. Mashqlar va differensiallash tobora murakkablashtirib borilishi kerak.
a) o’ng va chap qo’l uchun xarakterli bo’lgan tabiiy harakatlarni bajarish jarayonini aniqlashdan bu harakatlar haqidagi tasavvurlar asosidagina farqlashgacha;
b) berilgan masala yagona va mustaqil bo’lgan (“Sening qo’llaring qayerda?”, “Bayroqchani ol”, “Zoldir qani?”) vaziyatda aniqlashdan, natijada uni bajarish jarayonidan (“Qaysi qo’l bilan uzoqqa?”, “Qaysi qo’l bilan aniqroq?”) farqlashgacha murakkablashib borishi kerak.
Kichkintoylarda birgalikda shug'ullanish, bir-birlariga xalaqit bermaslik, ishni bir vaqtda boshlash va tugatish, zarur bo'lib qolganida o'znavbatlarini sabr bilan kutish ko'nikmalari tarbiyalanadi. Pedagog (tarbiyachi) odobli, xulqi namunali bolalarni maqtaydi va ularning bu fazilatlari nimada ekanligini aniq tushuntirib beradi.
Yosh bola gavdasini uzoq vaqt bir xil holatda saqlay olmaydi, bir xil ishni uzoq vaqt bajara olmaydi, shuning uchun tarbiyachi bolalarning qisqa muddatli dam olishlariga imkon beradi. ,,Jim o'tir", —deb ularni tergayvermaydi va boshqalar.
Kichik guruhda bolalar tarqatma material bilan ishlashning dastlabki ko'nikmalarini egallaydilar. Didaktik material har birbolaga alohida qutichada, alohida to'plami bilan beriladi. Mashg'ulot boshlangunga qadar u bolalar qo'lida bo'lishi kerak, ana shunda bolalar diqqatini o'rganilayotgan narsalarga jalb etish osonroq bo'ladi. Bolalarning foydalanishlari qulay bo'lishi uchun o'yin-choqlar va boshqa buyumlar haddan tashqari kichkina hamda og'ir bo'lmasligi kerak. Kichkintoylar qo'llanmalarni ehtiyotlik bilan ishlatishga, ishlatib bo'lgandan keyin esa qutichaga terib, ko'rsatilgan joyga olib borib qo'yishga o'rgatiladi.
Xulosa
Hozirgi zamon psixologik va pedagogik tadqiqotlar hamda maktabgacha tarbiya muassasalarining ilg’or ish tajribalari quyidagilarga ishontirmoqda: bolalar bog’chasidan maktabga o’tish paytiga kelib, bolalar atroflaridagi buyumlar, fazo haqida yetarli hajmda ma’lumotga ega bo’ladilar. Ularning bilimlari maqsadga yo’naltirilgan o’rgatish sharoitlarida umumlashtirishning yuqori darajasiga erishadi: ya’ni «o’zidan», «buyumlardan», fazo yo’nalishlaridan mo’ljal olishning har xil usullarini sistema sifatida bilganliklari asosida fazoda bemalol mo’ljal oladilar.
Oxirida bugungi kunda bolalar bog’chasidan maktabga boruvchi bola fazoda mo’ljal olish bo’yicha egallashi kerak bo’ladigan bilim va malakalar hajmini aniqlaymiz.
Matematikaga doir bajariladigan ishlar bolalarni boshqa oladigan bilimlariga qaraganda ko`proq sabotlikka, tirishqoqlikka, puxtalikka, aniqlikka o`z fikr va xulosalarini nazorat qila olishga, ayniqsa kuzatish, tajriba va faxmlash asosida aytiladigan fikrlarining ravon bo`lishiga e'tibor bera bilishga odatlantirish kerak. Bolalarda matematik bilimlarga bo`lgan qiziqish, matematik xarakterdagi masalalarni sabr — toqat va tirishqoqlik bilan kyechish ko`nikmalari rivojlantiriladi. Induktiv va deduktiv tafakkurning boshlang`ich ko`nikmalarini azaliy operatsiyalarni, ya'ni analiz qilish, sintez qilish, taqqoslashni, abstraktlashtirish va umumlashtirish qobiliyatlarini rivojlantirishga idroklilik va ziyraklikni, fazoviy tasavvurlarni va hayolni o`stirishga matematik ta'lim berish katta yordam qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasiga qо‘yiladigan davlat talablarini hayotga joriy etish keng kо‘lamli ish bо‘lib, u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Talablarda belgilangan kо‘rsatkichlarga erishish uchun davlat tomonidan zaruriy shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Mirziyoyev SH.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2017.
2. Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: “O‘zbekiston”. – 2017.
3. “Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o’quv dasturi. Toshkent – 2018 yil.
4. Bikbaеva N.U. Ibragimova Z.I. Kosimova X.I. «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda elеmеntar matеmatik tasavvurlarni shaklantirish» T. «¤qituvchi» 1995 y
5. Bikbaеva N.U. va B. «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda matеmatik tasavvurlarni rivojlantirish» T., «¤qituvchi» 1996 y.
6. «Maktabgacha yoshdagi bo’lgan bolalar uchun rivojlantiruvchi o’yinlar»-Toshkent, RTM, 2003y.
7. Kameneva L.A. «Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish».- Toshkent: «O’qituvchi», 1984.
www.ziyonet.uz
www.bilim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |