16.1.-diagramma
O’zbekiston Respublikasining 2018 yil birinchi chorakida tashqi savdo aylanmasi
Jami eksport-import hajmida eng katta ulushga ega bo’lgan mamlakat Rossiya bo’ldi - O’zbekiston tashqi savdo hajmining 18,6 foizi uning ulushiga to’g’ri keldi. Rossiyadan keyingi o’rinda Xitoy qayd etildi, uning ko’rsatkichi - 17,4 foiz. Qozog’istonining ulushi esa 7,3 foizni tashkil qiladi.
Jami eksport hajmida eng katta ulushga ega bo’lgan mamlakat bu Xitoy hisoblanadi. Jami eksport hajmida XXRning ulushi 15,3 foizni tashkil etdi.
Jami import hajmida eng katta ulushga ega bo’lgan mamlakat esa Rossiya bo’lib , jami import hajmida Rossiyaning ulushi 26,0 foizni tashkil etdi.
Ta’kidlash joizki, O’zbekistonning tashqi savdo hajmi ilk uch oyda 7,9 milliard dollarni qayd etdi. Ko’rsatilgan vaqt davomida mamlakat eksporti - 4,1 milliard dollarni, import esa 3,8 milliard dollarni tashkil qildi.
16.2.-diagramma
Do'stlaringiz bilan baham: |