2017 yil yakunlariga ko’ra aholi jon boshiga YAIM 7 million 692 ming so’mni (939,5 dollar) tashkil etgan, bu 2016 yilga nisbatan 3,6 foizga ko’p demakdir.
YAIM o’sishiga xizmatlar sohasi eng katta hissa qo’shgan bo’lib, u avvalgi yilga nisbatan 6,9 foizga o’sgan. 2017 yilda YAIM tarkibiy tuzilmasining umumiy hajmida mulkchilik shakllariga ko’ra iqtisodiyotning nodavlat sektori ulushi 81 foizni tashkil etgan. Davlat sektori ulushi esa 19 foiz.
BMTning baholashicha, O’zbekiston iqtisodiyoti 2018 yilda 6,4 foizga, 2019 yilda 6,1 foizga o’sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |