2. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari. “Resurslar- tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –xarajatlar”ning doiraviy oqimi modeli


Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari



Download 6,18 Mb.
bet87/239
Sana23.09.2021
Hajmi6,18 Mb.
#182984
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   239
Bog'liq
Макроиктисодиётга кириш

1. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari.

2. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar.

3. «Keyns xochi». Ishlab chiqarish hajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi.

4. Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori.

5. Retsession va inflyatsion uzilish

1. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari.

Klassik maktab namoyondalari bozorlar va baholarning umumiy muvozanati nazariyasini yaratdilar. Ularning umumiy muvozanat konsepsiyasiga ko’ra iqtisodiyotda faqatgina to’liq bandlilik sharoitidagi muvozanat mavjud bo’lishi mumkin. Bunday xulosa J.B.Seyning bozorlar qonuniga tayanadi. Bu qonunga ko’ra mehnat taqsimotiga asoslangan iqtisodiyotda har bir sub’yektning ishlab chiqarishi bir vaqtning o’zida boshqa sub’yektlarning ishlab chiqarish natijalariga talab hisoblanadi. Oxir-oqibat yalpi talab yalpi taklifga teng bo’ladi. Klassik iqtisodchilar fikriga ko’ra AD ≠ AS holati ro’y bermaydi, umumiy xarajatlar miqdori yetishmay qolgan, ya’ni AD< AS holati ro’y bergan sharoitda ham baho, ish haqi va foiz stavkasi kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar miqdorining kamayishi ishlab chiqarishning real hajmi, bandlik va real daromadlar miqdorining kamayishiga olib kelmaydi.

Makroiqtisodiy muvozanatning klassik modeli ishlab chiqarish hajmi resurslarning bandliligi va ishlab chiqarish texnologiyalarining funksiyasi hisoblanadi, va egiluvchan baholar mexanizmi tomonidan potensial darajada tutib turiladi degan shartlarga tayanadi. Egiluvchan baholar mexanizmi hisobiga bozor iqtisodiyoti barcha mavjud resurslarning to’liq bandlilgini ta’minlab turadi.

Klassik makroiqtisodiy muvozanat modelining o’ziga xos xususiyati pulning neytralligi prinsipini ko’zda tutishidir. Bu model pul massasi real ishlab chiqarishga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi degan prinsipga asoslanib tuziladi. Klassiklar modelida pul bozor agentlariga faqatgina bitimlarga xizmat qilishi, ya’ni oldi-sotti jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak. Bu asosga ko’ra klassiklar tomonidan klassik dixotomiya konsepsiyasi shakllantirilgan. Klassik dixotomiya konsepsiyasida – ikki parallel bozor, real va pul bozori alohida-alohida amal qiladi, ular o’rtasidagi muvozanat avtomatik barqarorlashtirgichlar orqali ta’minlab turadi deb hisoblanadi.

Pul bozori investitsiya va jamg’armalar tengligini hamda to’liq bandlik sharoitini ta’minlaydi. Faqatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» ishsizlik bo’lishi mumkin, deb hisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning muvozanat nuqtasida ishlab chiqarish hajmi (Y) uning potensial hajmiga esa (Y*) teng. Iqtisodiyotda yaratilgan daromadlaning bir qismi jamg’arilishi yalpi talabning yalpi taklifni qoplashi uchun yetishmasligiga olib kelmaydi, chunki har bir jamg’arilgan so’m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta’kidlashadi.

Agarda, tadbirkorlar uy xo’jaliklarining jamg’armalari miqdorida investitsiya qilishsa, ishlab chiqarish hamda bandlik darajalari doimiy bo’lib qoladi.

Klassik iqtisodchilar ta’kidlashlaricha, kapitalizmning o’ziga xos pul bozori mavjud va bu bozor jamg’arma va investitsiyalarning tengligini ta’minlaydi. Bunda tenglashtiruvchi omil rolini foiz stavkasi o’taydi (7.1-chizma). SHuning uchun ham to’liq bandlik mavjud bo’ladi. Bu iqtisodchilar davlatning iqtisodiyotga aralashuvi qisqa muddatli samara bersada, uzoq muddatga, oxir-oqibat bozor iqtisodiyotining tabiiy harakat mexanizmiga notabiiy aralashilganligi uchun, salbiy oqibatlarga olib keladi deb hisoblashadi.

1936 yili ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iqtisodiyotiga yangi, ish bilan bandlik nazariyasini kiritadi. U o’zining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi» asarida yangicha iqtisodiy muvozanat nazariyasini izohlab berdi.

Keyns makroiqtisodiy muvozanatga to’liq bo’lmagan bandlik sharoitida ham erishish mumkinligini, to’la ish bilan bandlik qonuniy holat emasligini, balki tartibga solinmagan iqtisodiyotda tasodifiy ro’y berishigina mumkinligini isbotlab berdi. SHuningdek, bu nazariyada iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy ofat va shu kabi vaziyatlargagina bog’liq emasligini, balki u tinchlik yillarida ham ichki omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chiqishi mumkinligi asoslagan. Ishsizlik va inflyatsiyaning kelib chiqishi investitsiya va jamg’armalarga bevosita bog’liq. Narxlarning oshishi va ish haqining pasayishi boshqa salbiy omillar bilan birga iqtisodiyotning beqarorligiga olib keladi.


R

S

R


I

I, S



I=S


Download 6,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish