“... milliy mafkuramiz xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga, bir so‘z bilan aytganda, o‘z milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib, shu bilan birga, zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yutuqlardan oziqlangan, ularni o‘ziga qamrab olgan holda, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati, uning farovonligi yo‘lida xizmat qilmog‘i darkor.” - “... milliy mafkuramiz xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga, bir so‘z bilan aytganda, o‘z milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib, shu bilan birga, zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yutuqlardan oziqlangan, ularni o‘ziga qamrab olgan holda, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati, uning farovonligi yo‘lida xizmat qilmog‘i darkor.”
2000-yil 6 аprel Birinchi Prezident I. A. Karimovning Milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyasining asosiy tamoyillariga bag’ishlab ilmiy va ijodiy jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvda “Milliy mafkura – davlatimiz va jamiyatimiz qurilishida biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch-quvvat manbai” nomli ma’ruza qiladi.
Birinchi Prezident I.Karimov O‘zbekistonning milliy mafkuraning nazariy asoslarini Prezident sifatida, davlat mafkurasi sifatida ishlab chiqqan emas. Milliy mafkura o‘zbek xalqining jonkuyar vakili, haqiqiy vatanparvar, insonparvar, tinchliksevar vakili tomonidan ishlab chiqilgan. Bu mafkura insonlar ongiga davlat tomonidan zo‘rlik bilan singdirilayotgani yo‘q. Balki, xalqning dilidagi gaplar bo‘lgani uchun ongimizga singib bormoqda. - Birinchi Prezident I.Karimov O‘zbekistonning milliy mafkuraning nazariy asoslarini Prezident sifatida, davlat mafkurasi sifatida ishlab chiqqan emas. Milliy mafkura o‘zbek xalqining jonkuyar vakili, haqiqiy vatanparvar, insonparvar, tinchliksevar vakili tomonidan ishlab chiqilgan. Bu mafkura insonlar ongiga davlat tomonidan zo‘rlik bilan singdirilayotgani yo‘q. Balki, xalqning dilidagi gaplar bo‘lgani uchun ongimizga singib bormoqda.
- “Davlat mafkurasi” bilan “jamiyat mafkurasi” tushunchalarining ma’no-mazmunidagi farq milliy g‘oya jamiyat mafkurasi ekanligi hamda biron-bir mafkurani davlat mafkurasi sifatida o‘rnatish mumkin emasligi g‘oyasi strategik, konseptual asosga ega ekanligini ko‘rsatadi. Milliy mafkura hech qanday shaklda davlat mafkurasi maqomiga ko‘tarilmasligi, aylanmasligi kerak. Milliy mafkura jamiyatimizdagi qarashlar rang-barangligi, g‘oyalar xilma-xilligini saqlagan holda, ularni bir-biri bilan munozara qilishiga, kurashishiga, bahslashuviga, har qanday partiya, harakat, har qaysi inson, fuqaroning o‘z fikrini erkin ifoda etishi va uni himoya qilishiga ziyon yoki tazyiq ko‘rsatmasligi lozim. Har qanday g‘oya, hatto u qanchalik soxta, qanchalik yasama bo‘lmasin, agar odamlar ongiga uzluksiz singdiraverilsa, uning katta kuchga aylanishini mustamlakachilar yaxshi bilar edi. Uzoq va yaqin tarixdan yaxshi ma’lumki, biron mamlakatda, biron davlatda yakkayu yagona g‘oya yoki mafkura hukmronlik qilar ekan, bu jamiyat, bu davlat, albatta, inqirozga yuz tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |